|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
|
bet | 7/7 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 101,2 Kb. | | #155623 |
Bog'liq 4-Ma\'ruza10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining: - 10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining:
- vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, shu jumladan harbiy qismlarda idoraviy kutubxonalarni tashkil qilish (takomillashtirish);
- idoraviy kutubxonalarning kitob fondini va moddiy-texnika bazasini yaratish, yangilash va to‘ldirishni ushbu maqsadlar uchun davlat organlariga budjetdan ajratilgan mablag‘lar, shuningdek, budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirish;
- Agentlik takliflari asosida idoraviy kutubxonalarning kitob fondini yangilash va to‘ldirish uchun zarur nashrlar ro‘yxatini har yili shakllantirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
- 11. Agentlik va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 21-mayni Kutubxonachilar kuni deb belgilash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin, bunda kutubxonachilarni ko‘p yillik halol mehnati va axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun davlat mukofotlari bilan taqdirlash va rag‘batlantirish ko‘zda tutilsin.
- Agentlik bir oy muddatda “Kutubxonachilar kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlasin.
- 12. Agentlik manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birlikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
- 13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori vazifasini bajaruvchi K.I. Allamjonov zimmasiga yuklansin.
Toshkent sh.,
2019-yil 7-iyun,
PQ-4354-son
RAHMAT
|
| |