|
-jadval
Mediakompetentli o‘qituvchi (pedagog) faoliyati
|
bet | 2/4 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 72,93 Kb. | | #138661 |
Bog'liq 4-mavzu Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida “informatika va axborot2.1-jadval
Mediakompetentli o‘qituvchi (pedagog) faoliyati.
O‘qituvchi
faoliyati
|
Kompetentlik
|
Mazmuni
|
1. Media
to‘g‘risidagi
me’yoriy
hujjatlarni bilish
|
K.1. Ta’limda
media siyosatini
tushunadi va amalga
oshiradi
|
K.1.1. Media
to‘g‘risidagi me’yoriy
huquqiy hujjatlarni
biladi va tushuntira
oladi.
K.1.2. Mediasiyosat
|
2. Media
to‘g‘risidagi
ma’lumotlar bilan
boyitilgan o‘quv
dasturlarini tuzish
|
K.2. O‘quv
dasturiga media
bo‘yicha
tushunchalarni
joriy etadi.
|
K.2.1. Media va unga
taalluqli
tushunchalarni biladi
va undan foydalana
oladi.
K.2.2. O‘quv
dasturlarini mediaga
taalluqli
tushunchalar bilan
takomillashtira
oladi.
|
3. Pedagogik o‘quv
tarbiya jarayonini
tashkil etish
|
K.3. Kasbiy
faoliyatda hamda
talabalarning
mustaqil ta’lim
olish jarayonini
tashkil etishda
mediatexnologiyadan foydalana oladi
|
K.3.1.
Mediatexnologiyalarni sanab beradi,
usullarini aniqlab
beradi.
K.3.2. Ta’lim-tarbiya
jarayonida
mediatexnologiyalarni qo‘llay oladi.
|
4. Talabalarning
bilim va
ko‘nikmalarini
baholash
|
K.4. Talabalarning
mediakompetentligini baholashda
zamonaviy
usullarni qo‘llay
oladi
|
K.4.1. Talabalar
bilimini baholashda
aynan qaysi turdagi
AKTlarni qo‘llashni
ko‘rsatib beradi.
K.4.2. Talabalar
bilimini baholashda
shaffoflikni
ta’minlash
|
Demak-ki, bo‘lajak pedagogning mediakompetent shaxsini shakllantirishga ma’lum ijtimoiy buyurtma mavjud. OTM pedagoglari internet-hamjamiyat rivojining ko‘plab tendensiyalarini o‘zlarining maqomiga mos bo‘lmagan - bolalar ermagi‖ sifatida qabul qilib, umumiy axborot makoniga anchagina sekin kirib orishmoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasida texnika yutuqlaridan faol foydalanadigan pedagoglar ta’lim oluvchilar bilan ancha oson til topishadi, ularning mehnati o‘zining intellektual mehnati mahsullaridan (taqdimotlar, CASE-vositalar va o‘rgatuvchi dasturlardan to ishlanmalar va
modellashtirish shaxsiy dasturiy paketlarigacha) ko‘p marta foydalanish, talabalarga zarur o‘quv materiallarini elektron ko‘rinishda taqdim qilish hisobiga juda yengillashmoqda. Talabalarning mustaqil ishlari, talabalar ilmiy faoliyati doirasida ularning ishlanmalarini tahlil qilishda o‘zaro hamkorlik samaradorligi tobora ortmoqda – talaba mashg‘ulotlar grafigini pedagogning dars jadvali bilan doimiy moslashtirishiga ehtiyoj yo‘q, chunki internet tarmog‘i orqali turlicha yo‘llar bilan muloqot qilish imkoni mavjud. Ayni paytda jadal rivojlanayotgan internet texnologiyalarga oshno bo‘lishni istagan pedagog AKT sohasida zarur bilimlar hajmidan qo‘rqadi, bu yo‘nalishda istiqboli porloq emasligiga o‘zini o‘zi ishontiradi, kichik muammolar oldida ham taslim bo‘ladi.
Pedagoglarning yangi AKTlarga qiziqishlarini o‘z vaqtida rag‘batlantirish va ularga internet-hayot alifbosini o‘rganishda maksimal yordam ko‘rsatish zarur.
Istalgan pedagog uchun qulay bo‘lgan talabalar bilan muloqot va o‘zaro hamkorlik uchun veb-servislarning minimal hajmi: elektron pochta; lahzalik xabarlar tizimlari (telegram, chat, instagram va sh.k.); forumlar; bloglar. O‘zaro hamkorlikning bu kabi shakllarida ishtirok qilish uchun amalda AKT sohasida hech bir bilimga ega bo‘lish talab qilinmaydi, elektron pochta manzilining mavjudligi istalgan resurslarda ro‘yxatdan o‘tishni nazarda tutadi, o‘z ko‘nikmalarining ishlanganligi esa ozroq vaqt talab qiladi, xolos. Ko‘plab OTMlar talabalarning forumlar va bloglar doirasida jamoaviy ishlash mexanizmlarini faol ilgari surmoqda.
Mazkur tasniflardan kelib chiqib, bizning fikrimizcha, pedagoglarning ta’limiy faoliyatga kasbiy tayyorgarligi darajalari tasniflarini umumlashtirish asosida (mediakompetentlik darajalarini hisobga olgan holda) ko‘rsatkichlarning mos jadvali ishlab chiqildi (2.2-jadval). Ko‘rinib turibdiki, zamonaviy maktab va Oliy ta’lim muassasining o‘qituvchilari (pedagoglar) mediabilimli,
mediatahlil va mediakreativli bo‘lishiga davrning o‘zi talab qilmoqda.
|
| |