• 15.1. AB-UE mikroprotsessorli unversal tizimli avtoblokirovka
  • Maʼruza №15 Zamonaviy avtoblokirovka tizimlari. Mikroprotsessorli avtoblokirovka tizimlari Reja




    Download 175.52 Kb.
    bet1/3
    Sana03.06.2023
    Hajmi175.52 Kb.
    #69509
      1   2   3
    Bog'liq
    Jahongir PTA, 1, 4-amaliy ish 4s, 4-lab, LABORATORIYA MAShG, Хаёт фаолияти хавфсизлигининг назарий асослари, психологик паспорт лотин - копия, 4-qayta topshirish, TDTU o\'quv auditoriyalari uchun optimal korparativ tarmoqlarni tahlil, 5.1, Металларга резба кесиш , diplom ishi yakuniy ish (2) (2)

    Maʼruza №15


    Zamonaviy avtoblokirovka tizimlari.
    Mikroprotsessorli avtoblokirovka tizimlari
    Reja:
    15.1. AB-UE mikroprotsessorli unversal tizimli avtoblokirovka
    15.2. AB-E2 mikroprotsessorli avtoblokirovka tizimi
    Temir yo‘llarda yuqorida ko‘rib chiqilgan releli avtoblokirovka tizimlari keng tarqalishiga qaramay, ular ma’lum kamchiliklardan istisno emas. Masalan bunday avtoblokirovkalarda funksional imkoniyatlari cheklangan, katta miqdorda kabel va releli apparatura ishlatilishi sababli tizimlarning qurilishi nibatan qimmatga tushadi, ularga xizmat ko‘rsatish esa mushkul. Mikroprotsessorli avtoblokirovka tizimlari bunday kamchiliklardan ozod bo‘lib, ancha yuqori ishlash ishonchliligi bilan ajralib turadi. Lekin shuni aytish joizki, hozircha mikroprotsessorli avtoblokirovka tizimlarida turli sabablariga ko‘ra, ayrim releli apparaturalar saqlanib kolgan.

    15.1. AB-UE mikroprotsessorli unversal tizimli avtoblokirovka
    Bu avtoblokirovka peregondagi signal nuqtalarida joylashgan apparaturani masofadan nazorat qilish va tashhis qo‘yish, hamda uni rostlash va sozlashga imkon beradigan avtoblokirovkaning ichki tarkibiga kiradigan maxsus telemexanik tizimga ega bo‘lib, signal nuqtalarida elektromexanik rele va boshqa kontaktli apparatura yo‘qligi bilan ajralib turadi.
    AV-UE tizimda uning ishlash dasturini o‘zgartirish orqali apparaturasi joylashishining nomarkazlashgan tizimli istalgan releli avtoblokirovka bajaradigan funksiyalarini amalga oshirish mumkin. Peregondan stansiyaga poezdlarning joylashishi, relsli zanjirdagi kuchlanish, signal nuqtalaridagi apparaturalar sozligi xaqida va boshqa ma’lumotlar uzatiladi. Qabul qilingan ma’lumotlar stansiyadagi kompyuter monitoriga chiqariladi va bu kompyuter yordamida signal nuqtalariga relsli zanjirlardagi kuchlanish qiymatlari hamda ALSN va ALS-EN kodli kombinatsiyalar, mavjud bo‘lgan texnologik vaziyatga ko‘ra, beriladi. Bundan tashqari, ma’lumot almashuv tarmog‘i orqali harakat yo‘nalishi almashish va kodlarni uzatish to‘hg‘risida buyruqlari ham beriladi. ALS-EN tizim uchun kodli kombinatsiyalar, blok-uchastka uzunligiga qarab, har bir signal nuqta uchun alohida tanlanadi. Avtoblokirovka ishini to‘la ta’minlash uchun, peregonda ikki juft kabel tolasi etarli.

    Download 175.52 Kb.
      1   2   3




    Download 175.52 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maʼruza №15 Zamonaviy avtoblokirovka tizimlari. Mikroprotsessorli avtoblokirovka tizimlari Reja

    Download 175.52 Kb.