|
Plezioxron raqamli ierarxiyaning kamchiliklari
|
bet | 4/5 | Sana | 02.01.2024 | Hajmi | 209,25 Kb. | | #129548 |
Bog'liq 5-Ma\'ruza OAT PDH Plezioxron raqamli ierarxiyaning kamchiliklari - plezioxron raqamli ierarxiya tizimlarining uzatish tezliklari 2048, 8448, 34368, 139264 kbit/s ga teng; - birinchi va boshqa sathdagi raqamli oqimlarni birlashtirishda tezliklarni sozlash uchun qo'shimcha bitlar qo'llaniladi. -PDH tizimlarida yuqori tezlikli raqamli oqimdan past tezlikli raqamli oqimni to'g'ridan-to'g'ri ajratib olish imkoni yo'q.
- raqamli kommutatsiya uchun kerakli bo'lgan sinxronizasiya birinchi satxdagi signallardagina bajariladi, yuqori satxdagi raqamli signallar sinxron emas;
- PDH tizimlari turli tipdagi kabellar, asosan mis o'tkazgichli kabellarni qo'llash uchun mo'ljallangan.
- tizimda ko'pgina o'zgartirishlar (bloklarni o'zgartirishlar yoki yoqib ulashlar) qo'l yordamida amalga oshiriladi; - boshqaruv va nazorat qilish qiyin, buning uchun qo'shimcha boshqaruv tarmog'i va tizimni tashkil qilish kerak; - PDHning yana bir asosiy kamchiligi, tarmoqni avtomatik nazorat qilish va boshqaruvning deyarli yo'qligi.
PDH asosidagi sxemada 140 Mbit/s tezlikli raqamli oqimdan 2 Mbit/s tezlikli raqamli oqimni ajratish usuli
PDH da sinxronizasiya va boshqarish muammolari Kanallarni vaqtli ajratish va IKMli multipleksorlashga asoslangan, analogdan raqamliga o'tish bilan bog'liq bo'lgan telekommunikasiyaning yangi texnologiyalari oxirgi yillarda zudlik bilan rivojlana bormoqda. Agar kirishdagi signal sifatida uzatish tezligi 64 kbit/s ga teng bo'lgan DSO asosiy raqamli kanallar (ARK)dan foydalanilsa, unda bitta multipleksor yordamida amalda nx64 kbit/s li tezlikga ega bo'lgan oqimlarni shakllantirish mumkin. Uchta ierarxiyani bir vaqtda parallel rivojlanishi dunyoda global telekommunikasiyani rivojlanishini amalga oshira olmadi. Bundan tashqari, raqamli oqimlarning tezligini tenglashtirish uchun qo'shimcha bitlardan foydalanishga to'g'ri keldi. Yana bir murakkab tomoni PDH tizimlari o'zlarining qator kamchiliklari bilan hozirgi zamon talabiga javob bera oladigan tarmoqlar yaratishga imkon bermaydi. Shu sababli sinxron raqamli ierarxiyaga o'tish ushbu muammolarni echishda katta ahamiyat kasb etadi.
|
| |