|
Hakimov Isomiddin teiz fanidan tayyorlagan slaydi
|
bet | 1/8 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 1,41 Mb. | | #249862 |
Bog'liq Hakimov Isomiddin TEIH TEIH fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi
Tayyorladi: Hakimov Isomiddin
Tekshirdi: Nodira O’ktamovna
Dubayning erkin Iqtisodiy hududlari Dubayning erkin Iqtisodiy hududlari Reja: 1.Erkin turistik iqtisodiy hududlar haqida malumot 2.Dubayda turizm qay ahvolda va TEIH haqida 3.Dubaydagi turistik erkin iqtisodiy zonalariga misollar Turistik zonalar Muayyan chegaralarga ega bo‘lgan, bir yoki bir necha turistik resurslar (tabiiy, tarixiy, ijtimoiy-madaniy, davolash-sog‘lomlashtirish obyektlari, shuningdek turistlar va ekskursantlarning ehtiyojlarini qanoatlantira oladigan boshqa obyektlar) joylashgan, kirish turizmini va ichki turizmni, turistik industriyani rivojlantirish, turistik resurslarni muhofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanish maqsadida tashkil etilgan hudud turistik zonadir. Turistik zonalar davlat organlari hamda boshqa tashkilotlarning, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslarning taklifiga ko‘ra tashkil etiladi. Turistik zonalar respublika yoki mahalliy darajada tashkil etiladi. Respublika darajasidagi turistik zonalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida, mahalliy darajadagi turistik zonalar esa vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarorlari asosida tashkil etiladi. Turistik zonalarni aniqlashda ularda turistik resurslarning mavjudligi, shuningdek ushbu hududlarning turizm turlarini rivojlantirish uchun potensial imkoniyatlari inobatga olinadi. Qurilayotgan turistik industriya obyektlarining mulkdorlari va (yoki) egalari turistik zonalarning hududlarida turistik resurslar barpo etilayotganda, shuningdek ulardan foydalanilayotganda ushbu obyektlarning mavjud mahalliy ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, ilmiy, badiiy, madaniy muhitga yoki boshqa tashkiliy-maqsadli muhitga va infratuzilma muhitiga uyg‘unlashuvini nazarda tutishi shart. Turizm sohasi subyektlari turistik zonalar hududlarida o‘z faoliyatini tashkil etishda va amalga oshirishda atrof tabiiy muhitga, madaniy meros obyektlariga hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni ta’minlashi shart.
|
| |