4-Mavzu: Obyektli grafikaning xususiyatlari Vektorli grafika tamoyillari




Download 1.09 Mb.
bet1/3
Sana24.04.2024
Hajmi1.09 Mb.
#206801
  1   2   3
Bog'liq
4-mavzu
JAR, Sxemotexnika, Development of Word Embeddings for Uzbek Language, 201-10- mavzu

4-Mavzu: Obyektli grafikaning xususiyatlari


Vektorli grafika tamoyillari

Vektorli grafika tamoyili matematik tenglamalar yordamida jismning chiziqli konturlarini qurish demakdir. Bu konturlarni oddiy chiziqlar yordamida shakllantirishga asoslangan tasvirda (konturlarni elementar chiziqlar yordamida shakllantirganda) ularning sinishlari va uzulishlari paydo bo‘lmasligini boshqaruvchi chiziqlar maxsus joylashtiriladi va shu usul bilan chiziqlarning uzluksizligi ta’minlanadi.


Aniq formula asosida jism konturlarini chiziqlar yordamida qurish bo‘laklashni (diskretizatsiya) ifodalaydi. Bundan quyidagi asosiy masala, yani chiziqli konturlarning barcha jabhalarini qamrab oluvchi formula qurish masalasi kelib chiqadi. Boiaklarga bo‘lish chiziqli amal bo‘lgani uchun umumiy shakl juda ko‘p sondagi kichik fragmentlarga – splaynlarga ajraladi. Bunda har bir bo‘lakni ifodalash uchun eng oddiy formula (funksiya)ni ajratib olish lozim. Vektorli grafikada shu maqsadlar uchun Bezye va NURBS chiziqlari ishlatiladi. Bu chiziqlarning shakli ko‘plab tekshiriluvchi nuqtalarning joylashishi va tayanch nuqtalarini interaktiv ko‘chirish bilan aniqlanadi. Doirani ko‘pburchak bilan almashtirishda ko‘pburchakning burchaklari qancha ko‘p bo‘lsa, u doiraga shuncha yaqin bo‘ladi, ammo hatto burchaklar soni cheksiz marta orttirilganda ham doiraga
teng bo‘la olmaydi. Bizga ma’lumki har bir chiziqni, masalan, to‘g‘ri chiziq yoki parabolani, ikki usul bilan ifodalash mumkin:
– analitik (matematik formulalar yordamida);
– grafik yoki geometrik, bunda u tekslikda grafik ko‘linishda ifodalanadi.
Jism tasvirini vektorli ifodalashda quyidagi ikkita asosiy boshlang‘ich shartlar qabul qilinadi:
– chiziqni mumkin qadar kichik fragmentlarga bo‘lish;
– bo‘laklarni ifodalash uchun eng oddiy funksiya yoki formulani tanlab olish. Tabiiyki eng oddiy funksiya, bu chiziqli bog‘lanish bo‘lib, ular
yordamida to‘g‘ri chiziqlar ifodalaniladi. Chiziq rasmni yetarlicha kichik bo‘laklarga bo‘lib, hosil bo‘lgan nuqtalar to‘g‘ri chiziq bilan birlashtiriladi. Chekli sondagi chiziqlar yordamida xohlagan jismning shaklini yoki ixtiyoriy murakkab chiziqni hosil qilish mumkin. Bunday texnologiyaning asosiy yutugi uning soddaligidir: har bir chiziqcha uchun uning chekka nuqtalari koordinatalarini saqlash kifoya. Shu usul bilan juda katta egri chiziqni ko‘plab nuqtalar orqali ifodalasa bo‘ladi.
Rastrrli grafikada tasvirning asosiy tashkil etuvchisi nuqta bo‘lsa, vektorli grafikada – chiziq. Chiziq matemateka nuqtayi nazaridan bir butun obyekt sifatida qaralgani uchun uni ifodalashda ishlatiladigan qiymatlar hajmi rastrli grafikadagiga qaraganda ancha kichik.
Chiziq – vektorli grafikaning elementar obyektidir. Har qanday obyekt kabi chiziq quyidagi xossalarga ega: shaklga (to‘g‘ri chiziq, egri), qalinlik, rang, chizilish (uzluksiz, punktir). Yopiq chiziqlar toia ranglanish xususiyatiga ham ega bo‘ladi, ya’ni ular bilan chegaralangan soha boshqa obyektlar yoki biror rang bilan toidirilishi mumkin. Oddiy yopiq bo‘lmagan chiziq tugunlar deb ataluvchi ikkita nuqta bilan chegaralanadi. Tugunlarning parametrlari chiziqning shakli va boshqa obyektlar bilan o‘zaro munosabatiga ta’sir etadi. Vektorli grafikaning boshqa barcha obyektlari chiziqlar yordamida ifodalaniladi. Masalan, kub o‘zaro bir-biriga bog‘langan 6 ta kvadratdan tashkil topgan, ularning har biri esa o‘z navbatiga 4 ta birbiriga bog‘langan chiziqdan iborat. Demak kubni 12 ta bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan chiziqlardan tashkil topgan deb tasavvur qilish mumkin.



Download 1.09 Mb.
  1   2   3




Download 1.09 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



4-Mavzu: Obyektli grafikaning xususiyatlari Vektorli grafika tamoyillari

Download 1.09 Mb.