Nima uchun sog`lom bo`lish kerak?
III.Yakuniy qism.O`quvchilarga mavzuni mustahkamlash yuzasidan savollarni “Kim topqir” o`yini orqali berish mumkin.
Sog`lom bo`lish uchun nima qilish kerak?
Sog`lom o`quvchi qanday o`qiydi?
керак?
O`qituvchi berilgan savollar javoblarini umumlashtiradi. O`quvchilarga doimo tana a`zolarini sog`lom bo`lishini ta`minlash uchun kun tartibiga rioya qilish, vaqtida ovqatlanish va sport bilan shug`ullanish lozimligini ta`kidlab, mashg`ulotni yakunlaydi.
Sport bilan shug`ullaning.
Mavzu xulosalanib, faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
Sana: 26-mavzu: Milliy an’analarimiz faxrimizdir
(21 mart – Navro‘z bayrami munosabati bilan).
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarda milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an’analarimizga hurmat tuyg’ularini kuchaytirish orqali ular ongiga mehr-oqibat, insoniylik, milliyligini yo`qotmaslik, boy, asrlardan asrlargacha yetib kelayotgan urf-odatlarimizni saqlab qolish xislatlarini tarbiyalash.
Kompetensiya— TK-2: jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi.
TK-4: Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantiradi
Kun shiori:Yangi kun muborak
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:Mavzuga oid rasmlar,devoriy gazeta,DVD.
Tarbiyaviy mashg`ulot borishi:
Tashkiliy qism
-Salom senga, navro`zi olam,
Salom senga, bahor ayyomi.
Senga olqish, senga sharaf-shon,
Yasha gullar, nahor bayrami.
|