5 – mavzu: Tarmoq texnologiyalari va ma'lumotlarni uzatish vositasiga kirish usullari




Download 22,38 Kb.
bet3/6
Sana13.01.2024
Hajmi22,38 Kb.
#136745
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-mavzu
Bugun birinchi dars, 1, Reja O‘zbekistonda madaniy va ma’naviy merosning tiklanishi, lad va tonalliklar, 5 синф уйга ва, 1684420250, UMUMTA`LIM MAKTABLARIDA TARBIYAVIY ISHLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISH, TIZIMLI, 5-sinflar uchun informatikadan I-II chorak test, English Speaking Countries, 1, 8-sinf-mate-testlar-3, 10, 1-Amaliy topshiriq (1), 1-Mavzu Axborotni kodlash turlari
ma’lumotlar uzatish tarmog‘i — O‘zbekiston Respublikasi hududida yagona xizmat ko‘rsatish, taqdim etish va to‘lov prinsiplari asosida barcha jismoniy va yuridik shaxslarga ma’lumotlar uzatish xizmatlarini ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan telekommunikatsiyalar tarmog‘i;
ma’lumotlar uzatish tarmog‘i operatori (bundan buyon matnda operator deb yuritiladi) — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga ega bo‘lgan, uning ishlashini, rivojlanishini ta’minlovchi va ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;
ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlari — operator va provayderning ma’lumotlar uzatish tarmog‘i orqali signallar va axborotning boshqa turlarini qabul qilish, uzatish va qayta ishlash bo‘yicha faoliyati mahsuli;
ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlari provayderi (bundan buyon matnda provayder deb yuritiladi) — foydalanuvchilarga operatorlar tarmog‘i orqali tijorat asosida ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;
ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlaridan foydalanuvchi (bundan buyon matnda foydalanuvchi deb yuritiladi) — ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlarining iste’molchisi hisoblangan yuridik yoki jismoniy shaxs;
xosting xizmatlari — Internet tarmog‘ida doimiy bo‘ladigan serverda axborotni joylashtirish uchun texnik resurslarni taqdim etish xizmati;
2. Operator va provayderning O‘zbekiston Respublikasi hududida ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyati qonun hujjatlariga muvofiq litsenziya asosida amalga oshiriladi.
3. Operator yoki provayder tomonidan ma’lumotlar uzatish tarmog‘idan va ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlaridan foydalanishning taqdim etilishi, operatorlar va provaydyerlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, shuningdek operatorlar yoki provaydyerlarning abonentlar bilan o‘zaro munosabatlari yozma yoki elektron shaklda tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
4. Ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlari ro‘yxati operator yoki provayder hamda abonent o‘rtasida tuziladigan ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasida belgilangan bo‘lishi kerak.
5. Ma’lumotlar uzatish tarmog‘i orqali ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlarining quyidagi turlari taqdim etilishi mumkin:
ma’lumotlar uzatish tarmog‘idan foydalanish (turli standartlar bo‘yicha), trafik tranziti, shuningdek ma’lumotlar uzatishning xalqaro tarmoqlaridan, jumladan Internetdan foydalanish;
real vaqtda axborot resurslari va axborot tizimlaridan foydalanish;
elektron xabarlar qabul qilish va uzatish (shu jumladan, elektron pochta);
konfidensial axborotni kriptografik va boshqacha muhofaza qilish;
kichik (quyi) tarmoq ajratish;
domen va domen nomlari tizimini ro‘yxatga olish va olib borish;
IP-adres ajratish va tutib turish;
IP-telefoniya va IP-televideniye (IPTV);
xosting xizmatlari.
Operator yoki provayder qonun hujjatlariga muvofiq ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining boshqa xizmatlarini ham ko‘rsatishi mumkin.
6. Favqulodda holatlarda ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlarini ko‘rsatish “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Download 22,38 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 22,38 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



5 – mavzu: Tarmoq texnologiyalari va ma'lumotlarni uzatish vositasiga kirish usullari

Download 22,38 Kb.