• Komp’yuter tarmog‘i
  • 4-mavzu. Komp’yuter tarmoqlari va tarmoq texnologiyalari




    Download 0.66 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/11
    Sana16.01.2023
    Hajmi0.66 Mb.
    #38343
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    2-mavzu
    Самарқанд вилояти Нарпай, ЎЯБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ, 2021 йил Ноябр, док, ЎРҚ-637 23.09.2020, mavjud-kompyuter-tarmog-i-asosida-intranet-yaratish, 1-Ma\'ruza Kirish, ДСИ сверка Анд.туман 23.05.2023 й, 2656, Mavzu formulalarning dnsh, knsh, mukammal dnsh, mukammal knshin-fayllar.org, Idrok


    4-mavzuKomp’yuter tarmoqlari va tarmoq texnologiyalari 
    4.1. Komp’yuter tarmoqlari. 
     
    Jamiyatning hozirgi bosqichida axborot texnologiyalarining rivojlanishini 
    komp’yuter tarmoqlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. 
    Komp’yuter tarmog‘i – aloqa kanallari orqali yagona tizimga bog‘langan 
    komp’yuter va terminallar majmuasidir. 
    Тarmoqda axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob’ektlar 
    tarmoq ob’ektlari deyiladi. Тarmoq ob’ektlari alohida komp’yuter, komp’yuterlar 
    kompleksi, ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bo‘lishi mumkin. 
    Axborotlarning territorial joylashuviga ko‘ra komp’yuter tarmoqlarini uchta asosiy 
    sinfga bo‘lish mumkin: global tarmoqlar, regional (mintaqaviy) tarmoqlar, lokal 
    (mahalliy) tarmoqlar. 
    Global komp’yuter tarmoqlari turli mamlakatlarda, turli qit’alarda joylashgan 
    abonentlarni birlashtiradi. 
    Abonentlar orasida aloqa bunday tarmoqlarda telefon aloqa liniyalarida
    radioaloqa va kosmik aloqa tizimlari asosida amalga oshiriladi. 
    Mintaqaviy komp’yuter tarmoqlari bir-biridan ancha uzoqda joylashgan biror 
    mintaqaga tegishli abonentlarni birlashtiradi. Masalan, biror shahar ichidagi yoki 
    iqtisodiy regionda yoki alohida bir mamlakatda joylashgan abonentlarni 
    birlashtiruvchi tarmoq. 
    Lokal (mahalliy) tarmoq kichik bir hududda joylashgan abonentlarni 
    birlashtiradi. Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga bog‘langan bo‘ladi. Masalan, 
    biror korxona yoki tashkilotga. Mahalliy tarmoqning uzunligini 2-3 km bilan 
    cheklash mumkin. 
    Global, mintaqaviy va mahalliy tarmoqlar birlashmasi ko‘p tarmoqli 
    iyerarxiyani tashkil etish imkonini beradi. Masalan, Internet komp’yuter tarmog‘i 
    keng tarqalgan, ommaviylashgan global komp’yuter tarmog‘idir. Uning tarkibiga 
    erkin ravishda birlashgan tarmoqlar kiradi. Uning nomining o‘zi «tarmoqlar 
    orasida» ma’nosini bildiradi. Internet alohida tarmoqlarni birlashtirgan. Shuning 
    uchun u katta imkoniyatlarga ega. O‘zining shaxsiy komp’yuteri orqali 
    Internetning ixtiyoriy abonenti axborotni boshqa shaharga uzatishi, uzoq masofada 
    joylashgan biror kutubxonadagi adabiyotlar katalogini ko‘rib chiqishi, tarmoqqa 
    ulangan abonentlar bilan konferentsiyada yoki o‘yinda ishtirok etishi mumkin. 
    Internetning asosiy yacheykasini mahalliy komp’yuter tarmoqlari tashkil etadi. 
    Komp’yuterlarni mahalliy tarmoqqa ulashning uch asosiy strukturasi mavjud: 
    – halqasimon
    – shinali


    – yulduzsimon

    Download 0.66 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0.66 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-mavzu. Komp’yuter tarmoqlari va tarmoq texnologiyalari

    Download 0.66 Mb.
    Pdf ko'rish