|
45-son 4–to’plam iyun 2023 Sahifa: 121 fizika fanining o'qitish prinsiplariBog'liq 121-124www.pedagoglar.uz
45-son 4–to’plam iyun 2023
Sahifa: 122
normalar tarzida bo’ladi. O'qitish prinsiplari o'qitishning asosiy qonuniyatlaridan
kelib chiqadi. O'qitishning qonuniyatlari - bilim berishdagi hodisalar o'rtasidagi
zaruriy va obyektiv, ma’noli va takrorlanuvchi bog’lanishlardir. Ular, asosan, o'qitish
jarayonining asosiy elementlari orasidagi bog'lanishlarni ifodalaydi: o'qitish jarayoni
va jamiyat talabi, o'qitishning maqsadi va mazmuni. o'qitish texnologiyasi va uning
elementlari, o'qitish metodi va vositasi, o'qitishning tashkiliy shakllari va shartlari,
o'qitish natijasi hamda uni tekshirish va boshqalar. O'qitishning qonuniyatlari
quyidagilardan iborat:
1.
O'qitish jarayoni jamiyatning hamda har bir o'quvchi va talabaning
talabiga mos kelishi kerak.
2.
O'qitish jarayoni bilim berish, tarbiyalash hamda rivojlantirish
funksiyalarini bajarishi kerak.
3.
O'qitish jarayoni o'quvchi va talabalarning haqiqiy o'quv imkoniyatlariga
mos kelishi kerak.
4.
O'qitish jarayoni unga ta'sir qiluvchi tashqi shartlariga bog'liqdir:
-
O‘qitish va o'quv jarayoni birgalikda pedagogik qonuniyatiarga bo'ysunib,u
bir-biri bilan mustahkam bog’lanishda boladi.
-
O'qitishning mazmuni o'qitishning maqsadiga bevosita bog'liq bo‘lib, u o'z
navbatida, jamiyatning talabi, ilin-fannlarning rivojlanishi, o'quvchilarning
imkoniyatlari hamda tashqi shartlar asosida aniqlanadi.
-
O'qitish metodlari hamda vositalari o'qitishning maqsadiga va mazmuniga
bog'liqdir.
-
O'qitishni tashkil qilish shakllari o'qitishning maqsadi, mazmuni hamda
metodlariga bog'liqdir.
-
O'qitish jaravonining barcha komponentlari orasidagi to'g'ri bog'lanish va
tuzilgan qulay shart-sharoit uning ijobiy natijasini ta'minlaydi.
-
O'qitish,
talabaning
psixologik
xususiyatlariga,
shaxsiy
qulayligiga,
kelajakdagi rivojlanish darajasiga mos holda olib borilishi kerak.
|
| |