1- shartda 1- raqamli o`quvchilar guruh nomini izohlashadi.
Bu shartda har bir guruh o`quvchilarga o`tilgan mavzulardan 10 tadan savol beriladi: 5 ballik sistemada baholanadi.
3 shart.
Excel elektron jadvali ishlashini quyidagi mashqlar yordamida ko'rib chiqamiz.
1- mashq. Karra jadvalini hosil qiling (41-rasm).Quyidagi ketma-ketlikdagi ishlar bajariladi:
1

) B2:H2 blokidagi katakchalarni

piktogrammasi yordamida birlashtiriladi va «Nechalik jadval kerak?»
matni kiritiladi;
2) D3 katakchaga «=», E3 katakchaga biror son (masalan, 6) kiritiladi;
3) C4 katakchadan E3 katakchaga absolyut murojaat kiritiladi, ya'ni C4 katakchaga «=E3»ni yozib, F4 klavishi bosiladi;
4) D4 katakchaga «*» belgisi, E4 katakchaga 1 soni, F6 katakchaga «=» belgisi kiritiladi;
5) G4 katakchaga «=C4*E4» formula kiritiladi;
6) C4:G4 blokini belgilab, blokning o'ng quyi burchagidagi belgisidan «sichqoncha» yordamida G ustun bo'yicha pastga tortib nusxalanadi;
7) Katakchalarni katakcha formati orqali ranglar bilan bezaladi.
Tekshirib ko'rish mumkinki, E3 katakchadagi qiymat o'zgartirilsa, G ustundagi qiymatlar karra jadvaliga mos ravishda o'zgaradi.
Excel elektron jadvali matematik formulalar bilan ishlash uchun keng imkoniyat ochib beradi. Shulardan biri funksiyalar to'plamining mavjudligidir. Excel funksiyalar to'plamida 400 dan ortiq funksiya bo'lib, ular matematik, mantiqiy, statistik, matn, moliya va boshqa turlarga bo'linadi.
Funksiyalarni formulalarda qo'llanilishining umumiy qoidasi quyidagilardan iborat:
• har bir funksiya boshqa takrorlanmaydigan o'z nomiga ega;
• funksiyalarga murojaatda ularning nomidan keyin qavs ichida nuqtali vergul bilan ajralib turuvchi argumentlar ro'yxati yoziladi.
Excel elektron jadvalidagi matematik funksiyalarning asosiylari bilan tanishamiz:
ABS(son) - sonning absolyut qiymati, masalan: ABS(-274)=
274, ABS(46)=46;
SIN(son) - radian o'lchov birligidagi songa mos burchakning sinusi (COS, TAN), masalan: SIN(1,570796)=1, COS(3,141593) =
-1, TAN(3,141593/4)=1 (-3,141593);
ASIN(son) - sinusi
songa mos bo'lgan burchak (ACOS, ATAN), masalan: ASIN(1) = 1,570796, ACOS(-1) = 3,141593, ATAN(l) =0,785398=71/4;
EXP(son) —
e (e~2,718282) ning songa mos darajasi, masalan: EXP(1)=2,718282;
LN(son) —
sonning natural logarifmi, masalan: LN(2,718282)=1;
KOPEHb(son) - sonning kvadrat ildizi, masalan: KOPEHb(25)=5, KOPEHb(169)=13;
OCTAT(son; bo'luvchi) - sonni bo'luvchiga bo'lgandagi qoldiq, masalan: OCTAT(45;7)=3, OCTAT(15;3)=0, OCTAT(-191;10)=9;
CTEIIEHb(son; daraja ko'rsatkichi) - sonni darajaga ko'taradi: CTEREHb (3;4)=81, CTEnEHb(2; 10)=1024, CTEnEHb(-l,7; 5)= -14,1986;
CYMM(son1; son2;...) —
son 1, son 2,
... katakchalar (yoki katakchalar bloki)dagi qiymatlarning yig'indisi, masalan: yuqoridagi mashqdan CYMM(G4:G13)=330, CYMM(C4:C13; E4:E13)= 115 (41-rasm).
Excel elektron jadvalining ba'zi mantiqiy funksiyalari bilan tanishamiz:
И(mantiqiy ifoda1; mantiqiy ifoda 2; ...) - (VA) funksiyasining qiymati ROST bo'ladi, agar mantiqiy ifodalarning barchasining qiymati ROST bo'lsa, aks holda funksiyaning qiymati YOLG'ON bo'ladi, masalan: И(SIN(500)>5)=YOLG'ON, И(5>1, 99/3-l>31)=ROST, 1-mashqdagi C5 va E13 uchun И(C5=6; E13>=9) =ROST;
ИЛИ(mantiqiy ifoda1; mantiqiy ifoda 2; ...) - (YOKI) ftmksiyasining qiymati ROST bo'ladi, agar mantiqiy ifodalarning birortasining qiymati ROST bo'lsa, aks holda funksiyaning qiymati YOLG'ON bo'ladi, masalan: ИЛИ(SIN(500)>5)=YOLG'ON, ИЛИ (0,5>=l/2, -1>31)=ROST, 1-mashqdagi C5 va E13 uchun ИЛИ(C5=5; E13>=11)= YOLG'ON;
ECЛИ(mantiqiy ifoda; ifodal; ifoda 2) — (AGAR) funksiyasi qiymati mantiqiy ifoda qiymati ROST bo'lsa, ifodalga, yolg'on bo'lsa, ifoda 2 ga tengbo'ladi, masalan: ECJIИ(700/7-l>50; 1963; 1)=1963, ECJIИ(5*5=24; 0; 9+12)=21, 1-mashqdagi C1O va E12 uchun ECJIИ(E12
0; KOPEHЬ(lOO); "yechimi yo'q")= yechimi yo'q.
Excel elektron jadvalining statistik va matn funksiyalariga misol keltiramiz:
MAKC (son 1; son 2;...) - son 1, son 2, ... larning eng katta qiymatini aniqlaydi, masalan: MAKC(1; 2;-7)=2, 1-mashqdagi E4:E12 katakchalar bloki uchun MAKC(E4:E12)=9, shu blok va G13 katakchasi uchun MAKC(E4:E12; G13)=60;
MИH (son 1; son 2;...) — sonl, son2, ... larning eng kichik qiymatini aniqlaydi;
CP3HAЧ (son 1; son 2;...) - sonl, son2, ... larning o'rta arifmetik qiymatini aniqlaydi;
ДЛCTP (matn) — matndagi belgilar sonini aniqlaydi, masalan: ДJICTP("men")=3, ДJICTP("3,1415")=6;
3AMEHИTЬ (eski matn; qaysi o'rindan; nechtasi o'rniga; yangi matn) — eski matnning belgilarini yangisiga almashtiradi, masalan: 3AMEHИTЬ ("Salom"; 4; 1; "i")="Salim", 3AMEHИTЬ ("Olma";3;2;"tin")="Oltin";
3HAЧEH (matn) — matnli argumentni songa o'tkazadi, masalan: 3HAЧEH("5,4")=5,4;
JIEBCИMB(matn; belgi soni) - matndagi eng chapdagi berilgan sondagi belgilarni kesib ko'rsatadi, masalan, JIEBCИMB("-45765"; 1)="-" yoki JIEBCИMB(-45765)="-", JIEBCИMB (Gulnoza; 3)="Gul".
Shuni ta'kidlash lozimki, Excel funksiyalarini qo'llash uchun ularning xususiyatlari haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lish lozim.
Dars oxirida o`quvchilar tomonidan yig`iligan ballar hisoblanadi. G`olib guruh aniqlanadi. O’quvchlar baholanadi. Bilim cho`qqisini egallagan
G`olib guruh sovg`a bilan rag`batlantiriladi:
Dars yakuni. Darsni yakunlash vazifa matematik, statistik va matn funksiyalariga ma’lumot topib kelish.