|
Mavzu: udp kliyent-server tarmoq dasturini yaratish
|
bet | 1/3 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 49,86 Kb. | | #156218 |
Bog'liq 2lab Davronov Diyorbek
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Laboratoriya ishi 2
Mavzu: UDP kliyent-server tarmoq dasturini yaratish.
Bajardi: Davronov D.
Tekshirdi: Abdullayev U.
Toshkent 2024
2. LABORATORIYA ISHI
Mavzu: UDP kliyent-server tarmoq dasturini yaratish
Ishning maqsadi: Java dasturlash tili java.net.* va java.io.* paketlari klasslaridan foydalanib UDP klient-server tarmoq dasturini yaratish.
Nazariy qism:
UDP serverini yaratish. UDP serveri klient ilovalariga xizmat ko‘rsatish
uchun UDP protokolidan foydalanadigan tarmoq ilovasidir. UDP serverini yaratish
uchun DatagramPacket obyektlarini klientlardan qabul qiladigan DatagramSocket
obyektidan foydalaniladi. UDP serverini yaratish uchun quyidagilarni bajarish
kerak bo‘ladi:
DatagramSocket obyektidan foydalanib soket yaratish;
DatagramPacket klass obyektini yaratish va klient xabarlarini qabul qilish
uchun receive() metodidan foydalanish;
DatagramPacket klass obyektini yaratish va klient xabarlarini uzatish
uchun send() metodidan foydalanish;
main() metodida UDP server klassi konstruktorini chaqirib, serverni ishga
tushirish.
Datagramma paketini qabul qiluvchi DatagramPacket obyekti
datagrammalarni saqlash uchun buferga ega.
Qabul qiluvchiga yuborilgan DatagramPacket obyekti qabul qilingan
ma’lumotlar obyektidan farq qiladi. Ushbu DatagramPacket obyekti xostning paket
yuborilgan IP-adresi va port nomeriga ega bo‘ladi.
4 ta parametrni qabul qiluvchi DatagramPacket klassining yangi packet
obyekti yaratiladi.
2
buffer: ma’lumotlarga ega bo‘lgan buferni beradi.
length: bufer uzunligin baytlarda beradi.
address: datagramma yuborilgan adresni beradi.
port: masofadagi kompyuter datagrammani qabul qilishda ishlatadigan
port nomerini beradi.
DatagramSocket klassining send() metodi adresga DatagramPacket
obyektini yuboradi.
2-variant
Ixtiyoriy konus sirti yuzini toppish
|
| |