• Tayanch so’z va iboralar
  • Mavzu: kombinatsion raqamli qurilmalar




    Download 368,07 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/6
    Sana31.01.2024
    Hajmi368,07 Kb.
    #149064
      1   2   3   4   5   6


    MAVZU: KOMBINATSION RAQAMLI QURILMALAR. 
    Reja: 
    1. Raqamli qurilmalarning vazivalari 
    2. Kombinatsion sxemalarni sintez qilish uslubi 
    3. Raqamli sxemalarning asosiy ko’rsatkichlari 
    4. Mikrokontroller tuzilishi 
    Tayanch so’z va iboralar: Raqamli tizimlar, funksional tugun, 
    kombinatsion sxema, ketma-ketli, mantiq algebrasi funksiyasi, mikrokontroller, 
    xotira, taymerlar, schetchik boshqaruv qurilmasi, registrlar..
    Raqamli qurilmalarning vazivalari 
    Elektronika sohasining raqamli mikrosxemalarni yaratish yo‘lidagi 
    erishgan yutug‘lari fan va tehnikaning ixtiyoriy murakkablikdagi qurilmalarini 
    yig‘ish imkonini beradi. Buning uchun qurilma axborotlarni qabul qilish, saqlash, 
    kerakli o‘zgartirishlarni amalga oshirish va ma’lumotlarni uzatish kabi 
    tugallangan jarayonlarni bajara olishi kerak. Bunday qurilmalar raqamli tizimlar 
    deb ataladi va turli funksional bloklar va tugunlardan tashkil topadi. Ular esa o‘z 
    navbatida kichik integratsiya darajasidagi yoki KIS va O‘KIS tarkibiga kiradigan 
    alohida yasalgan negiz sxemalardan yig‘iladi. 
    Funksional tugun deb mikroamallarni bajarishni ta’minlaydigan mantiqiy 
    elementlar majmuiga aytiladi. Mikroamallarga arifmetik qo‘shuv, konyunksiya, 
    dizyunksiya, inversiya va boshqalar kiradi. Jamlagichlar, kod o‘zgartirgichlar, 
    siljituvchi registrlar va shu kabilar tugunlar qisoblanadi. Raqamli sxemalarning 
    funksional tugunlarining asosiy turlari 5 va 6 boblarda batafsil keltirilgan. Bir 
    qurilma tarkibiga kiruvchi va bir turdagi mikroamallarni bajaruvchi funksional 
    tugunlar ko‘p hollarda funksional bloklarga birlashadi. Arifmetik-mantiqiy blok, 
    xotira bloki, boshqaruv bloki va boshqalar funksional bloklarga misol bo‘ladi. 
    Raqamli qurilmalar tugunlari va bloklari ikki sinfga bo‘linadi: kombinasion 
    va ketma-ketli. Kombinatsion tugunlar va bloklar xotiraga ega emas, ketma-
    ketligi esa, xotira elementlariga ega. 


    Kombinatsion sxemalarda chiqishdagi signal mazkur vaqtda kirishga 
    berilayotgan mantiqiy signallar kombinatsiyasiga aynan mos keladi. Shu sababli, 
    bu turdagi sxemalarga xotira zarur emas. 

    Download 368,07 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 368,07 Kb.
    Pdf ko'rish