• (1 kg gacha bo‘lgan)
  • (10 kg gacha)
  • Ish toifalari quyidagicha belgilanadi




    Download 35,48 Kb.
    bet4/7
    Sana12.06.2024
    Hajmi35,48 Kb.
    #262861
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    4-mavzu ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigiyenasi meyorla

    Ish toifalari quyidagicha belgilanadi:
    a) Engil jismoniy ishlar (І toifa) Іa toifa uchun energiya sarfi 120 kkal/soatgacha va Іb toifa uchun 120 dan 150 kkal/soatgacha bo‘lgan faoliyat turlarini qamrab oladi.
    Іa toifaga o‘tirgan holda bajariladigan va jismoniy zo‘riqishni talab qilmaydigan ishlar kiritiladi.
    Іb toifaga o‘tirgan, tik turgan yoki yurgan holda va birmuncha jismoniy zo‘riqish bilan birgalikda bajariladigan ishlar kiritiladi.
    b) O‘rta og‘irlikdagi jimsoniy ishlar (ІІ toifa) energiya sarfi kiritiladi, ІІ toifa uchun 150 dan 200 kkal/soatgacha, ІІb toifa uchun 200 dan 250 kkal/soatgacha bo‘lgan faoliyat turini qamrab oladi.
    ІІa toifaga yurgan holda bajariladigan, mayda (1 kg gacha bo‘lgan) buyum yoki ashyolarni turgan yoki o‘tirgan holda ko‘chirish bilan bog‘liq bo‘lgan va muayyan jismoniy zo‘riqishni talab qiladigan ishlar kiritiladi.
    ІІb toifaga turgan holda bajariladigan, uncha katta bo‘lmagan (10 kg gacha) og‘irliklarni tashish bilan bog‘liq va mo‘‘tadil jismoniy zo‘riqishni talab qiladigan ishlar kiritiladi.
    v) Og‘ir jimoniy ishlar (ІІІ toifaga) energiya sarfi 250 kkal/soatdan ortadigan faoliyat turlarini qamrab oladi.
    ІІІ toifaga doimiy ravishda siljish ancha og‘ir (10 kg dan ortiq) yuklarni ko‘chirish va tashish bilan bog‘liq bo‘lgan va katta jismoniy zo‘riqishni talab qiladigan ishlar kiritiladi.
    Energiya sarflariga ko‘ra bajariladigan ish toifalari bo‘yicha ishlab chiqarish xonalarini tavsiflash tegishli xonada ishlovchilarning 50% dan ortig‘i bajaradigan ish toifasidan kelib chiqqan holda belgilangan tartibda idoraviy me’yoriy hujjatlar bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi kerak.
    Harorat, nisbiy namlik va havo harakatining tezligi risoladagi va yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan miqdorlar ko‘rinishida me’yorlanadi va issiqlik holatini saqlanishini ta’minlaydigan mikroiqlim ko‘r-satkichlarining yig‘indisi tushurilib, ish qobiliyatini oshirish uchun shart-sharoit hisoblanadi.

    Download 35,48 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 35,48 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ish toifalari quyidagicha belgilanadi

    Download 35,48 Kb.