AB-E2 mikroprotsessorli avtoblokirovka tizimi




Download 175.52 Kb.
bet2/3
Sana03.06.2023
Hajmi175.52 Kb.
#69509
1   2   3
Bog'liq
Jahongir PTA, 1, 4-amaliy ish 4s, 4-lab, LABORATORIYA MAShG, Хаёт фаолияти хавфсизлигининг назарий асослари, психологик паспорт лотин - копия, 4-qayta topshirish, TDTU o\'quv auditoriyalari uchun optimal korparativ tarmoqlarni tahlil, 5.1, Металларга резба кесиш , diplom ishi yakuniy ish (2) (2)
15.2. AB-E2 mikroprotsessorli avtoblokirovka tizimi
AB–E2 rels zanjirlari izolyasiyalovchi tutashmalarsiz va apparaturasi markazlashmagan mikroprotsessorli avtoblokirovka tizimi bo‘lib, «Poezdlar harakatini boshqarish uchun istiqbolli mikroelektron tizim va qurilmalarning yagona qatori» dasturiga muvofiq yaratilgan. AB – E2 avtoblokirovka kengaytirilgan funksional imkoniyatlariga ega bo‘lib, nosozlik va halaqitlarga bardosh berishi. ist’emol qilish elektr quvvati kichikligi hamda relsli zanjirlari barqaror ishlashi bilan ajralib turadi.
Bu avtoblokirovka relsli yo‘lning bo‘shlig‘i va sozligini nazorat etish, signal nuqtalari orasida relsli liniyalar holati haqida ma’lumot almashish, harakat xavfsizligi shartlari bo‘yicha o‘tish svetoforlar ko‘rsatkichlarini boshqarish, shuningdek, stansiyaga peregondagi mavjud bo‘lgan poezdli vaziyat hamda signal nuqtalarida joylashgan apparatura holati haqida ma’lumot berish uchun mo‘ljallangan, AB-E2 tizimi o‘tish svetoforining ko‘rsatkichlari haqida, peregon bo‘ylab mumkin bo‘lgan harakat tezligi va tezlik cheklanishlari haqida, stansiyaga yaqinlashish va qabul qilish marshrutlari haqida ma’lumotni hosil qilish va lokomotivga uzatishni ta’minlaydi. Ushbu avtoblokirovka ALSN va ALS-EN turdagi avtomatik lokomotiv signallash tizimlari bilan birga ishlashga mo‘ljallangan. AB-E2 tizimni avtonom va elektr tortqili magistral temir yo‘llarida, shuningdek, poezdlarning harakati yuqori tezlik bo‘lgan uchastkalarda qo‘llash mumkin. AB-E2 avtoblokirovkasi foydalanilayotgan boshqa temir yo‘l avtomatika va telemexanika tizimlari bilan birga ham ishlatilishi mumkin.
AB–E2 tizimda izolyasiyalovchi tutashmasiz tonal chastotali relsli zanjirlar ko‘llaniladi. Yo‘l priyomnigi (qabul qilgichi) yondosh hamda parallel bo‘lgan ikki yo‘lli peregonlarda relsli zanjirlarning xalaqit ta’siridan himoyalash maqsadida, signallarni tuzishda to‘rtta eltuvchi f1÷f4 chastotadan foydalaniladi. Blok–uchastkalarning yondosh relsli zanjirlarda bu chastotalarning almashinuvi bajariladi. Odatda, blok–uchastka doirasida ikkita relsli zanjir tashkil etiladi. Bunda relsli zanjirlar, blok-uchastkaning o‘rtasida ulanadigan bitta umumiy ta’minot manba (peredatchik) dan oziqlanadi.
Ushbu peredatchikdan, relsli liniya orqali, yo‘l svetoforlar ko‘rsatkichlarini o‘zaro bog‘lash va blok-uchastkaning birinchi yarmida joylashgan poezd lokomotiviga ma’lumot yuborish uchun ham foydalaniladi. Lokomotiv bu peredatchik ulangan nuqtasidan o‘tishi bilanoq, blok-uchastkaning oxirgi chiqish uchidan relsli zanjirga ALS signali uzata boshlanadi. YA’ni, ALS signallarining uzatilishi, uchastkadagi poezd joylashishiga bog‘lik.
Bu tizimda yo‘l priyomniklari relsli liniyaga blok–uchastkaning uchlarida ulangan. Yo‘l svetoforlarning ko‘rsatkichlarini o‘zaro bog‘lash uchun takomillashgan 8-razryadli ikkilik Bauer kodidan foydalangan. Bu kodda Xemming bo‘yicha kod masofasi d=4 teng va u halaqit ta’sirlaridan yuqori darajada himoyalangan bo‘lib, ALS-EN tizimida Bauer kodning kombinatsiyalari ko‘rinishida 16 xabar signallarni tashkil etishga imkon yaratadi. Signallarni tuzishda ikki karrali faza tavofutli modulyasiyadan foydaniladi. Bunda har bir xabar signalida, maxsus modulyator yordamida, ikkita parallel fazali nimkanallar tashkil etiladi–informatsiyali (foydali ma’lumot uzatish uchun) va sinxronlash nimkanallari (berilgan blok–uchastka belgisini hamda siklli sinxronlash signalini uzatish uchun).
Avtoblokirovkaning signal nuqtadagi apparaturasi tarkibiga
MPP–01F turdagi mikroprotsessorli priyomo-peredatchik (qabul qilgich-uzatgich) hamda himoyalash va muvofiqlash UZS qurilmalari kiradi.
Mikroprotsessorli priyomo-peredatchik (MPP) quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • signal nuqtaga tutashgan yondosh blok–uchastkalarga tegishli bo‘lgan relsli liniyalarning holatini nazorat etadi;

  • uchastkadagi poezdli vaziyatga qarab, ma’lumotni kodlaydi va uni elektr signal shaklida, blok–uchastka o‘rtasida joylashgan chiqishi orqali, relsli liniyaga uzatadi. Bu signaldan blok–uchastkaning ikki relsli zanjir holatini nazorat etish hamda avvalgi signal nuqtaga ma’lumot etkazish uchun foydalaniladi;

  • relsli liniyadan ma’lumotni qabul qilib, uni qayta ishlab chiqaradi;

  • son kodli ALS signalarini va ALS–EN signallarini (Bauer kodli kombinatsiyalari) ishlab chiqaradi;

  • signal nuqtada joylashgan J, JZ, Z va VM signal relslarning ishini boshqaradi;

  • svetofor lampalari yonishini hamda ularning cho‘g‘lanish tolalari sozligini nazorat etadi;

  • son kodli ALS (ALSN) signallarni ishlab chiqishligida, kodli kombinatsiyalarning vaqt parametrlarini nazorat etadi. Bunda ikkita ketma–ket uzatilayotgan kodli kombinatsiyalarda buzilishlar aniqlansa, unda peredatchikning chiqishi yopiladi;

  • ximoyalanayotgan blok–uchastkaga poezdning boshi kirishi haqida ma’lumotni, simli aloqa liniyasi orqali, keyingi signal nuqtaga uzatadi. Bu signal bo‘yicha poezd harakatlanishga qarshi ALS signali yuboriladi;

  • dispetcherlik nazorat tizimi uchun tegishli signallarni ishlab chiqaradi.

MPP-01F zamonaviy 1821VM85 mikroprotsessorli komplekt, 1867VM1 bir kristalli mikro EHM va 1533 seriyali integral mikrosxemalarda bajarilgan. Apparatura sozligi, faqat relsli zanjir bandligida, test nazorati yo‘li bilan avtomatik ravishda tekshiriladi. Bunda nosozliklar to‘planib qolishining oldi olinadi.
AB-E2 avtoblokirovkaning tuzilmaviy sxemasi 4.6.-rasmda keltirilgan.
3-svetoforning releli shkafida signal nuqtaning quyidagi apparaturasi joylashadi: MPP–01F; UZS–PRM– priyomnikni muvofiqlashtirish va himoyalash qurilmasi; 1UM – ALS–EN va 2UM – ALS–EN signal quvvatini kuchaytirgichlari; KT1 va KT 2 – ALSN tizimning kod transformatorlari; SF tarmoq filtrli PT ta’minlash transformatorlari; J, JZ va Z – o‘tish yo‘l svetoforlarda to‘rt belgili signalizatsiyasini (qizil, sariq, sariq–yashil va yashil) ta’minlovchi signal relelari; VM - yordamchi rele; JO, ZO va KO – svetofor lampalari sozligini nazorat etuvchi olovli relelar; UZS –RL himoyalash va relsli liniya bilan muvofiqlashtirish qurilmasi. Bu qurilma asosan POBS-2A transformator hamda RVNSH-250 razryadniklardan iborat . 3 b/u blok-uchastkaning relsli zanjiri uning o‘rtasidan oziqlanadi. Bunda, MPP peredatchikning chiqishi UZS-PRD, kabel aloqa liniyasi, himoyalash va muvofiqlashtiruvchi UZS-RL qurilma orqali, relsli liniyaga ulanadi. AV-E2 avtoblokirovkada peregondagi har bir blok-uchastkaga qaydlangan eltuvchi chastota (foydali ma’lumot) va sinxronlash guruhi (siklli sinxronlash va blok-uchastka belgisi) biriktiriladi.
Hammasi bo‘lib to‘rtta signal chastota: f1=1953, f2=2170, f3=2441, f4=2790 Gs va 8-ta sinxroguruh qo‘llaniladi. f1 eltuvchi chastotada SG1 va SG2 sinxroguruhlar, f2 eltuvchi chastotada SG6 va SG7 sinxroguruhlar uzatiladi. SG10 va SG11 sinxroguruhlar faqat f3 chastotada, SG12 va SG13 sinxroguruhlar esa, faqat f4 eltuvchi chastotada uzatiladi. Ikki yo‘lli peregonlarda bitta yo‘l uchun f1 va f3 ikkinchi yo‘l uchun esa, f2 va f4 signal chastotalar ishlatiladi.
Bunda peregonning bitta yo‘lning bir xil eltuvchi chastota va SG ga ega bo‘lgan signallar uchta blok–uchastkadan keyin takrorlanadi. AB-E2 avtoblokirovkada ma’lumot oltita kodli kombinatsiyalar bilan uzatiladi.
Kodli kombinatsiya nomeri bilan qo‘zg‘algan signal relelar orasidagi mosligi 1-jadvalda keltirilgan.
12.1-jadval

Kodli kombinatsiya tartib raqami

Signal relelarning holati

K0


Download 175.52 Kb.
1   2   3




Download 175.52 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



AB-E2 mikroprotsessorli avtoblokirovka tizimi

Download 175.52 Kb.