|
Ikki taktli quvvat kuchaytirgichlari
|
bet | 3/3 | Sana | 04.01.2024 | Hajmi | 107,5 Kb. | | #129876 |
Bog'liq 1403963091 497563. Ikki taktli quvvat kuchaytirgichlari.
Ma’lumki teskari bog‘lanish bo‘lmasa kuchaytirgich ham bo‘lmaydi, pog‘ona-pog‘ona qilib, kuchlanish, quvvat va elektromagnit to‘lqinlar kuchaytiriladi. Ko‘proq quvvat olish niyatida bo‘lsak, ikki taktli quvvat kuchaytirgichdan foydalansa bo‘ladi. Bu kuchaytirgichlar A yoki AV rejimda ishlashi kerak.
Ikki taktli quvvat kuchaytirgichlarni chizmasini ko‘rib tahlil qilamiz. Bu chizmada bir xil rusumli ikkita elektron lampa-pentoddan foydalanilgan. Kuchaytirgichdan maksimal quvvat olish uchun har bir elektron lampaga parallel qilib ikkita pentod yoki uchta pentod ulash mumkin. Biz tahlil qiladigan kuchaytirgich ikki pentod lampadan tarkib topgan (3-rasm).
3-rasm. Ikki taktli quvvat kuchaytirgichi.
Kuchaytirgich kirishiga o‘zgaruvchan Ukirish ga signal berilmagan vaqtida pentodlar anodiga va ekran-to‘r zanjiridan o‘zgarmas tok o‘tib turadi. L1 va L2 pentod-lampalar anod toklari Tr2 transformatorning birinchi g‘altagida ulangan. Agar anod toklari bir qiymatga teng deb olingan bo‘lsa, Tr2 ning birinchi g‘altagidagi magnit maydon oqimi Fo=0 bo‘ladi.
Fo=A(Ia1-Ia2)=0
bu yerda: A-proporsiya koeffitsienti; Ia1 va Ia2 – anod toki;
Pentodning boshqaruv to‘riga Tr1 transformatorning ikkinchi g‘altagining uchlari ulangan va RK hosil qilgan siljish kuchlanishi ikkala lampaning to‘riga beriladi.
Quvvat kuchaytirgich A-rejimda ishlaydi. Kirish qismidan o‘zgaruvchan kuchlanishli signal berilsa, pentodning boshqaruv to‘ri va katodlari orasida pulsasiyalanuvchi kuchlanish hosil bo‘lib, tok qiymati sezilarli o‘zgaradi.
Ikki taktli kuchaytirgichni har xil quvvatli elektron vakuumli lampalar asosida yig‘ish mumkin.
Ikki taktli quvvat kuchaytirgichlarning afzalliklari.
Chiziqli bo‘lmagan elektr nuqsonlar deyarli uchramaydi. Tok manbasidan olingan kuchlanish pulsatsiysi holati bo‘lmaydi. Anod zanjirining tokining o‘zgaruvchan tashkil etuvchisi kompensatsiyalanib, kaskadlar nuqsonsiz ishlaydi. Ikki taktli quvvat kuchaytirgichiga elektron elementlar ko‘p sarf bo‘lishi kirish kuchlanishi qiymati simmetrik bo‘lganiligi uchun ayrim nuqsonlar paydo bo‘ladi. Aslida bu holatlar hisobga olmasa ham bo‘ladi.
Adabiyotlar:
Demirchyan K.S. Teoricheskaya elektro texnika. Moskva, 1985 g. «Energiya», 1-2 chast.
Matxanov I.N. Osnovы analiza elektricheskix serey. Moskva, 1985 g., «Energiya».
Fedorov A.A. Elektrosnabjeniya prom.predpriyatiya. Moskva, 1976 g. «Energiya».
Venikov V.A. Matematicheskie zadachi energetiki. Moskva, «Vыsshaya shkola», 1980 g.
|
| |