5 – LABORATORIYA ISHI
Maxsus dasturiy vositalardan foydalanish
Matlab-Simulink dasturiy paketi vositasida asinxron elektr motorini modellash
Ishni bajarishdan maqsad
Matlab dasturi yordamida motor va generator rejimlarida
ishlaydigan asinxron elektr
motorini modellashni o’rganish.
1. Matlab
-Simulink dasturi yordamida modelashtirishni metodikasi bilan tanishish.
2. Modelni kiritish rejimini o’rganish.
3. Asinxron motorni to’g’ridan to’g’ri ishga tushirish va keyin unga yuklama berishni
taqikotlash.
4. Matlab dasturini boshqa imkoniyatlarini mustaqil o’rganish.
Ishga oid nazariy tushunchalar
Simulink — dinamik
sistemalarni modellashtirish, imitatsiya va tahlil qilish uchun interaktiv
vositadir. U grafik blok-diagrammalarni qurish dinamik tizimlarni imitatsiya qilish, tizimlarning
ishlashini tekshirish va loyihalarni mukammallashtirish imkoniyatlarini beradi. Simulink
MATLAB bilan to’la integrallashgan.
Asinxron motor (Asynchronous Machine)
Piktogrammasi:
Vazifasi:
Motor va generator rejimlarida ishlaydigan asinxron elektr motorini modellaydi. Motorning
ishlash rejimi elektromagnit momentning ishorasiga asosan aniqlanadi.
Modelning A, B va S portlari mashina stator cho’lg’amining chiqishlari, a,
b va s portlari esa
rotor cho’lg’amining chiqishlari bo’lib hisoblanadi. Modelning Tm porti harakatlanishga qarshilik
momentini boshqarish uchun xizmat qiladi. Modelning m chiqish portida 21 elementdan iborat
vektor signal shakllanadi. Ular quyidagilar: harakatlanmaydigan va aylanuvchi koordinatalar
sistemalarida
rotor va statorning toklari, magnit oqimlari va kuchlanishlari,
elektromagnit
moment, valning aylanish tezligi va uning burchak xolati. Vektordan o’zgaruvchilarni ajratib
olishni qulaylashtirish uchun SimPowerSystems kutubxonasida MachinesMeasurement Demux
bloki mavjud. Asinxron motorning modeli elektr va mexanik qismlardan iborat.
Elektr qismi
to’rtinchi tartibli va mexanik qismi ikkinchi tartibli xolatlar fazosining modelidan iborat. Hamma
elektr o’zgaruvchilar va motorning parametrlari motorning stator tomoniga keltirilgan. Motor
elektr qismining boshlang’ich tenglamalari ikki fazali (dq-o’qlar) koordinatalar sistemasi uchun
yozilgan. Motorning almashtirish sxemasi 1-rasmda keltirilgan.