|
Ер участкасига эгалик қилиш ва ундан доимий фойдаланиш ҳуқуқининг бошқа шахсга ўтиши қандай амалга оширилади?
|
bet | 3/4 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 22,81 Kb. | | #118120 |
Bog'liq 45 DAN 51 GACHA JAVOBLAR48. Ер участкасига эгалик қилиш ва ундан доимий фойдаланиш ҳуқуқининг бошқа шахсга ўтиши қандай амалга оширилади?
Yer uchastkasiga egalik qilish va undan doimiy foydalanish huquqining boshqa shaxsga o‘tishi
Korxona, bino, inshoot yoki boshqa ko‘chmas mol-mulkka nisbatan mulk huquqi, xo‘jalik yuritish huquqi yoki ularni operativ boshqarish huquqi boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda, ana shu ob’ektlar bilan birgalikda mazkur ob’ektlar joylashgan hamda ulardan foydalanish uchun zarur bo‘lganer uchastkasiga egalik qilish va undan doimiy foydalanish huquqi ham o‘tadi.
Uy-joyga, chorbog‘ga bo‘lgan mulk huquqi (sotib olish, hadya yoki meros bo‘yicha olish va boshqa hollarda) jismoniy shaxsga o‘tgan taqdirda, ana shu imoratlarga mulk huquqi bilan birgalikda mazkur imoratlar joylashgan barcha yer uchastkasiga egalik qilish va undan foydalanish huquqlari ham o‘tadi.
Korxona, bino, inshoot yoki boshqa ko‘chmas mol-mulk joylashgan yer uchastkasiga egalik qilish va undan doimiy foydalanish huquqining boshqa shaxsga o‘tishi mulkdorlarning yoki ular vakolat bergan organlar hamda shaxslarning tegishincha shartnomalari, qarorlari asosida tuman, shaharer-kadastr daftarigaerning yangi egasi yokierdan yangi foydalanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish va ularga yer uchastkasiga doimiy egalik qilish, undan doimiy foydalanish yoki yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini beruvchi davlat hujjatlarini topshirish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi.
Korxonaning, binoning, inshootning yoki boshqa ko‘chmas mol-mulkning bir qismiga nisbatan mulk huquqi, xo‘jalik yuritish huquqi, ularni operativ boshqarish huquqi yangi mulkdorga yoki boshqa ashyoviy huquqlarning egasiga o‘tgan taqdirda, unga yer uchastkasining korxonaning, binoning, inshootning yoki boshqa ko‘chmas mol-mulkning ulushiga mutanosib bo‘lgan qismiga egalik qilish va undan doimiy foydalanish huquqi ham o‘tadi, yer uchastkasini bunday ajratish mumkin bo‘lmagan hollarda, shuningdek ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan masalalar yuzasidan nizolashilgan hollarda yer uchastkasining bo‘linishi davlat kadastri va yer tuzish xizmati organlari tomonidan amalga oshirilib, tuman, shahar hokimining qarori bilan tasdiqlanadi va shundan keyin yer uchastkasiga egalik qilish va undan doimiy foydalanish huquqi davlat ro‘yxatiga olinib, tegishli davlat hujjatlari beriladi.
49. Ер участкасини сақлаш вазифаларига нималар киради?
Egalik qilishga, foydalanishga, ijaraga berilgan yoki boshqa asoslarga binoan olingan yer uchastkasini saqlash vazifasi qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi majburiyatlar bilan ta’minlanishi mumkin:
yer uchastkasini sotish yoki o‘zgacha tarzda boshqalarga o‘tkazishni taqiqlash;
yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga va yordamchi pudratga, ushbu Kodeks 51-moddasining o‘ninchi qismida nazarda tutilgan holatda esa, ijaraga berishni taqiqlash;
yer uchastkasidan asosiy foydalanish maqsadini o‘zgartirishni taqiqlash;
faoliyatning ayrim turlarini taqiqlash;
belgilangan tartibda kelishuvsiz ko‘chmas mol-mulkning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni, imorat, bino, inshootni rekonstruksiya qilish yoki buzishni taqiqlash;
yer unumdorligini saqlash va oshirish, irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini soz holatda saqlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
yer uchastkasida qurilish qilishni yoki uni o‘zlashtirishni belgilangan muddatlar mobaynida boshlash va tugallash;
tabiatni muhofaza qilish talablariga rioya qilish yoki muayyan ishlarni bajarish, shu jumladan yer uchastkasidagi tuproq qatlamini, noyob o‘simliklarni, davlat tabiat yodgorliklarini, shuningdek moddiy madaniy meros obyektlarini asrash.
Yer uchastkasini saqlash vazifasi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlar, cheklashlar yoki shartlar bilan ham ta’minlanishi mumkin.
Yer uchastkasini saqlash vazifasi shartlari uning huquqiy maqomiga kiritilib, davlat ro‘yxatiga olinishi lozim va u yer uchastkasi boshqa shaxsga o‘tganida saqlab qolinadi.
Yer uchastkasini saqlash vazifasining tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
|
| |