|
4-mavzu. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari pedagogik faoliyatni huquqiy tartibga soluvchi hujjat Reja
|
bet | 6/7 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 101,2 Kb. | | #155623 |
Bog'liq 4-Ma\'ruza8. Belgilansinki: - 8. Belgilansinki:
- Milliy kutubxonaning qo‘shimcha shtat birliklarini saqlash xarajatlari 2019-yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari parametrida ijtimoiy sohaga mo‘ljallangan budjet mablag‘lari hisobidan qoplanadi, 2020-yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida ko‘zda tutiladi;
- tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarini saqlash xarajatlari tumanlar va shaharlar mahalliy budjetlarida umumta’lim maktablari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining tugatilayotgan axborot-resurs markazlarini saqlash uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lar, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
- yangi tashkil etiladigan axborot-kutubxona markazlarini kadrlar bilan to‘ldirish birinchi navbatda umumta’lim maktablari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining tugatilayotgan axborot-resurs markazlarida faoliyat ko‘rsatayotgan malakali kadrlar hisobiga amalga oshiriladi;
- tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari binolarini kapital ta’mirlash hamda ularni zamonaviy uskuna va texnikalar bilan jihozlashni moliyalashtirish umumta’lim maktablari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining tugatilayotgan axborot-resurs markazlarining maqbullashtirilayotgan budjet ajratmalari, tuman va shaharlar mahalliy budjetlarining prognozni oshirib bajarishdan olinadigan daromadlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
- tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari kutubxona fondlarini to‘ldirish, shuningdek, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan budjet mablag‘lari, Jamg‘arma mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar doirasida amalga oshiriladi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Madaniyat vazirligi hamda Agentlik bilan birgalikda kutubxonachilik ishi sohasida mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganish asosida sohaga ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlariga “Kutubxona-axborot faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul kvotalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. - 9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Madaniyat vazirligi hamda Agentlik bilan birgalikda kutubxonachilik ishi sohasida mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganish asosida sohaga ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlariga “Kutubxona-axborot faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul kvotalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
4-mavzu. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari pedagogik faoliyatni huquqiy tartibga soluvchi hujjat Reja
|