|
4-sinf Sinf soati ish reja va konspekt 2021-2022-yil Tushuntirish xati
|
bet | 40/51 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 2,9 Mb. | | #244374 |
Bog'liq 4-sinf (Sinf soati) Tarbiyaviy soat konspekti 21-22II.Asosiy qism: 1-boshlovchi:-Assalomu alaykum,qadrli bayram qatnashchilari,hurmatli mehmonlar! Mana,bugun diyorimizda bayram. Bahor tarovati bilan yashargan yurtimiz go`shalarida o`zgacha shodiyona. Yoshu qari bu shodiyonalarning birdek ishtirokchisi . Chunki Navro`z –yangi kun ,yasharish ,yangilanish fasli ,Yangi yil boshi.
Azaldan xalqimiz uchun suyukli bo`lgan ayyomdir .
2-boshlovchi:-Navro`z necha ming yillardan beri nishonlanib kelinayotgan turkiy xalqlarimizning azaliy bayramidir .Eng go`zal odatlar , insoniy qadiriyatlar bu ayyomda o`zini namoyon etadi.Kishilar bir-birbirlariga shirinso`z bo`ladilar,ginalar unitiladi,bemorlardan eng avval ko`ngil so`raladi.Ular bayram taomlari bilan siyladi.Ezgulik,qadr-qimmat,mehr-muruvvat,oqibatu saxovat ana shu qutlug` kunda o`zini butun bo`y bastini namoyon etadi.
2-boshlovchi:-Bahor kelishi bilan chor-atrofni qushlarning yoqumli ovozi tutib ketadi,ularning sayrashlari kishiga xush kayfiyat bag`ishlaydi.Bayramimizga uzoq janub o`lkalaridan qaytgan qushlar ham mehmon bo`lib kelishibdi.Ularni davramizga taklif etamiz.
O`quvchilar (qushlarni chorlaydi):
-Bahor keldi elimizga
Quvonch to`ldi dilimizga
Keling-qushlar,
Uching qushlar.
Bizlar do`stmiz doim sizga.
1-boshlovchi:
Bolajonlar boshlaylik,
Yalla, navo-nazmini,
Savol-javob, topishmoq,
Topag`onlar bazmini.
-Yashar ko`k maysa,Eh, qanday maza!
O`rikda gullar bu qaysi fasl.?
Bolalar:-Topdik,bu go`zal Navro`z-gul fasli.
2-boshlovchi:
Ko`klam kelsa unadi,Oftob chiqsa kuladi.
U bahorning elchisi, Buni hamma biladi.
Bolalar:-Uning nomi boychechak, ko`klamdagi ilk chechak.
2-boshlovchi:
O`zi qizil ,go`zal biram,
Qirda yozar alvon gilam.
Bolalar:Budir lolaqizg`aldoq,ko`zing quvnar ko`rgan choq.
1-boshlovchi:
-Qozonsiz qaynar erta-kech,
Suvida qo`ling kuymaydi hech.
Bolalar:-Bu buloqdir bilamiz,
Ichib mazza qilamiz.
|
| |