• Kalit so’zlar.
  • Ключевые слова
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • 40 energetika tizimida mikroprotsessor rele himoyasining o‘rni va xususiyatlarini takomillashtirish xamdamov Jamshid Xatam o‘g’li




    Download 0.65 Mb.
    Pdf ko'rish
    Sana22.04.2024
    Hajmi0.65 Mb.
    #204421
    Bog'liq
    40-42
    0005 MILLIY SERTIFIKAT 2023


    40 
    ENERGETIKA TIZIMIDA MIKROPROTSESSOR RELE HIMOYASINING 
    O‘RNI VA XUSUSIYATLARINI TAKOMILLASHTIRISH 
     
    Xamdamov Jamshid Xatam o‘g’li 
     
    Annotatsiya.Tortish elektr ta’minoti tortuvchi nimstansiyalarining tarmog’i fiderlari 
    mikroprotsessor rele himoyasining asosiy xususiyatlarini amalga oshirish, tortuvchi nimstansiyalar 
    parametrlari, kontakt tarmog’i himoyasi kо‘rib chiqildi shuningdek, hozirgi zamonaviy 
    mikroprotsessor rele himoyasi va ularning funksiyalarini takomillashtirish kо‘rib chiqildi. 
    Kalit so’zlar. Tortuvchi nimstansiya, kontak tarmog’i, mikroprotsessorli rele himoyasi. 
     
    Аннотация: Рассмотрены реализация основных особенностей микропроцес- сорной 
    релейной защиты фидеров сетей тяговых подстанций, параметры тяговых подстанций, 
    контактной сетевой защиты, а также современные микропроцессорные релейные защиты 
    и совершенствование их функций. 
    Ключевые слова: Тяговая подстанция, контактная сеть, микропроцессорная релейная 
    защита. 
     
    Tortuvchi nimstansiyalari kontakt tarmog’i fiderlari yangi element bazasi asosida 
    о‘zgaruvchan kuchlanish mikroprotsessorli himoya qilish talab etilmoqda. Tortuvchi 
    nimstansiyalari kontakt tarmog’i fiderlari yangi avlod himoyasini qо‘llashning о‘ziga 
    xos xususiyatlari, ya’ni tortish nimstansiyasining kontakt tarmog’i fiderlari 
    mikroprotsessorli himoya qilish yuqori tezlikda elektr transportini elektr toki bilan 
    ta’minlash tizimida himoya tezligi, ishonchliligi va iqtisodiy samaradorligini 
    oshiradi. Hozirgi kunda mikroprotsessorli releli himoyasining EHM va avtomatik 
    boshqaruv bilan birga ishlab chiqarilishi elektrostansiyalarning elektroenergetika 
    bloklarida, umumiy nimstansiyalar uzellarida va yuqori va o‘ta yuqori kuchlanishli 
    elektr uzatuvchi magistral liniyalarini ish rejimlarini avtomatik tarzda boshqarishga 
    imkoniyat yaratdi. Qolaversa mikroprotsessorli releli himoyasi barcha yuzaga 
    keladigan nonormal rejimlarda ya’ni qisqa tutashuvlarda, o‘ta yuklanishlarda va h.k 
    larda elektr qurilmani to‘la qonli ishonchli tarzda shikastlanishini oldini oladi. 
    Mikroprotsessorli releli himoyasi oldingi avlod elektromagnit relelilariga qo‘yilgan 
    talablarini yuqori darajada ta’minlab berishga qodir hisoblanadi. Mikroprotsessorli 
    releli himoyasi yaxlit bir ishlab chiqarilgan qurilma bo‘lib judayam ixcham va 
    judayam ko‘lab amallarni bajarishga qodir hisoblanadi. Ushbu qurimaning o‘zida 
    deyarli barcha elektr himoya turlari amalga oshirish mumkin. 
    Rele himoyasi va avtomatkaning zamonaviy raqamli qurilmalari reli himoyasi, 
    o‘lchash, tartibga solish va elеktr qurilmalarini boshqarish funksiyalarining yagona 
    to‘plami doirasida birlashtirilgan. Energiya obektining avtomatlashtirilgan jarayonni 
    boshqarish tizimi (ASU TP) tarkibida bunday qurilmalar axborot to‘plashning oxirgi 


    41 
    takomillashgan turi hisoblanadi. Rele himoyasi va avtomatkaning raqamli 
    qurilmalarida optoelеktron datchiklar, ferromagnit o‘zaklarsiz transformatorlar 
    qo‘llash asosida yangi tok va kuchlanishni o‘lchovchi o‘zgartirgichlarga o‘tish 
    mumkin. Ushbu o‘zgartgichlarni ishlab chiqarishda texnologik jihatdan ancha 
    rivojlangan, juda yuqori metrologik xususiyatlarga va kam chiqish quvvatiga ega.
    Elеktr energetikasi obektlarida raqamli releni joriy etilishi quyidagi texnik va 
    iqtisodiy samaradorlik ega:
    1. Ko‘p funksiyali raqamli relelar. Kichik o‘lchamlarga ega bo‘lgan bitta raqamli rele 
    20 tagacha analog rele, shuningdek bir nechta o‘lchash asboblari o‘rnini egalaydi 
    (relelarni tejab qolish, qurilmalar va montaj ishlari tannarxi bo‘yicha hisoblanadi).
    2. Uzluksiz o‘z-o‘zini diagnostika qilish va apparatning yuqori ishonchliligi, qisqa 
    tutashuv paytida himoyaning buzilishi ehtimolini deyarli yo‘q va natijada 
    iste’molchilarni elеktr ta’minoti uzilishini oldini oladi.
    3. Vaqt selektivligi va raqamli rele aniqligi darajasining sezilarli darajada pasayishi 
    tufayli qisqa tutashuvni o‘chirish tezlashishiga olib keladi (bu ularningissiqlik 
    qarshiligi holatiga qarab tanlangan chiziqli simlar yoki kichikroq yuzali kabellaridan 
    foydalanish tufayli tejashga imkon beradi).
    4. Raqamli rele yordamida selektivlikni ta’minlash usullari (mantiqiy selektivlik) va 
    o‘chirgichning nostandart sharoitda o‘chishi natijasida, uni zahiraga chiqishini 
    ko‘rsatuvchi qurilma. Uzoq masofali zahira bilan birga, himoya qilishning mahalliy 
    zahira qo‘llaniladi.
    5. Raqamli rele avariya boshlash vaqtigacha va avariya vaqtidagi rejimlarni tahlil 
    qilish va yozib olish imkonini beradi.
    6. Raqamli relelar ulangan kompyuterlar yordamida, foydalanilayotgan qurilmalarni 
    o‘zgartirish va boshqa tomondan xarakteristikalarini olish imkoniyati mavjud.
    7. Raqamli rele, ularning holati haqidagi barcha ma’lumotlarni maxsus aloqa 
    kanallari orqali masofaviy nazorat xonalariga o‘tkazish imkonini beradi.
    8. Raqamli rele, rele himoya kompleksining konfiguratsiyasini o‘zgartirishga imkon 
    beradi: tashqi kompyuter faqat dasturiy vositalar bilan alohida funksiyalarni yoqish 
    yoki o‘chirish vazifasini bajaradi.
    9. Raqamli relelar, elеktromexanika relelariga qaraganda avariya rejimlariga ancha 
    yuqori sezgirlikni amalga oshirish imkonini beradi.
    10. Statik raqamli relelar mexanik harakatlanuvchi elementlarni o‘z ichiga olgan 
    elеktromagnit relelariga nisbatan yuqori ishonchlilikka egadir. 
    Xulosa. Ushbu mavzu bo‘yicha mikroprotsessorlireleli himoyasi maqsadi va 
    struktura sxemalari ko‘rib chiqilgan. Rele himoyasini asosiy turlari, mikroprotsessorli 


    42 
    himoyaga qo‘yilgan asosiy talablari va mikroprotsessorli himoyasini samadorligi 
    ko‘rib chiqilgan. Normal va avariya rejimlarining xususiyalari, mikroprotsessorli 
    himoyaga qo‘yiladigan asosiy talablarni amalga oshirish xususiyatlari, ko‘rib chiqildi 
    va o‘rganildi.
    Foydalanilgan adabiyotlar 
    1. Микропроцессорные устройства релейной защиты и автоматики серий 
    «Сириус» и «Орион» В. Ю. Лукоянов, Р.В. Кузина, К. С.Аганичев, А. П. 
    Кузнецов. // Энергетик. - 2000. №3. - С. 25-27.
    2. Кошман А. Г.Серия устройств микропронессорной релейной защиты МРЗС-
    05 производства ПО «КИЕВПРИБОР» // Релейная защита и автоматика 
    энергосистем 2002. XV научно-техническая конференция, 21-23 мая 2002 г. 
    Сборник докладов. - М.: ЦДУ ЕЭС России, 2002. -С. 35-38.
     

    Download 0.65 Mb.




    Download 0.65 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    40 energetika tizimida mikroprotsessor rele himoyasining o‘rni va xususiyatlarini takomillashtirish xamdamov Jamshid Xatam o‘g’li

    Download 0.65 Mb.
    Pdf ko'rish