|
Quvvat kuchaytirgichlari
|
bet | 1/3 | Sana | 04.01.2024 | Hajmi | 107,5 Kb. | | #129876 |
Bog'liq 1403963091 49756
Teskari bog‘lanish va ularning kuchaytirgichlarda qo‘llanilishi. Quvvat kuchaytirgichlari.
Reja:
1. Quvvat kuchaytirgichlari.
2. Bir taktli quvvat kuchaytirgichlari.
3. Ikki taktli quvvat kuchaytirgichlari.
Quvvat kuchaytirgichlari.
Quvvat kuchaytirgich tashqi yuklamaga mo‘ljallangan maksimal quvvatni ta’minlash uchun xizmat qiladi. Quvvat kuchaytirgichlarda ishlatiladigan elektron lampalar va yarim o‘tkazgichlar hisobidan olinadigan kuchlanish siljishi quvvat koeffitsientini o‘zgartiradi. Elektron vakuumli lampa yoki tranzistor A, V, AV teskari bog‘lanish rejimida ishlashi mumkin. Har bir rejim uchun kuchaytirgich ish prinsipini ko‘rib chiqamiz.
A – rejimdagi ish.
Elektron vakuumli lampa pentodning 3 chi elektron turiga tushgan o‘zgaruvchan kuchlanish hamma davrida “anod” zanjiridan tok oqadi. (1-rasm).
A–rejimda elektron lampa pentod to‘riga berilayotgan o‘zgaruvchan kuchlanish, siljishga ta’sir etuvchi kuchlanishdan oshmasligi kerak.
A–rejimda elektron lampaning F.I.K. kichik bo‘ladi, lampaning anodi manbadan ko‘proq quvvat oladi, effektiv quvvati kichik bo‘ladi. A–rejimni asosiy nuqsoni shu ya’ni teskari bog‘lanish kam hosil bo‘ladi.
V – rejimda kuchlanish siljishi kuchayadi. Shu sabali elektron lampaning to‘riga o‘zgaruvchan kuchlanish bersak lampaning anodidan tok oqib o‘tadi. Kuchlanish berilmasa, anod toki nolga teng. Kuchlanishni turlicha berib, kuchlanish amplitudasini oshirish mumkin.
Anod zanjiridagi tebranish amplitudasini oshirish hisobiga effektiv quvvat ortadi. V – rejimda ishlaydigan kuchaytirgichlar F.I.K. 80 foizni tashkil etadi. V-rejim V1 va V2 – rejimlarga bo‘linadi. V1 – rejimda elektron lampaning to‘ri Uks da V2 – rejimda esa lampa to‘ri tok bilan ya’ni Uk>Es shartga asosan ishlaydi.
AV – rejim. Bu rejim A va V rejim oralig‘idagi holat bo‘lib, elektron lampani to‘la quvvat bilan ishlashga olib keladi, katta quvvatli kuchaytirgichlarda qo‘llaniladi.
AV – rejimda elektron lampaning ajratish burchagi Ө=120o÷130o atrofida bo‘ladi. Elektron lampa berk bo‘lganda, ok “nol” bo‘ladi. AV – rejimda ishlaydigan kuchaytirgich F.I.K. 60 foizga tengdir.
Rejimlarga qarab quvvat kuchaytirgichlar bir taktli va ikki taktli elektron chizmalar asosida yig‘iladi.
|
| |