4-mavzu: Tarmoqni dasturlashda udp soketlar. Reja




Download 72.39 Kb.
bet1/2
Sana08.04.2024
Hajmi72.39 Kb.
#191178
  1   2
Bog'liq
Аҳолига кўрсатилаётган тиббий ёрдам сифатини янада яхшилаш чора-тадбирлари тўғрисида, Тошкент Иштихон, ReadMe UzTransLit, Tarjimaiy hol, mustaqil, 6-mavzu STATISTIKADA VARIATSIYANI BAHOLASH USULLARI VA DISPERSION TAHLIL ASOSLARI, Sherobod 1, aydana9-, 9b aydans, 32087, informatika va axborot texnologiyalari fanini elektron darsliklardan foydalanib oqitish texnologiyasi, blokcheyn-texnologiyasi-va-uning-qo-llanilish-sohalari, Программа модул, 8856

4-mavzu: Tarmoqni dasturlashda UDP soketlar.
Reja:

  1. UDP serverini yaratish.

  2. UDP klientini yaratish.



Tayanch so‘z va iboralar. UDP serveri soketi, DatagramPacket klassi, DatagramSocket klassi, UDP klient soketi, send() va receive() metodlari.


1. UDP serverini yaratish
UDP serveri klient ilovalariga xizmat ko‘rsatish uchun UDP protokolidan foydalanadigan tarmoq ilovasidir. UDP serverini yaratish uchun DatagramPacket ob’ektlarini klientlardan qabul qiladigan DatagramSocket ob’ektidan foydalaniladi. UDP serverini yaratish uchun quyidagilarni bajarish kerak bo‘ladi:

Quyidagi kod fragmentidan DatagramSocket ob’ektini yaratish uchun foydalanish mumkin:
DatagramSocket:
try
{
DatagramSocket socket = new DatagramSocket(1501);
}
catch(SocketException send)
{
System.out.println("Error");
}
Yuqoridagi kod fragmentida DatagramSocket klassining socket ob’ekti 1501 raqamli port bilan bog‘lanadi.
Datagramma paketini qabul qiluvchi DatagramPacket ob’ekti datagrammalarni saqlash uchun buferga ega. Quyidagi kod fragmentidan datagramma paketlarini qabul qiluvchi DatagramPacket ob’ektini yaratish uchun foydalanish mumkin:
try
{
DatagramPacket packet = new DatagramPacket(buffer, buffer.length);
socket.receive(packet);
}
catch(Exception e){
System.out.println ("Error");
}

Oldingi kod fragmentida socket ob’ektidan paketni qabul qilish uchun receive() metodini chaqiradigan DatagramPacket klassining packet ob’ekti yaratiladi.


Qabul qiluvchiga yuborilgan DatagramPacket ob’ekti qabul qilingan ma’lumotlar ob’ektidan farq qiladi. Ushbu DatagramPacket ob’ekti xostning paket yuborilgan IP-adresi va port nomeriga ega bo‘ladi. Quyidagi kod fragmentidan DatagramPacket ob’ektini berilgan manzilga yuborish uchun foydalanish mumkin:


try
{
DatagramPacket packet = new DatagramPacket(buffer, length, address, port);
socket.send(packet);
}
catch(Exception e)
{
System.out.println ("Error");
}
Oldingi kod fragmentida 4 ta parametrni qabul qiluvchi DatagramPacket klassining yangi packet ob’ekti yaratiladi.

  • buffer: ma’lumotlarga ega bo‘lgan buferni beradi.

  • length: bufer uzunligin baytlarda beradi.

  • address: datagramma yuborilgan adresni beradi.

  • port: masofadagi kompyuter datagrammani qabul qilishda ishlatadigan port nomerini beradi.

DatagramSocket klassining send() metodi adresga DatagramPacket ob’ektini yuboradi.
UDP serverini ishga tushirish uchun main() metodidagi konstruktor klassi chaqiriladi. Quyidagi kod fragmentini UDP serverini ishga tushirish uchun ishlatish mumkin:


public static void main(String args[]) throws Exception
{
/* serverni ishga tushirish */
new UDPServer();
}

Oldingi kod fragmentida UDP server ilovasini ish tushiruvchi UDPServer klass ob’ekti yaratiladi.


Quyidagi kod klientdan qabul qilingan xabarlarni aks ettiradi va klientga javob xabarlarni uzatuvchi UDPServer ni yaratish imkonini beradi:

Download 72.39 Kb.
  1   2




Download 72.39 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



4-mavzu: Tarmoqni dasturlashda udp soketlar. Reja

Download 72.39 Kb.