|
O‘lchash va baholash uslublariga qo‘yilgan umumiy talablar
|
bet | 7/7 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 35,48 Kb. | | #262861 |
Bog'liq 4-mavzu ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigiyenasi meyorla 4.5. O‘lchash va baholash uslublariga qo‘yilgan umumiy talablar.
O‘lchash va baholash uslublariga qo‘yilgan umumiy talablar.
Mikroiqlim parametrlarini o‘lchash yilning issiq va sovuq fasl-larida bir kun davomida ish smenasining boshida, o‘rtasida o‘tkazilishi lozim. O‘lchashlar texnologik va boshqa sabablar tufayli mikroiqlim sharoitlari tebranib turgan holatlarda ishlovchilarga ish smenasi davomida yuz beradigan eng katta va eng kichik termik yuklamalar sharoitida ham o‘tkazilishi kerak.
Mikroiqlim ko‘rsatkichlarining o‘lchangan miqdorlari 1-jadvaldagi, 2.4, 2,5, 2.6, 2.7 bandlardagi me’yoriy talablarga mos kelishi kerak.
O‘tirgan holda bajariladigan ishlarda havoning harorati, nisbiy namligi va harakat tezligi poldan yoki ish maydonchasidan 1,0 m baland-likda, tik turgan holda bajariladigan ishlarda esa 1,5 m balandlikda o‘lchanadi. O‘lchashlar doimiy ish joyida ham, doimiy bo‘lmagan ish joylari-da ham mahalliy issiqlik chiqarish, sovutish yoki namni chiqarish (qizdiril-gan agregatlar, derazalar, eshiklar o‘rni, darvozalar, ochiq vannalar va h.k.) manbalaridan eng yaqin va eng uzoq masofada bir marotaba o‘lchanadi.
Ish joylari zichligi katta bo‘lgan xonalarda mahalliy issiqlik chiqarish, sovutish yoki nam chiqarish manbalari mavjud bo‘lmagan xonalarda havoning harorati, nisbiy namligi va harakat tezligini o‘lchash uchastkalari butun xona bo‘ylab 2-jadvalga muvofiq taqsimlanadi.
2-jadval
Mikroiqlim parametrlarini o‘lchash uchastkalarining eng kam miqdori
Xonaning maydoni, m2
|
O‘lchash uchastkalari soni
|
100 gacha
|
4
|
101 – 400
|
8
|
400 dan ortiq
|
Uchastkalar soni ular orasidagi masofa bilan belgilanadi, ushbu masofa 10 m dan ortmasligi lozim
|
Tadqiqot maqsadlariga muvofiq ravishda ishchi hududning tikligi bo‘yicha, havo harorati va uning harakat tezligidagi tafovutlarni aniqlash uchun pol yoki ish maydonchasidan 0,1; 1,0 va 1,7 m balandlikda tanlab o‘lchashlar o‘tkaziladi. Mazkur darajalarda o‘lchangan miqdorlarning har biri 1-jadvalning, 2.4, 2.5, 2.6 bandlarning talablariga mos kelishi kerak.
Nurli issiqlik manbalari mavjud bo‘lgan sharoitda doimiy va doimiy bo‘lmagan ish joylarida issiqlik nurlanishining shiddatligini uskuna priyomnigini pol yoki ish maydonidan 0,5; 1,0 va 1,5 m balandlikda tushadigan oqimga perpendikulyar joylashtirilgan holda mabalarning har biridan eng yuqori issiqlik nurlanishiningyo‘nalishi bilan aniqlash zarur.
Ushbu darajalarning har birida issiqlik nurlanishi o‘lchangan issiq-lik inurlanishining shiddati 2.7 bandning me’yoriy talablariga mos keli-shi lozim.
To‘sib turuvchi konstruksiyalar (devorlar, shift, pol) lar yoki qu-rilmalar (ekran va sh.k.) larning ichki yuzalarining, texnologik uskunalar yoki to‘sib turuvchi qurilmalarning tashqi yuzalarining haroratini o‘lchash ishchi hududda doimiy va doimiy bo‘lmagan ish joylarida bajarilishi kerak.
Havoning harorati va nisbiy namligi psixrometrik tamoyillarga asoslangan uskunalar (aspiratsion psixrometr va boshqalar) bilan o‘lchani-shi kerak. Joylarda o‘ichash vaqtida nurli issiqlik manbalarini yo‘qlish sababli aspiratsion psixrometr ko‘rsatkichlari bilan solishtirish sharoit-larida havo harorati va nisbiy nomligi sutkalik va haftalik termograflar va gigrograflar yordamida baholanadi.
Havoning harakat tezligini rotatsiyali harakatli anemometrlar (parrakli anemometrlar) bilan o‘lchash zarur. Havo harakatining kichik miq-dordagi (0,3 m/s dan kam) tezliklari, ayniqsa turli yo‘nalishlardagi oqimlar mavjud bo‘lgan sharoitda elektroanemometrlar hamda silindrik yoki sharsimon katatermometrlar bilan o‘lchanishi kerak.
To‘sib turuvchi konstruksiyalar (devorlar, pol, shift) lar yoki qurilmalar (ekran va sh.k.) ning ichki yuzalarining, texnologik uskuna yoki uni o‘rab turuvchi qurilmalarning tashqi yuzalarining issiqlik nurlanishi, harorati termoelektrik samara tamoyiliga asoslangan uskunalar (aktino-metrlar, bolometrlar, elektrotermometrlar i boshqalar) bilan o‘lchash lozim.
O‘lchash diapazoni va o‘lchov uskunalarining yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatoliklari 3-jadvaldagi talablarga javob berishi kerak.
3-jadval
O‘lchov uskunalariga bo‘lgan talablar
O‘lchash ko‘rsatkichlari
|
O‘lchash diapazoni
|
Yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolik
|
Quruq termometr bo‘yicha havoning harorati, ºS
|
30 dan 50 gacha
|
± 0,2
|
Ho‘llangan termometr bo‘yicha havoning harorati, ºS
|
0 dan 50 gacha
|
± 0,2
|
Yuza sathning harorati, ºS
|
0 dan 50 gacha
|
± 0,5
|
Havoning nisbiy namligi, %
|
10 dan 90 gacha
|
± 5,0
|
Havoning harakat tezligi, m/s
|
0 dan 0,5 gacha 0,5 dan ortiq
|
± 0,05 ± 0,1
|
Issiqlik nurlanishining shiddati, Vt/m2
|
10 dan 350 gacha
350 dan ortiq
|
± 5,0 ± 50,0
|
Gostirlangan, kalibrlangan, zaruriyat tug‘ilganda issiqlik nurlani-shidan himoyalangan termometrlardan foydalanish lozim.
O‘lchangan mikroiqlim parametrlarining barchasi me’yorlashti-rilgan miqdorlar chegarasida bo‘lgan taqdirda gigienik talab bajarilgan deb hisoblanadi
|
| |