• Birinchisiga
  • 5 -mavzu tadqiqot metodi va metodologiyasi. Empirik tadqiqot va eksperimental tadqiqotlar usullari sharti (2s)




    Download 52.32 Kb.
    bet1/9
    Sana08.04.2024
    Hajmi52.32 Kb.
    #191018
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    5 мавзуTadqiqot metodi va metodologiyasi Empirik tadqiqot va eksperimental


    5 -MAVZU

    Tadqiqot metodi va metodologiyasi.Empirik tadqiqot va eksperimental tadqiqotlar usullari sharti (2s)
    1. Usul (metod) tushunchasi. Ilmiy tadqiqot va usul. Metodologiya tushunchasi
    2. Tadqiqot usullari tasnifi
    2.1. Empirik tadqiqot usuli tushunchasi
    2.2. Kuzatish va o‘lchash empirik usul sifatida
    2.3. Taqqoslash va tavsiflash
    3. Eksperiment va uning turlari
    3.1 Eksperimentni rejalashtirish va tashkil qilish. Eksperiment natijalarini tahlil qilish va baholash
    3.2.Umumilmiy eksperimentlar
    3.3.Xayoliy eksperiment
    3.4. Matematik eksperiment
    3.5. Kompyuterli eksperiment
    I. TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI
    1. Usul (metod) tushunchasi
    Bilish inson faoliyatini bir ko‘rinishi bo‘lib, shu faoliyat natijasida narsa va hodisalar to‘g‘risida tasavvurlar, obrazlar, tushunchalar hosil bo‘ladi, ularning tizimlashgan majmuasi bilimda ifodalanadi. Tasavvur va tushunchalarni bir – bir bilan bog‘laydigan, yakka tushunchalardan umumiy tushunchalarni hosil qiladigan ruhiy jarayon tafakkurdir.
    Inson voqelikni o‘zlashtirar va o‘rganar ekan, uning faoliyatiga yordam beradigan vositalar, hatti-harakat tamoyillari, qoidalari shakllanadi, ya’ni faoliyat usuli vujudga keladi. Dastlab, amaliyot usullari, keyinchalik ta’lim, fan sohalarida aqliy faoliyat usullari ishlab chiqildi.
    Shunisi e’tiborliki, yunon tilida usul (methodos – tadqiqot yo‘li, nazariya, ta’limot) nazariy faoliyat qoidasi (tamoyili) ma’nosini bildirsa, arab tilidan olingan «usul» so‘zi ko‘proq amaliy faoliyat yo‘lini, ya’ni, bir narsani yuzaga chiqarish, amalga oshirish yo‘li, harakat tarzi, tartibi ma’nolarini ifodalaydi.
    Shunday qilib, faoliyat mavjud ekan, faoliyatni yo‘naltiradigan usul ham mavjud bo‘ladi. Mehnat tajribasining umumlashmasi bo‘lgan muntazam takrorlanadigan faollik tartibi, qoidalari asrlar davomida shakllangan. Shu bilan birga aqliy mehnat sohasida ham ixtisoslashgan faoliyat usullari vujudga kelib, ular bilish va tadqiq qilish usullarini paydo bo‘lishi uchun zamin bo‘lib xizmat qilishgan.
    Usul – bu amaliy yoki nazariy natijaga erishish maqsadida tatbiq qilinadigan tushuncha, qoida va tamoyillar tizimidir. Bunday tizimdan foydalanish faoliyatimizga oqilonalik, tartibot, yo‘nalish va energetik yutuq beradi.
    Haqiqatan ham faoliyatning qaysi sohasida bo‘lmasin, usuldan foydalanish bir qator ijobiy natijalarni beradi:
    - inson faoliyatini tartiblashtiradi;
    - natijaga erishish yo‘lini qisqartiradi;
    - faollik yoki izlanish energiyasini tejash imkoniyatini beradi;
    - samaradorlik koefitsiyentini bir necha barobar ko‘paytiradi.
    Usul faoliyat samaradorligini ta’minlaydigan tizimli qurol ekan, uning unsurlari aqliy, amaliy va texnologik amallar, qoidalar va vositalardan tashkil topgan. Tabiiy-ki, ilmiy tadqiqotda aqliy faoliyat qoidalari, tamoyillari ustuvor o‘rinni egallaydi.
    2. Ilmiy tadqiqot va usul
    Tadqiqot usulini turi, hislati o‘rganilayotgan ob’ektning tuzilishi, aniqrog‘i, murakkabligi bilan bog‘langan. Izlanish ob’ekti qanchalik murakkab bo‘lsa, shunchalik takomillashgan bilish shakllari va usullarni tatbiq qilishga to‘g‘ri keladi.
    Usulda ob’ektiv (ob’ektni mazmunidan kelib chiqish, xossalari va parametrlari mavjudligini hisobga olish) va sub’ektiv (izlanish maqsadi, vositalari va qoidalari mujassamlangan yondashuv, tizim) tomonlar birligi mavjud ekan, u ishlab chiqiladi. Shu bois, olimlar har doim tadqiqot usuli masalalari bilan shug‘ullanishgan.
    O‘yg‘onish davrini buyuk olimi G.Galiley oldingi asrlarda hukm surgan sxolastik ilmi an’analarini ko‘zda to‘tib, haqiqatni izlashda mushohadali mulohazalarga tayanish, tan olingan obro‘li allomalar yozishgan matnlarga ixtibos keltirish emas, balki kuzatish va tajribaga asoslanish zarurligini ta’kidlagan. Shu bilan birga, olimni fikricha ob’ekt haqida ishonchli bilimga ega bo‘lish uchun kuzatish usuli bilan cheklanmasdan, rezolyutiv (tahliliy) va kompozitiv (sintetik, umumlashtiruvchi) usullarni birga qo‘shib tadqiqot olib borish kerak.
    Ayni paytda barcha tadqiqot sohalarigaga tatbiq qilinishi mumkin bo‘lgan universal izlanish usulini ishlab chiqishga qaratilgan urinishlar paydo bo‘ldi. Fransuz olimi va faylasufi R.Dekart (1596-1650) shunday usul sifatida har qanday narsani shubha ostiga olish usulini tavsiya qildi. Bu usulning asosiy qoidalari:
    1. Ishonchli bo‘lmagan bilimni haqiqat sifatida qabul qilmaslik, mulohaza tarkibiga aniq, shubha tug‘dirmaydigan hukmlarni kiritish kerak.
    2. Tadqiqot qilinayotgan har bir muammoni aniq anglash imkoniyatini beradigan darajada qismlarga bo‘lish kerak.
    3. Predmetni izchil, bir tartibda o‘rganish, birlamchi, sodda unsurlarini aniqlashdan murakkab xossani tadqiq qilishga bosqichma-bosqich o‘tish lozim.
    4. Natijaga nisbatan bo‘lgan ishonchni mustahkamlash uchun tadqiqotda uchraydigan ziddiyat va nomuvofiqliklarni to‘la ro‘yxatini tuzish, paydo bo‘lganlarini aniqlab, bartaraf etish kerak.
    Universal tushuntirish usuli bo‘lishga da’vo qilgan yana bir usullardan biri mexanitsizm bo‘lib, bu usulga nihoyatda keng ma’no berish asosida barcha narsalarning xossalari va harakati mexanik qonuniyatlarni amal qilishi bilan belgilanadi, degan g‘oya yotadi.
    XX asrda klassik fanlar paradigmasidan noklassik izlanish paradigmasiga o‘tish,qo‘llanilayotgan uslubiy yondashuvlar xilma-xilligi sharoitida universallikka da’vo qiladigan tadqiqot usulini bo‘lishi mumkin emasligi ayon bo‘ldi.
    Ob’ektlarni, shu jumladan inson yaratgan sun’iy muhit va tuzilmalarni cheksiz xilma-xilligi, izlanish predmeti doirasiga oldin ma’lum bo‘lmagan tizimlar va xossalarni to‘xtovsiz kiritilishi uslubiy yondashuv plyuralizmi, ya’ni, tadqiqot usullarini gorizontal va vertikal xilma-xilligi g‘oyasini qaror topishiga olib keldi.
    Hox tabiiy fanlarda, hox ijtimoiy-gumanitar fanlarda bo‘lmasin tadqiqot jarayoni va izlanish tadbirlarini turli daraja va bosqichlarga bo‘linib ketishi, hatto bir tadqiqot dasturi doirasida induksiya va deduksiya, analiz va sintez, analogiya, mavhumlashtirish va boshqa usullarni izchil tatbiq qilish zaruriyatini taqozo etmoqda.
    Ko‘rinib turibdiki, tadqiqot va usul o‘rtasida uzviy bog‘lanish mavjud. Tadqiqot yangi xossalar, hodisalar va qonuniyatlarni ochadi, ularni ifodalaydigan g‘oyalar, tushunchalar, tamoyillar ishlab chiqiladi. Keyingi tadqiqotlarda bu tushunchalar va tamoyillar uslubiy qoida, tushuntirish usuli rolini o‘ynaydi. Masalan, 1924 yilda fransuz olimi Lui de Broyl atom fizikasi yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilagan tadqiqotlar natijasini umumlashtirib elementar zarrachalarning korpuskulyar – to‘lqin dualizmi g‘oyasini olg‘a surdi. Aniqlanishicha, har bir elementar zarracha ayni vaqtda ham korpuskulyar (modda), ham to‘lqinli (maydon) xossasiga ega.
    Korpuskulyar – to‘lqin dualizmini har tomonlama tahlil qilib, nemis olimi V.Geyzenberg 1927 yilda nomuayanlik tamoyilini ishlab chiqdi. Tamoyilning mazmuni shunday iboratki, mikrozarracha bo‘lgan elektronni koordinatasi va impulsini bir vaqtda baravariga o‘lchash, aniqlash mumkin emas.
    Elektronning fazoviy koordinatasini aniqlash ayni vaqtda impulsning qiymatini topishni imkonsiz qiladi va aksincha, impulsning qiymatini har qancha aniqlik bilan topilsada elektronning fazoviy koordinatasini aniq belgilash mumkin emas.
    Gap asbob-uskuna yoki matematik hisoblash usulini kamchiligida emas. Elektron ikki xil, o‘zaro ziddiyatli xossaga – zarracha va to‘lqinli hislatga ega. Shu bois, ayni vaqtda elektronning (shu jumladan boshqa mikrozarrachalarning) ham impulsi, ham fazoviy koordinatalari qiymatini baravariga aniq belgilash,yuqorida qayd qilinganidek, mumkin emas.
    Geyzenberg kashf etgan nomuayanlik tamoyili yadro fizikasida usul darajasiga ko‘tarilib, unga ko‘ra tadqiqot natijalarini qayd qilishda koordinata va impuls qiymatlari faqat bir-birini to‘ldirishi mumkinligini hisobga olish talab qilinadi.Tadqiqot usuli izlanish samaradorligini ko‘taradigan muhim omildir. Shuning uchun tadqiqot dasturi ishlab chiqilganda tatbiq qilinadigan usullar, ularning izlanish ob’ekti va predmetiga muvofiqligi ko‘rib chiqiladi.
    Tadqiqot usullarini tanlashda bir qator metodologik talablarni inobatga olish lozim:
    - izlanish predmeti, maqsadi va vazifalarini belgilash;
    - o‘rganilayotgan ob’ektning sifat va miqdoriy xususiyatlarini aniqlab tadqiqot strategiyasini tuzish;
    - izlanishda tatbiq qilinadigan har bir usulni o‘rni va funksiyalarini belgilash;
    - tadqiqot usullaridan foydalanish tartibini ishlab chiqish kabi qoidalar bajariladi.
    Tadqiqot usuli ob’ektga berilgan savolga javob olish vositasidir. Javoblar miqdor, qiymat, koeffitsiyent, model, umumlashma, xulosa, tushuncha shaklida ifodalandi. Natijada ob’ekt, uning xossalari va qonuniyatlari haqida aniq, konkret tasavvur hosil qilamiz, nazariy, amaliy, texnolgogik tavsiya va loyihalar ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.
    3. Metodologiya tushunchasi
    Ilmiy tadqiqot bilan shug‘ulanadigan mutaxassis izlanish ob’ekti, predmeti, tadbiq qilinadigan usullar, uslubiy va konseptual vositalar to‘g‘risida mulohaza yuritadi. Bunday mulohaza metodologiya ilmi predmetini tashkil qiladi.
    Metodologik mulohazalarga bo‘lgan ehtiyojni tadqiqotni ko‘p bosqichli va ko‘p tomonlama jarayonga ko‘p bosqichli aylanishi, izlanish ob’ekti, ob’ektni tushuntiradigan g‘oyalar va nazariyalarni tobora murakkablashib borishi, tadqiqot usulini roli va ahamiyatini ortib borishi taqozo etadi.
    Metodologiyani o‘zini quyidagicha ta’riflash mumkin: metodologiya – insonning ilmiy va amaliy faoliyatini tashkil qilish, tadqiqot faoliyati samaradorligini ta’minlaydigan usullar, ularning bilishdagi roli va ahamiyati, izlanishda vujudga keladigan nazariy va uslubiy muammolarning xususiyati haqidagi ta’limotdir.
    Tadqiqotda ma’lum mantiqiy qoidalar, tafakkur shakllari va usullaridan foydalaniladi. Bular orqali olingan ma’lumotlarni tahlil qilamiz, qayta ishlaymiz. U yoki bu usuldan foydalanish uslubiy faoliyatni bildiradi. Uslubiy faoliyat esa tadqiqot faoliyatini tarkibiy qismini tashkil qiladi.
    Oldingi bo‘limda biz ilmiy tadqiqot va usul o‘rtasidagi bog‘lanish, usulni tadqiqotda amalga oshiradigan funksiyalari xususida mulohaza yuritdik. Aslida bunday mulohazalar metodologik mulohaza turiga kiradi.
    Metodologiyaning mazmuni, predmeti va vazifalarini chuqur anglashga yordam beradigan fan falsafadir. Falsafa metodologiyaning metanazariy asosidir.
    Ayniqsa, fan bir tarixiy tipdan boshqasiga, xususan, noklassik ilmiy bilish bosqichidan postnoklassik ilmiy bosqichga o‘tish davrida tadqiqot ob’ekti, predmeti, tafakkur tarzi va boshqa tarkibiy qismlarda katta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bu o‘zgarishlarga talqin berish, ularning mohiyatini ochib berish falsafani vazifasidir. Bundan tashqari falsafa metodologiya masalalari mazmuni, istiqboli, paradigmal yangilanishini tahlil qilib beradi, yangi falsafiy -metodologik muammolarni o‘rtaga tashlaydi.
    Shunday qilib, tadqiqot metodologiyasi ilmiy bilish jarayonida bevosita tatbiq qilinadigan umumilliy va sohaviy usullar, yondashuvlar, ilmiy faoliyatni tashkil qilish shakllari va modellari, tadqiqot tuzilishi va samaradorligi masalalari bilan shug‘ullanadi.
    Tadqiqot metodologiyasiga oid nazariy va amaliy bilish usullari, modellari va dasturiy loyihalarni o‘rganish mutaxassislarni yangi ilmiy tamoyillar, ko‘rsatmalar va izlanish vositalari bilan qurollantiradi.
    4. Tadqiqot usullari tasnifi
    Hozirgi zamon fan har tomonga ildiz otgan, gorizontal va vertikal aloqalarga ega bo‘lgan, cheksiz kataklardan iborat global golografik tuzilmani eslatadi. Tadqiqot ob’ekti, predmeti, qo‘yilgan maqsad va ishlab chiqarishga tatbiq qilish xususiyatiga qarab bunday tuzilma bilish sohalari, tarmoqlari va yo‘nalishlarga bo‘linib ketadi. Ularni tasniflashda birinchi navbatda fundamental va amaliy-texnologik fanlarni farqlaydilar.
    Fundamental fanlarda (metematika, fizika, umumiy sotsiologiya va boshqalar) nazariy bilish usullardan, amaliy-texnologik fanlarda (texnikashunoslik, qishloq xo‘jaligi fanlari, tibbiy fanlar va boshqalar) tajribaviy – eksperimental usullardan foydalanish ustuvor ahamiyatga ega.
    Tatbiq qilish sohalariga qarab izlanish usullari 3 ta katta guruhga bo‘linadi. Birinchisiga eng umumiy tadqiqot usullari-falsafiy izlanish usullari kiradi. Bular plyuralistik yondashuv, tanqidiy ratsionalizm, dialektik, germenevtik, fenomenologik va boshqa falsafiy tadqiqot usullari bo‘lib, ular nazariy tafakkurni yuqori qatlamlarida amal qiladi. Bu qatlamda ilmiy tadqiqot usullarini mohiyati, funksiyalari, o‘zlariga xos xususiyatlari tahlil qilinadi, yangi g‘oyalar va tamoyillarning nazariy va uslubiy mazmuni, evristik (ijodiy) istiqbollari muhokama qilinadi.

    Download 52.32 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 52.32 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5 -mavzu tadqiqot metodi va metodologiyasi. Empirik tadqiqot va eksperimental tadqiqotlar usullari sharti (2s)

    Download 52.32 Kb.