|
Plezioxron raqamli ierarxiya (PDH)
|
bet | 2/5 | Sana | 02.01.2024 | Hajmi | 209,25 Kb. | | #129548 |
Bog'liq 5-Ma\'ruza OAT PDHPlezioxron raqamli ierarxiya (PDH)
RUT ierarxiyasining turlari
PRI ning birinchi standarti 1544 (yoki DS1)-6 312(yoki DS2)-44 736 (yoki DS3) -274 176 (yoki DS4) kbit/c (yaxlitlagan holda: 1,5-6-45-274 Mbit/s) tezliklarning ierarxik ketma-ketligini o'z ichiga oladi.
PRIning ikkinchi standarti 1544 kbit/s tezlikka ega bo'lib, u 1 544 (yoki DS1)-6 312 (yokiDS2)-32 064 (yoki DSJ3)-97 728 (yoki DSJ4) kbit/s ketma-ketligini (1,5-6-32-98 Mbit/s taqribiy kattaliklar qatorini) tashkil qiladi.
PRIning uchinchi standarti 2048kbit/s tezlikka ega bo'lib, u 2 048 (yoki E1: birlamchi raqamli kanal-oqim)-8448 (yoki E2: ikkilamchi raqamli kanal-oqim)-34368 (yoki E3: uchlamchi raqamli kanal-oqim)-139264 (yoki E4: to'rtlamchi raqamli kanal-oqim)-564992 (yoki E5: beshlamchi raqamli kanal-oqim) kbit/s ketma-ketligini yoki 2-8-34-140-565 Mbit/s taqribiy ketma-ketligini hosil qiladi, bu n=30, m=I=k=4ga teng multipleksirlash koeffitsientlariga to'g'ri keladi.
PRIning Shimoliy Amerika (ShAS), Yaponiya (YaS) va Evropa (ES) standartlaridagi multipleksirlash (-) va kross-multipleksirlash (---) sxemasi
Xalqaro, shaharlararo va mahalliy tarmoqlarda qo'llaniladigan raqamli uzatish tizimlari
IKM-30 raqamli uzatish tizimi Umumdavlat birlamchi tarmoqlarda XTI (xalqaro telekommunikasiya ittifoqi) taklifiga javob beruvchi, Evropa ierarxiyasining birlamchi pag'ona tizimlari uchun 30 ta kanalga mo'ljallangan birlamchi RUT lari qo'llaniladi. IKM-30 raqamli uzatish tizimi. Bunday uzatish tizimi shahar, shahar atrofi ATSlari, AMTS va ATSlar orasida, 0,5; 0,6; 0,7 mm diametrli simga ega bo'lgan polietilen izolyasiyali (TPP turidagi) yoki qog'ozli past chastotali juftliklar (T turidagi) orqali 30 ta tovush chastotali kanalni tashkil qilgan holda ulovchi liniyalar majmuasini olish uchun hizmat qiladi. Shuningdek IKM-30 ancha yuqori tartibli raqamli uzatish tizimlari uchun kanal hosil qiluvchi uskuna sifatida ham qo'llaniladi.
Kanallar soni - 30 Siklning ta'qib chastotasi - 8 kHz Chiqish oqimlarining uzatish tezligi - 2048 (1 3*10-5) kbit/s Liniya signalining kod turi - QNNO'I Siklli sinxronizmning o'rtacha tiklanish vaqti - 2 ms Kabel turi - TPP (KSPP) Regeneratsiyalash uchastkasining uzunligi - 2.7 (3.8) km MT seksiyasining maksimal uzunligi - 43 (110) km Aloqaning maksimal uzunligi - 85 (440) km XTQRPlari orasidagi XTqRP lar soni - 20 (28) ta
IKM-30 uzatish tizimi yordamida tashkil qilingan aloqa sxemasi
IKM 30-4 raqamli uzatish tizimining vaqt bo'yicha spektri
|
| |