|
4-mavzu. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari pedagogik faoliyatni huquqiy tartibga soluvchi hujjat Reja
|
bet | 5/7 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 101,2 Kb. | | #155623 |
Bog'liq 4-Ma\'ruza6. Agentlik: - 6. Agentlik:
- bir oy muddatda tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarini joylashtirish hamda ularni kompyuter texnikasi va boshqa turdagi orgtexnika, mebel, shu jumladan maxsus mebel, shuningdek, tegishli kutubxona uskunalari bilan jihozlash bo‘yicha talablarni ishlab chiqsin, bunda imkoniyati cheklangan shaxslarga xizmat ko‘rsatish uchun o‘quv zallarini maxsus kompyuter jihozlari va boshqa qo‘shimcha vositalar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratsin;
- O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarining Internet tarmog‘iga ulanishini va ular uchun Milliy kutubxona elektron resurslaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlasin;
- ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda axborot-kutubxona markazlari faoliyatining reglamentini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, bunda aholiga kuni uzaytirilgan tartibda xizmat ko‘rsatilishini ko‘zda tutsin;
- aholiga ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar (til o‘rgatish, kompyuter kurslarini tashkil etish, matnli, audio va videomateriallar nusxalarini yaratish, shuningdek, boshqa kutubxona xizmatlari) ro‘yxatini kengaytirish orqali axborot-kutubxona markazlarining budjetdan tashqari daromadlarini oshirish choralarini ko‘rsin.
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari: - 7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
- a) Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarini joylashtirish va jihozlash talablarini hisobga olgan holda:
- ikki oy muddatda tumanlar (shaharlar) markazlarida tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarini joylashtirish va ularning to‘laqonli faoliyat yuritishi uchun binolarni belgilangan tartibda ajratsin;
- ajratilgan binolarni kapital ta’mirlashni ta’minlasin, bunda tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarining o‘quv zallarida va boshqa umumiy foydalaniladigan xonalarida imkoniyati cheklangan shaxslar to‘siqsiz foydalanishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratsin, shuningdek, ularni zarur uskuna va texnika bilan jihozlasin;
- b) tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlariga tutash hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha tegishli ishlarni amalga oshirsin va ushbu markazlarni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rsin;
- v) umumta’lim maktablari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining axborot-resurs markazlarini tugatish natijasida ishdan bo‘shagan xodimlarni belgilangan tartibda ishga joylashtirish choralarini ko‘rsin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
4-mavzu. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari pedagogik faoliyatni huquqiy tartibga soluvchi hujjat Reja
|