|
Linux OT ma’muri quyidagilarni bilishi talab qilinadi
|
bet | 3/8 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 22,52 Kb. | | #138720 |
Bog'liq 4-Mavzu. Linux server administratsiyalash-fayllar.orgLinux OT ma’muri quyidagilarni bilishi talab qilinadi:
Linux yadrosi bazasidagi operatsion tizimlar oilasi haqida ma’lumotlar;
Linux OT yadrosi, distributivlari va utilitalarini o‘rnatish;
tizimlarni yuklash va to‘xtatish (lilo va grub kabi yadro yuklovchilari va darajalari - runlevels, tizimdagi jarayonlar – init, initrd, konfiguratsion fayllar - /etc/inittab, log fayllar - syslog);
fayl tizimi bilan ishlash (mount, fdisk, cfdisk, mkfs, mkswap, dump, restore kabi utilitalar);
foydalanuvchi va guruxlarni qo‘shish va o‘chirish (useradd, usermod);
yangi qurilmalarni qo‘shish (drayverlar, modullar, yadro kompilyatsiyasi);
tarmoq bilan ishlash (ifconfig, ifup, ifdown, route utilitalari, /etc/sysconfig/network* konfiguratsiya fayli);
tizimni yangilash (rpm, yum, apt paketlar va paketlar menejeri);
vaqtni va vazifalarni sozlash (ntpdate, cron.daily, cron.weekly);
jarayonlarni boshqarish va tizimni sozlash (ps, top, free, iostat);
tarmoq xavfsizligini o‘rnatish (firewall, iptables);
tarmoq xizmatlarini boshqarish (bind – DNS-server , dig, host – mijoz dasturlari, DNS va apache konfiguratsiyalashlar).
Linux OT ni administratsiyalashga namuna
Linux OT ni o‘rnatilganch tushunarsiz xarflar chiqmasligi uchun komandalar qatoriga
sudo nano /etc/rc.local
Fayliga exit 0ni
#exit 0
Keyingi qatorga :
setupcon
yozamiz , faylni saqlaymiz perezagruzka qilamiz
shutdown -r now
Va bizga kirilcha so‘zlar chiqa boshlaydi.
Login va parolni kiritib tarmoq interfaysini to‘g‘irlashga o‘tamiz u
sudo nano /etc/network/interfaces
Faylida bo‘ladi.
Interfaces faylida bo‘lishi mumkin axborotlar:
#The loopback network interface
auto lo
iface lo inet loopback
#The primary network interface
auto eth0
iface eth0 inet static
address 192.168.0.103
netmask 255.255.255.0
network 192.168.0.0
broadcast 192.168.0.255
gateway 192.168.0.1 (IP-adres i lokal tarmoqdagi mening routerim)
dns-nameservers 192.168.0.1 8.8.8.8 8.8.4.4
Yopamiz va sudo /etc/init.d/networking restart qilamiz.
Ifconfig komandasi orqali tekshirishimiz mumkin.
Bundan tashqari /etc/resolv.conf faylda xam DNC server axborotlarini yozamiz va saqlaymiz.
sudo apt-get update
Komandasi bilan yangilaymiz (obnovit)
sudo apt-get install rcconf
sudo apt-get install dialog
Bilan rcconf va dialog utilitalarini ustanovka qilamiz. Bu utilitalar zagruzka xizmatini konfiguratsiyalash uchun xizmat qiladi.
sudo rcconf – komandasini bersak utilita ishlasa demak o‘rnatilgan bo‘ladi.
Fayillar bilan ishlashni yaxshilash uchun fayl menedjeri Midnight Commander ni o‘rnatamiz:
sudo apt-get install mc
Tekshiramiz
Mc
Serverni masofadan turib boshqarmoqchi bo‘lsak SSH server OpenSSH o‘rnatamiz.
sudo apt-get install ssh
Buni tekshirish uchun uni ishlatamiz. U qo‘yidagicha bo‘ladi:
sudo service ssh restart
Agar ssh tizim perezagruzka bo‘lganda doim ishlash uchun
sudo rcconf ishlatib unga ssh ga yulduzcha qiyamiz.
sudo shutdown -r now – perezagruzka qilamiz.
Shu bilan Ubuntu Serverning boshlang‘ich nastroykasi tugaydi.
Repozitorlar ro‘yxatini obnovit qilamiz.
sudo apt-get update
sudo apt-get upgrade
|
| |