43-variant Mavzu: Ekotizimga ta’sir etuvchi omillar. Ekologik omillar va ekotizimlar Bajardi




Download 25,76 Kb.
bet2/2
Sana17.05.2024
Hajmi25,76 Kb.
#239811
1   2
Bog'liq
Bahora ekologiya

Ekologik omillar — atrof muhitning organizmlar faoliyatiga oʻziga xos taʼsir etuvchi maʼlum sharoitlari va elementlari majmui. Ekologik omillar 2 katta guruh — abiotik va biotik omillarga boʻlinadi. Ekologiyada „cheklovchi omillar“ tushunchasi ham mavjud, ular tarkibiga organizmlar mavjudligi va rivojlanishini cheklovchi har qanday omilni kiritish mumkin.
Tirik organizmlarga taʼsir etuvchi muhitning har qanday boʻlaklari ekologik omillar deyiladi.
Muhit — quruqlik, suv, havo va yer osti qismlaridan iborat. Tashqi muhit tushunchasidan tashqari yashash sharoitlari degan tushuncha ham mavjud boʻlib, bu tushunchaga organizmning yashashi uchun zarur boʻlgan elementlar yoki omillardan yorugʻlik, issiqlik, suv, oziqlanish va shu kabilar kiradi. 1933-yilda D.N.Kashkarov muhit omillarini 3 guruh (iqlim, edafik va biotik)ga boʻladi. Keyinchalik 1950-yilda Alyoxin ekologik omillarni iqlim, edafik, orografik, biotik, antropogen va tarixiy guruhlarga ajratib oʻrganishni taklif qiladi.
Ekologik omillar 3 ta asosiy guruhga boʻlinadi:
1. Abiotik omillar — anorganik tabiat sharoitining yoki oʻlik tabiatning yigʻindisi. Bularga harorat, yorugʻlik, namlik, suv, tuproq, relyef kiradi.
2. Biotik omillar: Bunga tirik tabiat elementlari (tirik organizmlarning bir-biriga va yashash muhitiga taʼsiri) kiradi. Biotik omillar fitogen va zoogen omillarga boʻlinadi. Fitogen omillar deganda yuksak va tuban oʻsimliklarning organizmga taʼsiri eʼtiborga olinsa, zoogen omillar deganda esa organizmga barcha hayvonlarning taʼsiri nazarda tutiladi.
3. Antropogen omillar — bu inson faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan omillar, yaʼni odamlarning oʻsimlik va hayvon turlari yoki ular guruhlarining tuzilishiga koʻrsatgan taʼsiridir. Tirik organizmlarga juda koʻp omillar taʼsir koʻrsatadi.
Ana shu omillarning ayrim organizmlarga koʻrsatgan taʼsiri natijasi esa xilma-xildir. Omilning organizm hayoti uchun eng qulay darajasi — optimal daraja deyiladi. Har qanday ekologik omillarning eng yuqori darajasi maksimum va eng quyi darajasi minimum boʻladi. Tabiiyki, har bir tirik organizm uchun u yoki bu ekologik omilning oʻz maksimumi, minimumi va optimumi boʻladi. Chunonchi, uy pashshasi 7° dan 0° gacha yashashi mumkin. Ular uchun yashashning optimum darajasi 36—40° ni tashkil etadi. Shuni ham taʼkidlash zarurki, ekologik omillar organizmlarga kompleks taʼsir etgandagina ular yuqori natija beradi.

XULOSA.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, atmosfera bilan bog’liq muammolar kecha yoki bugun paydo bo’lib qolgani yo’q. Shu sababli bu muammolarga yechim topishda tarixiy tajribaning o’rni ham beqiyos. Ko’plab shaharlarning vujudga kelishida sanoat korxonalarining roli katta. Shuning uchun ham shaharlarning ekologik xolatini yaxshilash mavzusi dolzarbligicha qoladi. Bunday muammolardan hech bir shahar yakka o’zi yechim topib chiqib keta olmaydi. Sanoat korxonalari ta'sirida atrof-muhit kuchli ifloslanayotgan aholi punktlarida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlardan muhofaza zonalari va o'rmon zonalarini joriy etish maqsadga muvofiqdir. Ushbu taklif qilingan chora-tadbirlar shaharlarda yashil hududlarni kengaytirish imkonini beradi . Shuni inobatga olgan holda avvalo, yurtimiz shaharlarida komleks ishlarni amalga oshirish zarur va bu holatda rivojlangan mamlakatlarning tajribalaridan foydalanish qo’l keladi. Tarixan mavjud bo’lgan muammolarni jahon tajribasidan foydalangan holda hal etishga kirishilsa, say harakatlar kutilgan natijani beradi. Globallashuv davrida muammolar ham globallashib bormoqda, bu esa insoniyatdan tezroq zarur choralarni korishni talab etmoqda.


Sanoat korxonalaridan atmosferaga tashlanmalarni kamaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan maxsus dastur qabul qilingan. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi tomonidan dastur foirasida 2023-yilga belgilangan 145 ta sanoat korxonalarida 723 ta chang-gazlarni tutib qolish uskunalarini taʼmirlash va yangilariga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, atrof-muhitga xavf darajasi yuqori va oʻrta boʻlgan yangi tashkil etilayotgan korxona va tashkilotlarga samaradorlik darajasi 99,5 foizdan kam boʻlmagan chang-gazlarni tutib qolish uskunalari oʻrnatilmoqda.


Bundan tashqari, atmosfera havosiga avtotransportlardan tashlanayotgan tashlamalar miqdorini kamaytirish maqsadida har yili ikki bosqichda “Toza havo” oyligi o’tkazilmoqda. Oylik doirasida nosoz, atmosferaga me’yoridan ortiq zararli tashlamalar chiqarayotgan texnika vositalari aniqlanib, kerakli choralar ko‘rilmoqda.


Xususan, 2022-yilda mazkur oylik davomida 295 mingta transport vositasi tekshirilgan boʻlsa, joriy yilda 300 mingta transport vositasi nazoratdan oʻtkazildi.


Ekologiya vazirligi tomonidan atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish maqsadida qator chora-tadbirlar rejalashtirilgan. Jumladan, 2023–2025-yillarda 450 ta yirik sanoat korxonalaridagi 2200 ga yaqin chang-gaz tozalash uskunalari samaradorligi oshirish, yangi ishga tushirilayotgan sanoat obyektlariga samaradorligi 99,5 foizdan kam boʻlmagan chang-gaz tozalash uskunalari oʻrnatish va boshqa kerakli choralar amalga oshiriladi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:


1. 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning rivojlantirish
taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28
yanvardagi Prezident Farmoni.
2. Аҳмадалиев Ю. И. Ер ресурсларидан фойдаланиш геоэкологияси //Т: Fan
va texnologiya. – 2014. – Т. 340.
3. Аҳмадалиев Ю. И., Абдуғаниев О. И. The value of geoecological principles in
the system of protected natural territories //Узбекистон ва Россияда география
фани: умумий муаммолар, ҳамкорлик салоҳияти ва истиқболи. – 2019. – С. 48-50.
4. Ахмадалиев Ю. И. НЕОБХОДИМОСТЬ ПРОБЛЕМНОГО ПОДХОДА К
ИССЛЕДОВАНИЮ ЗЕМЕЛЬНЫХ РЕСУРСОВ РЕГИОНА //Актуальные вопросы
современной науки. – 2015. – №. 3. – С. 24-28.
5. Ahmadaliyev Y. I. et al. Changes in the Natural Composition of the Land Fund
and Its Protection (on the Example of Khojaabad District) //Academicia Globe:
Inderscience Research. – 2021. – Т. 2. – №. 04. – С. 165-168.
6. Ahmadaliyev Y. I. et al. Geoecological and Farm Stress Level (on the Example of
Khojaabad District) //Academicia Globe: Inderscience Research. – 2021. – Т. 2. – №.
04. – С. 169-174.
7. Ахмадалиев Ю. И. Этноэкологическая культура населения Ферганской
долины в конце ХIХ и начале ХХ века //Социально-экономическая география.
Вестник Ассоциации российских географов-обществоведов. – 2015. – №. 4. – С.
181-187.
8. Аҳмадалиев Ю.И., Комилова Н.Ў. Этноэкологик маданиятнинг ҳудудий
жиҳатлари. – 2020.
Download 25,76 Kb.
1   2




Download 25,76 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



43-variant Mavzu: Ekotizimga ta’sir etuvchi omillar. Ekologik omillar va ekotizimlar Bajardi

Download 25,76 Kb.