5- mavzu. Maxsulotlarning sifat va xavfsizlik talablariga muvofiqligini ma’lum qilish tartibi




Download 17.4 Kb.
Sana13.10.2023
Hajmi17.4 Kb.
#87696
Bog'liq
5-amaliy
3-Ma\'ruza, O`QUV QO`LLANMA ZAMONAVIY LOGISTIK TEXNOLOGIYALAR, Zamonaviy logistik texnologiyalar, KEYS, Ташқи тақриз Элмуратов Р, 3-Laboratoriya, Index, Гурух мураббийлиги30,06,21, REG1-51, Uslubiy qo\'llanma TVTvaN kurs ishiga 2015, \'\'Navoiy\'\' va \'\'Bobur\'\'ga tadbir, инф письмо рус ва узбек тилида, ИНваДА (амалий иши), Elementlarning kashf qilinishi, Umumiy va anorganik kimyodan laboratoriya mashg`ulotlari

5- mavzu. Maxsulotlarning sifat va xavfsizlik talablariga muvofiqligini ma’lum qilish tartibi.
Mahsulot sifatini tekshirish ishlarini tashkil etish Ishlab chiqarishda mahsulot sifatini nazorat qiluvchi tizim mavjud. Unda ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lgan xodimlardan tashqari davlat va jamoatchilik tashkilotlari qatnashadilar. Mahsulotlar sifatini baholashda GOST, TSH texnologik ko'rsatmalari kabi normativ-texnik hujjatlar, texnologik reglamentlar va retsepturalar to'plami qo'llaniladi.
Mahsulot sifatini normallashtirishda, rejalashtirishda davlat standartlashtirish tizimi muhim rol o'ynaydi. Standartlar - ishlab chiqarishda olinadigan ko'rsatkichlarni o'zida belgilangan talablar bilan taqqoslash uchun etalon xizmatini o'taydigan normativlardir. Standartlar mahsulotlar sifatini boshqarish davlat tizimining eng muhim elementi bo'lib, mahsulotning sifat ko'rsatkichlari, o'lchash, tamg'alash, qadoqlash, o'rash, tashish, saqlashning usullari va vositalari yig'indisidir.
Davlat standarti O'zRST ommaviy va yirik seriyali mahsulotlarga, davlat va eksport attestatsiyasidan o'tgan mahsulotlarga beriladi. Hozirda mamlakatda 16000 dan ortiq standartlarga amal qilinmoqda. Sanoatning qator tarmoqlarida 80-90 % mahsulotlar davlat standartlari bo'yicha chiqarilmoqda. Har yili tasdiqlangan davlat standartlarini joriy etishda 2,5 milliard so'mdan ortiq iqtisodiy samara olinadi.
Tarmoq standartlari mahsulotiarning davlat standartlashtirish. obyektlari jumlasiga kirmaydigan (masalan, seriyali va kichik 60 seriyali ish lab chiqarish mahsulotlariga, cheklangan ravishda ishlatiladigan mahsulotlarga) tipiga, turiga va markalariga nisbatan ham qo'lIaniladi. Bunda tarmoq standartlari faqat mazkur tarmoqning barcha korxona va tashkilotlari uchungina emas, balki bu tarmoq mahsulotini qo'llaydigan yoki iste'mol qiladigan boshqa tarmoq (shartnoma tuzuvchilar, iste'molchilar) korxona va tashkilotlari uchun ham majburiydir. Respublika standartlari respublika vazirliklari korxonalari ishlab chiqararligan va respublika miqyosida istp'mol qilinadigan mahsulotlarning o'ziga xos turlariga taalluqlidir.
Korxonalar standartlari faqat shu korxonalarda foydalaniladigan va ishlab chiqariladigan xomashyoning assortimentiga qarab belgilanadi. Yangi standartlarni tasdiqlashda tayyorlovchining bugungi imkoniyatlari bilan iste'molchilarning talablari o'rtasidagi ziddiyatni yo'qotishga ahamiyat beriladi.
Hozirgi vaqtda standartlarni joriy etish, ularga rioya qilish va mahsulotlar sifatining davlat tomonidan nazorat qilinishini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini (BAT) yaratish bo'- yicha ish olib borilmoqda. Bu davlat nazorati laboratoriyalarining dispetcherlik markazlarini. O'zdavstandart vakillarining respublika boshqaruv hisoblash markazlarini va qo'mitaning bosh axborot hisoblash markazlarini o'z ichiga oluvchi uch bosqichli tizimdir.
Mahsulotning sifat darajasini oshirishni rejalashtirish mahsulotni uchta sifat kategoriyasidan (oliy, birinchi va ikkinchi) biriga kiritish orqali unga baho berish (attestatsiya qilish) yo'li bilan am alga oshiriladi. Sanoat mahsuloti sifatini baholashning yagona tizimi (SMSBYT) davlat, tarmoq va korxona attestatsiyasini birlashtiradi.
Download 17.4 Kb.




Download 17.4 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



5- mavzu. Maxsulotlarning sifat va xavfsizlik talablariga muvofiqligini ma’lum qilish tartibi

Download 17.4 Kb.