|
5 -laborotoriya mashg’uloti. Ad Hoc simsiz tarmoqlar. “Ulanish nuqta” infratuzilmasini tadqiq qilish Ishning maqsadi
|
bet | 1/4 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 0,99 Mb. | | #240876 |
Bog'liq 5-laboratoriya ishi
№5 -Laborotoriya mashg’uloti. Ad Hoc simsiz tarmoqlar.
“Ulanish nuqta” infratuzilmasini tadqiq qilish
Ishning maqsadi
Simsiz lokal tarmoqlarni qurish va tashkil etshning umumiy prinsiplarini o‘rganish.
Topshiriq
1. Simsiz lokal tarmoqlarni qurishning umumiy prinsiplari bilan tanishish.
2. Simsiz lokal tarmoqlarning asosiy standartlarini o‘rganish.
3. Ajratilgan chastotalar resurslaridan takroran foydalanish prinsipini o‘rganish.
4. Hisobot tuzish.
Qisqacha nazariy ma’lumotlar
Wi-Fi - bu inglizcha simsiz ishonchlilik Wireless Fidelity so‘zining (Simsiz ishonchlilik) qisqartmasi bo‘lib, IEEE 802.11x (802.11a, 802.11b, 802.11g, 802.11n va boshqalar) ma’lumotlarni simsiz uzatish uchun protokollar oilasi hisoblanadi. IEEE 802.x lokal tarmoq standartlarining ajralmas qismi bo‘lgan 802.11x simsiz tarmoq standarti etti darajali OSI (Open System Interconnection) modelining faqat lokal tarmoqlarning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiradigan pastki darajalari - jismoniy va kanal darajalarini qamrab oladi. Simsiz tarmoqlar kabelli tarmoqlardan OSI o‘zaro ta’sir modelining fizik (PHY) va qisman kanal darajasida (MAC) farqlanadi.
IEEE 802.11x standartining fizik darajasi bu radiokanal hisoblanadi. Bu daraja ma’lumotlarni uzatishg fizik muhitining parametrlarini tavsiflaydi. IEEE 802.11x standarti to‘g‘ridan-to‘g‘ri ketma-ketlik (DSSS - Direct Sequence Spread Spectrum) va chastotaviy sakrash (FHSS - Frequency Hopping Spread Spectrum) usullardan birida ma’lumotlarni tashiydigan signalni uzatishni ta’minlaydi. Bu usullar modulyasiyalash usullari bilan farq qiladi, ammo bir xil spektrni kengaytirish texnologiyasidan foydalanadi.
Kanal darajasi uzatish muhitiga ulanishni boshqaradi va simsiz tarmoqning istalgan ikkita qurilmalari orasida kadrlarning qayta uzatishni ta’minlaydi. Kanal darajasi ikkita kichik darajalar - MAC – ma’lumotlarni uzatish muhitiga ulanish va LCC - mantiqiy kanallarni boshqarish kichik darajalarga bo‘linadi.
Bu standartlarning MAC kichik darajasi biroz farqlanaadi. Farqlar shundan iboratki, Wi-Fi ma’lumotlarni uzatishning yarim dupleks rejimidan foydalanadi, Ethernet arxitekturasiga ega kabelli tarmoqlarda dupleks rejim ishlatiladi. Wireless LAN (WLAN) tashuvchi nazorat qilinadigan va kolliziyalar yoki to‘qnashuvlardan ogohlantiriladigan ko‘p tomonlama ulanish usullari (CSMA/CA - Carrier Sense Multiple Access/Collision Avoidance) hisoblanadi. Ethernet arxitekturasiga ega Ethernet lokal hisoblash tarmoqlarida tashuvchi nazorat qilinadigan va kolliziyalar aniqlanadigan ulanish (CSMA/CD - Carrier Sense Multiple Access/Collision Detect) usuli ishlatiladi.
Muhitga ulanish amalga oshirilgandan so‘ng, undan LCC kichik daraja foydalanishi mumkin. Ma’lumotlar kadrlarini uzatishni tashkil etadigan LCC kichik darajasi simsiz Wi-F itarmoqlarida va Ethernet arxitekturasiga ega kabel tarmoqlarida bir xil bo‘ladi.
Wi-Fi tarmoqlari 2,4 Gigagers yoki 5 Gigagers chastotalarda ishlaydi. 802.11a standartida 5 gigagers chastota ishlatiladi. 802.11b va 802.11g standartlarida (802.11b bilan moslashuvchan) 2,4 Gigagers chastota ishlatiladi. 802.11n standartida (802.11a,b,g bilan moslashuvchan) 2,4 yoki 5 Gigagers chastota ishlatiladi. To‘g‘ri ko‘rinish chegaralarida simsiz aloqa ulanish nuqtasidan 300 metrlar radiusda ta’minlanadi. YOpiq binolarda simsiz aloqa 50 metrlar masofalarda taqdim ta’minlanadi.
802.11b,g,n standartlarida 2,4 Gigagers chastotada ishlaydigan simsiz tarmoqlar uchun 83 MGs kenglikdagi diapazoni 14-kanaldan tashqari, qo‘shni kanallar markaziy chastotalari orasidagi 5 MGsga oraliq bilan (2,412 GGsdagi 1-simsiz kanaldan 2.484 GGsdagi 14-simsiz kanalgacha) 14 ta kanallarga bo‘lingan.
802.11b standartini qo‘llaydigan Wireless qurilmalar uchun ma’lumotlarni uzatish tezligi 11 Mbit/sdan oshmaydi, 802.11g standartini qo‘llaydigan qurilmalar uchun 54 Mbit/sgachani tashkil etadi. 802.11n standarti 600 Mbit/sgacha ma’lumotlarni uzatish tezligi imkoniyatiga ega. 802.11a uchun ma’lumotlar uzatish tezligi 54 Mbit/sni tashkil qiladi.
Wi-Fi tarmog‘ining xavfsizligiga alohida e’tibor berish kerak, chunki Wi-Fi tarmoqlari ruxsat etilmagan ulanish uchun yuqori xavf manbai hisoblanadi. Wi-Fi tarmoqlarida ruxsat etilmagan ulanishdan himoya qilishning murakkab usullaridan foydalaniladi.
802.11x standartida ishlash uchun ikkita turdagi asosiy qurilmalar - Access Point lanish nuqtasi va Wi-Fi-adapterlar bilan jihozlangan turli xil qurilmalarga kiradigan mijozlar ishlatiladi. Access Point simsiz tarmoq konsentratori (WLAN simsiz tarmoq mijozlari uchun) rolini bajaradigan qabul qilgich/uzatkich, LAN yoki WAN kabelli tarmoqqa ulanish uchun tarmoq adapteri (simli tarmoq interfeysi) va ma’lumotlarga ishlov berish uchun mikrokontrollerdan iborat bo‘lgan dasturiy va apparatlar qurilmasi hisoblanadi.
SHunday qilib, Wi-Fi bir tomondan, standartlar oilasi, boshqa tomondan, Wi-Fi-simsiz adapterlarga ega bo‘lgan qurilmalarni lokal/korporativ tarmoqqa yoki Internetga ulash imkoniyatini ta’minlaydigan radiokanal orqali ma’lumotlarni uzatish simsiz texnologiyasi hisoblanadi.
Wi-Fi texnologiyasini quyidagilar uchun qo‘llanishi mumkin:
- simsiz lokal tarmoqlarni (WLAN) tashkil etish;
- tarmoqlar imkoniyatlarini kengaytirish;
- Internetga ulanishni tashkil etish.
|
| |