4 Mavzu: Hisoblash texnikasi va uning strukturasi. Reja: I. Kirish. II




Download 65,54 Kb.
bet2/8
Sana05.12.2023
Hajmi65,54 Kb.
#111624
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4 Mavzu Hisoblash texnikasi va uning strukturasi. Reja I. Kiri

Hisoblash texnikasi strukturasi
Shu o'rinda ta'kidlash kerakki, o'quv muassasalaridagi eng zamonaviy shaxsiy kompyuterlar ham bitta protsessorli bo'lgani tufayli uchinchi avlodga mansub. Ayni paytda ayrim idoralar kuchli serverlar (ikki va undan ko'p protsessorlarga ega bo'lgan, ya'ni to'rtinchi avlod kompyuterlari)dan foydalanmoqdalar.
Beshinchi avlod EMMlari — bu to'rtinchi avlod raashinasidan tarkibida intellektual interfeys (bilimlar bazasi, masalalarni avtomatik ravishda yechishning dasturiy ta'minoti va muloqpt protsessori borligi bilan farq qiluvchi, universal sun'iy tafakkur mashinalaridir.
Universal EMM laming rivojlanish tarixida alohida o'rinni kompyuterlar egallab kelmoqdalar. Kompyuterlar davri 1971 yilda AQShda mikroprotsessor kashf etilgandan boshlangan desa bo'ladi. Kompyuterlarni ishlab chiqarish avvaliga asosan APPEE firmasi, keyinchalik (1984y.) esa, IBM firmasi maxsulotlari hisobiga kengayib bordi.
Xozirda APPEE firmasi «MAKINTOSh» rusumdagi kompyuterlari bilan, ayniqsa, AQShning o'zida tanilgan bo'lsa, IBM kompyuterlari dunyoda keng tarqalgan. Shu sababli aynan IBM kompyuterlarining arxitekturasi va asosiy qurilmalari ustida tuxtalib o'tamiz.
Kompyuterning arxitekturasini quyidagicha tasvirlash mumkin:
- -T. _ ~ ушмш^зшшжя/тятяа^ршяшт ,_ — -

Тишда яа-рялмвяерн

МаркяжИ процессор
i^ipnii! f.nui.i.iapH щ-щЛ Tamrigi км
K«nt»an,-p;,;,p \ | Р"МП..ари
~~.~ яе:_ *амии»Ч1ШШа.. —
Kompyuterning asosiy qurilmalari quyidagilar: sistemali blok, monitor va klaviatura (sichqoncha bilan).
Sistemali blokda markaziy protsessor, operativ (tezkor) xotira, qattiq disk, kontrollerlar, disketalar va lazerli kompakt disklar bilan ishlash uchun qurilmalar va boshqalar joylashadi.
Markaziy protscssor. Kompyuterning eng muhim qismini markaziy protsessor, (ya'ni protsessor va boshqaruv qurilmasi) tashkil etadi. Dastur yordamida berilgan ma'lumotlarni o'zgartiradigan, hamma hisoblash jarayonlarini boshqaradigan hamda hisoblash ishlariga tegishli moslamalarning qzaro aloqasini o'rnatadigan qurilma protsessor deb ataladi. Arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish, xotiraga murojaat qilish, dasturdagi ko'rsatmalarning berilgan ketma-ketlikda bajarilishini boshqarish va boshqa amallar protsessor zimmasidadir. Bir so'z bilan aytganda, protsessor kompyuterning barcha ishini boshqaradi va barcha ko'rsatmalarini bajaradi.
Mikroprotsessor. IBM rusumli kompyuterlarda protsessor sifatida odatda Intel firmasi yoki o'nga muvofiq boshqa firmalarning mikroprotsessorlari o'rnatiladi. Kompyuterlar mikroprotsessor turlari bilan farqlanadi. Mikroprotsessorlaming Intel 8088, 80284, 80386SX, 80386, 80486 kabi turlari ma'lum.
1993 yildan boshlab Intel firmasi Pentium mikroprotsessorlarini ishlab chiqarib, IBM kompyuterlariga urnatmoqda. Hozirda RespublikLinizda IBM rusumli kompyuterlardan PHI keng tarqalgan. Ayrim korxona va tashkilotlarda,xususan ta'lim muassasalarida, jumladan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida PIV kompyuterlari ham o'rnatilib foydalanilmoqda.
Operativ xotira. Operativ xotira o'zida kompyuterda ishktilayotgan dasturlar va ma'lumotlarni saqlaydi. Ma'lumotlar doimiy xotiradan operativ xotiraga ko'chiriladi, olingan natijalar zarur holda diskka qayta yoziladi. Kompyuter o'chirilishi bilan operativ xotiradagi ma'lumotlar uchiriladi.
Diskli jamlagichlar. Ma'lumotlarni saqlash, hujjatlarni va dasturlarni birjoydan ikkinchi joyga olib o'tish, bir kompyuterdan ikkinchisiga o'tkazish kompyuter bilan ishlaganda foydalanadigan axborotni doimiy saqlash uchun disklardagi jamlagichlar ishlatiladi. Ular ikki turda bo'lib, egiluvchan disklar (disketalar) va qattiq disklardagi jamlagichlar (vinchesterlar) deb ataladi.
Egiluvchan disklar (disketalar)ga ma'lumotlarni yozish va ulardan ma'lumotlarni o'qish uchun disk yurituvchi (diskovod) qurilmasi ishlatiladi.
Hozirgi paytda kompyuterlarda, asosan, 3,5 dyuymli (89 mm), sig'imi 1,44 Mbayt bo'lgan disketalar ishlatilib kelinmoqda. Bu disketalar qattik plastmassa g'i-lofgao'ralgan bo'lib, bu ularning ishonchliligini va ishlash muddatini oshiradi.
3,5 dyuymli diskctalarda yozishni taqiqlovchi yoki imkon beruvchi maxsus o'tkazgichi mavjud. Agar teshikcha bekilgan bo'lsa ma'lumotlar yozish mumkin, aks holda esa, mumkin emas. Disketadan birinchi bor foydalanganda uni albatta maxsus ravishda formatlash, initsializatsiya qilish kerak. Buning uchun WINDOWSning maxsus dasturi kerak bo'ladi.



Qattiq disklardagi jamlagichlar (vinchesterlar) kompyuter bilan ishlaganda foydalaniladigan axborotni doimiy saqlashga mo'ljallangan. Masalan, operatsion tizim dasturlari, ko'p ishlatiladigan dasturlar paketlari, hujjatlar taxrirlagichlari, dasturlash tillari uchun translyatorlar va boshqalar.
Kompyuterda qattiq diskning mavjudligi u bilan ishlashda qulaylikni oshiradi. Foydalanuvchi uchun qattiq diskdagi jamlagichlar bir-biridan, ya'ni diskka qancha axborot sig'ishi bilan farq qiladi. Hozirgi paytda kompyuterlar asosan sig'imi 20 Gbayt va undan ko'p bo'lgan vinchesterlar bilan jihozlanmoqda. Fayl serverlar nafaqat katta sig'imli, balki tezkor bo'lgan bir nechta vinchesterlar bilan jihozlanishi mumkin.
Diskning ish tezligi ikki ko'rsatkich bilan aniqlanadi:

  1. Diskning sekundiga aylanishlar soni.

  2. Diskdan ma'lumotlarni o'kish va o'nga ma'lumotlar yozish tezligi.

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, ma'lumotlarga kirish vaqti va o'kish-yozish tezligi faqat diskovodning o'zigagina bog'liq emas, bak
K ontrolerlar (maxsus elektron sxemalar) kompyuter tarkibiga kiruvchi turli qurilmalar


(monitor, klaviatura va boshqalar) ishini boshqaradi.
Kiritish-chiqarish portlari orqali protsessor tashqi qurilmalar bilan ma'lumot almashadi.
Ichki qurilmalar bilan ma'lumot almashuvi uchun maxsus portlar hamda umumiy portlar mavjud.
Umumiy portlarga printer, «sichqoncha» ulanishi mumkin. Umumiy portlar 2 hil bo'ladi: parallel - LPT1—LPT4 deb belgilanadi va ketma-ket - - COM1-COM3. Parallel portlar kirish-chiqishni ketma-ket portlarga nisbatan tezroq bajaradi.











Monitorlar. Kompyuter monitori (displey) ekranga matnli va grafik axborotni chiqarishga mo'ljallangan. Monitorial- monoxrom yoki rang.i bo'lib, matnli hamda

grafik holatlarda ishlashi mumkin.
M atn holatida monitor ekrani shartli ravishda alohida belgi o'rinlariga (ko'pincha 80 ta belgili 25 ta satrga) bo'linadi. Ular bir o'ringa 256 ta belgidan biri kiritilishi mumkin. Bu belgilar qatoriga katta va kichik lotin alifbosi harflari, raqamlar, tinish belgilari, psevdografik ramzlar va boshqalar kiradi. Rangli matnlarda har bir belgi o'rniga o'zining va fonning rangi mos kelishi mumkin. Bu esa chiroyli rangli yozuvlarni ekranga chiqarish imkonini beradi.
Grafik holat ekranga grafiklar, rasmlar va boshqalarni chiqarishga mo'ljallangan. Bu holatda axborotlarni turli yozuvli matnlar shaklida ham chiqarish mumkin. Yozuvlar ixtiyoriy shrift, o'lcham, interval va boshqalarga ega bo'lishi mumkin.
Grafik holatda ekran yoritilgan va yoritilmagan nuqtalardan iborat bo'ladi. Ular bir nuqta monoxrom monitorlarda qoraroq yoki yorug'roq, rangli monitorlarda esa,
bir yoki bir necha rangda bo'lishi mumkin. Ekrandagi nuqtalar soni berilgan holatdagi monitorning hal etish qobiliyatiga bog'liq. Shuni ta'kidlash lozimki, hai etish qobiliyati monitor ekranining o'lchamlariga ham bog'liq.
IBM rusumidagi kompyuterlarda so'nggi paytlarda kerakli sifatga ega bo'lgan tasvirni hosil qilish imkonini beruvchi SVGA va suyo'q kristalli (LSD) monitorlari qullanilmoqda.



Klaviatura. IBM PC klaviaturasi foydalanuvchi tomonidan ma'lumotlarni va boshqaruv buyruqlarini kompyuterga kiritishga mo'ljallangan qurilmadir. Klaviaturaning umumiy ko'rinishi undagi tugmachalar soni va joylanishiga qarab turli hil kompyuterlarda farq qilishi mumkin, lekin ularning vazifasi o'zgarmaydi.
Sichqoncha va trekbol. Sichqoncha va trekbol kompyuterga axborotni kiritishning koordinatali qurilmalari hisoblanadi. Ular



Sichqonchani ulanishining uch usulini ko'rsatish mumkin. Eng ko'p tarqalgan usul ketma-ket port orqali ulanishdir. Shinali interfeysli sichqonchalar kamroq tar­qalgan. Ularni ulash uchun maxsus interfeys yoki «sichqoncha» porti kerak bo'ladi. Uchinchi ko'rinishdagi ulanish PSG'2 stilidagi sichqonchalarda amalga oshirilgan. hozirgi kunda ular portativ kompyuterlarda ishlatilmoqda.
Trekbol «agdarilgan» sichqonchani eslatuvchi
qurilmadir. Trekbolda uning korpusi emas, balki sharcha
harakatga keltiriladi. Bu esa kursorni boshqarish aniqligini sezilarli ravishda oshirishga imkon beradi. Shu bois trekbolga ega bo'lgan sichqonchalarga qiziqish ortib bormoqda.
Kompyuter - inglizcha so'z bo'lib, u "hisoblovchi inson" demakdir. Garchand u hozirda faqat hisoblovchi bo'lmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa ma'lumotlar ustida ham amallar bajaradi. Shunga qaramasdan hozirda uning eski nomi kompyuter saqlangan. Uning asosiy vazifasi tur.i ma'lumotlarni qayta ishlashdan iborat. Avallo shuni aytish lozimki, ko'pchilikning tushunchasida go'yoki biz kundalikda foydalanadigan faqat shaxsiy kompyuter bor xolos. Bunga albatta sabablar ko'p. Shulardan biri hozirgi zamon shaxsiy kompyuterlari ilgari universal deb hisoblangan kompyuterlardan tezligi va xotira hajmi jihatidan ancha oshib ketganligida bo'lsa, ikkinchi tomondan ko'p masalalarni yechish uchun bu kompyuterlar foydalanuvchilarni qanoatlantirishidadir. Hozirda kompyuter termini ko'p uchrasada, shu bilan birga EHM (elektron hisoblash mashinalari), HM (hisoblash mashinalari) terminlari ham hayotda ko'p ishlatib turiladi. Ammo biz soddalik uchun faqat kompyuter terminidan foydalanamiz. Kompyuterlarning amalda turli xillari mavjud: raqamli, analogli (uzluksiz), raqamli - analogli, maxsuslashtirilgan. Ammo, raqamli kompyuterlar foydalanilishi, bajaradigan amallarning universalligi, hisoblash amallarining aniqligi va boshqa ko'rsatkichlari yuqori bo'lgani uchun, ular ko'proq foydalanilmoqda. Amalda esa hozir rivojlangan mamlakatlarda kompyuterlarning besh guruhi keng qo41anilmoqda.
Kompyuterlarni xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan amallar tezligi, ma'lumotlarning razrad to'rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab, besh guruhga bo'lish mumkin:

  • super kompyuterlar (Super Computer);

  • blok kompyuterlar (Manframe Computer);

  • mini kompyuterlar (Minicomputer);

  • shaxsiy kompyuterlar (PC-Personal Computer);

  • bloknot(noutbook) kompyuterlar.


Download 65,54 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 65,54 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



4 Mavzu: Hisoblash texnikasi va uning strukturasi. Reja: I. Kirish. II

Download 65,54 Kb.