Kreativ jarayonning bosqichlari




Download 47,84 Kb.
bet3/5
Sana17.12.2023
Hajmi47,84 Kb.
#121170
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-ma\'ruza

2. Kreativ jarayonning bosqichlari.
Intellektni o`lchash metod va metodikalari. Ko`pgina mumtoz testlar shaxsning intellekt darajasini aniqlashda muhim rol o`ynab kelmokda. Bular qatoriga Stenford-Bine shkalasini keltirib o`tish mumkin. Stenford-Bine shkalasi qiziqarli topshiriq va masalalardan tuzilgan bo`lib, ular tekshiriluvchilarning yoshiga qarab taqsimlangandir. Biz quyida ana shu intellekt test so`rovnomalaridan namunalar keltiramiz va ularni sharhlab berishga harakat qilamiz.
I. 4 yoshli bolalar uchun (har bir vazifani bajarish vaqti 2 oy):

    • har xil uzunlikda kesilgan shakllar va ishlarni taqqoslash,

    • turli tipdagi shakllar o`rtasidagi farqlarni aniqlash,

    • 4 ta tanga pulni sanab chiqish,

    • kvadrat chiz va uni izohla, tushuntir,

    • berilgan savollarga to`g`ri, aniq va tushunarli qilib javob qaytarish talab etiladi, tashqaridan yordam berish man qilinadi, to`rtta raqamni to`g`ri va teskari sanash, takrorlash talab qilinadi.

II. 9 yoshli bolalar uchun (bajarish muddati 2 oy davomida):

  • bugungi kun, hafta, oy, yil nomlarini aytib chiqish, tushuntirish,

  • 5 ta jism yoki predmetni guruhlarga ajratish (belgisiga karab),

  • hariddan keyin qaytim berilishini izohlash,

  • 4 ta raqamni teskarisiga takrorlash,

  • berilgan 3 ta so`zdan gap tuzish (bola, dars, koptok),

  • uchta har xil so`zga qofiya tanlash.

Ma`lumki, har qanday psixologik testning diagnostik ahamiyati uning bir qancha umumiy talablarni qoniqtirishga bog`liqdir, jumladan, standartlashtirish, ishonchlilik, validlik. Ana shu talablarga suyangan holda Stenford-Bine shkalasini ham tahlil qilib chiqamiz.
Ushbu shkala tadqiqotchilari uchun har tomonlama yaxshi, qulay va ixcham qilib tayyorlangan. U barcha uchun tushunarli bo`lgan instruksiyaga va miqdoriy jihatdan natijalarni ishlab chiqish, hisoblash ishlamasiga ega. Testlarning har birida uni o`tkazish yo`llari, vaktning taqsimlanishi, tekshiriluvchilarga beriladigan og`zaki instruksiya va tegishli ko`rsatmalar, savollarni izohlash usullari batafsil aytib o`tilgan.
Stenford-Bine testi kattalar hamda uncha yuqori bo`lmagan sinaluvchilar uchun ishonchlidir. Lekin bolalik davridan tortib to o`spirinlik yoshigacha o`zgarib boradi. Masalan, ikki yarim yoshdan besh yoshgacha ishonchlilik koeffitsientlari 0,33 (140-149 ball bo`lganligi uchun) dan 0,91 (60-69 ball yiqqanlar uchun) gacha; 6 yoshdan 13 yoshgacha bo`lgan bolalar va o`quvchilarda ishonchlilik koeffitsientlari 0,91 (140-149 gacha ball to`plaganligi uchun) dan 0,98 (60-69. ball olganligi uchun) gacha o`zgarib turadi. Shuni alohida ta`kidlab o`tish joizki, Stenford-Bine testiga kiritilgan har bir savol, topshiriq testning oldindan belgilangan maqsadini ochishga yo`naltirilgan bo`lib, pirovard natijada mazkur savollar oldindan ko`zlangan maqsadni darhaqiqat aniqlab beradi.
Inson intellektual taraqqiyotidagi tezkorlik kutilmagan hodisalari nafaqat moddiy negiz xossalari bilan izohdanadi, balki idrok maydonining paydo bo`lishi, "sun`iy" tizimining vujudga kelishi, fazoviy aloqalar, biologik va psixologik imkoniyatlardan to`laroq foydalanish evaziga moddiy asosning ikkilanuvchi "tabiiy va sun`iy" manbalar va bosh omil ekanligini ta`kidlab o`tish maqsadga muvofiq.
Endi sinaluvchilarning intellektual taraqqiyotiga ta`sir qiluvchi ijobiy va salbiy omillar turkumi to`g`risida ma`lumot berib o`tamiz:

  • bilim maskanlarida zamonaviy texnik vositalarining mavjudligi,

  • turli xildagi to`garak seksiya, bilim uylari faoliyat ko`rsatishi va unda zarur sharoitlarning yaratilganligi,

  • oila muhitida yaratilgan moddiy va ma`naviy shart-sharoitlar hamda shaxslarning ruhan rag`batlantirish yo`lga qo`yilganligi,

  • shaxslar bilan o`zaro muloqot o`rnatishning uzluksizligi va oilada shaxslararo iliq psixologik muhitning hukm surishi,

  • turli televizion bahslar, zukkolik, ijodkorlik, tezkorlik bo`yicha musobaqalar uyushtirilishi va ularda qatnashish imkoniyati yaratilgailigi,

  • ortiqcha informatsiya va xabarlar ko`lamini kamaytirish (masalan, avtomat o`yinlar, videolar),

  • zararli odatlar va qiliqlar bilan shug`unlamaslik muammosining qo`yilishi, uning yechimi (ichish, chekish va boshqalar),

  • bolalar va o`quvchilarni ro`zg`or ishlari bilan band qilib qo`yishlik va oila muhitida mehnatning shaxslararo oqilona taqsimlanganligi,

  • hozirgi davrda ayrim kasblarning nufuzi kamayib ketayotganligi tufayli o`quvchilar va talabalar o`rtasida o`quv motivlariga kuchli ta`sir o`tkazayotganligi,

  • kollej va oliy o`quv yurtlarida ta`lim-tarbiya tizimini yangicha, yangi pedagogik texnologiya asosida tubdan qurish zaruriyati mavjudligi,

  • o`g`il va qizlarda vatanparvarlik va milliy iftixor tuyg`ulari barqarorligini ta`minlash va ularni shakllantirishning eng, qulay yo`llarini izlab topish, loqaydlikni oldini olish,

  • o`quvchilar va talabalar o`rtasida borliqqa, jamiyatga, shaxslararo munosabatga, isrofgarchilikka, fidoiylikka nisbatan qarashlarini keskin o`zgartirish masalalari vujudga kelmoqda.

Olimlarning fikricha, yuqorida ba`zi bir qusurli holatlarning oldini olish uchun intellektual testlar mohiyatiga milliy va umumbashariy fazilatlar to`g`risidagi g`oyalarni singdirish yuqori natijalar beradi.
Intellektual taraqqiyot juda ko’p psixologlarni qiziqtiradigan muhim masala bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun ham bu muammo ustida juda qiziqarli tadqiqotlar olib borilgan bo’lsa–da, biroq unga har xil yo’nalishdan turib yondoshilgan. Shulran nazarda tutib, bu to’g’rida umumiy nuqtai nazar, umumiy mezon yuzasidan mulohaza yuritish mumkin emas. Shuningdek, intellektual taraqiyotning tarkibiy qismlari bo’yicha ham huddi shunday fikrlarni bildirish o’rinlidir.
Insonning intellektual taraqiyotini o’rganish muammosi qadimgi zamonlardayoq juda ko’p sohalarning bilimdonlari e`tibrini o’ziga tortgan. Hattoki, antik davr faylasuflari ham bu muammoga jddiy yondashgan. Ularning qarashlariga ko’ra, “intelliekt” termini o’zida lotincha “nus” (“aql”) tushunchasini ifodalaydi. Antik davrning Platon va Aristotel` singari faylasuflari “nus”, ya`ni “aql” odam ruhining oliy, o’ziga xos aqlli bo’lagi bo’lib, olamni bilishning eng maqbul yo’li deb hisoblashadi.
Ijtimoiy taraqqiyotning o’rta asrlarga kelib, “intellekt” terminining mazmuni yanada boyidi. Masalan, sxolastikada ilohiy intellekt tushunchasi o’rganila boshlandi, bu termin bilan oliy bilish qobiliyatlarini tushuntirishga harakat qilindi. Mashhur faylasuf I. Kant nazariyasiga binoan, “intellekt” (nemischa - verstand) – bu bizdagi mavjud tuzilishni bilish qobiliyatidir, aql (nemischa – vernunst) esa metafizik, g’oyalar tuzilishini bilish qobiliyatidir”.
Intellektning mohiyati va taraqqiyotin tushuntirishda qadimdanoq turli oqimlar yuzaga kelganligiga qaramay, ular ma`lum bir fikrlar asosida birlashganlar va bahslashganlar.
Intellekt mohiyatini tushuntirishda fan olamda ikki xil yondashuv vujudga kelgan:

  1. Birinchi guruh vakillarining qarashlaricha, intellektual xususiyatlar odamga tabiiy ravishda (holda) nasliy yo’l bilan ota – onalari tomonidan beriladi. Odam onasidan aqlli yoki aqli zaif bo’lib tug’ilgan bo’ladi.

  2. Ikkinchi guruh namoyondalari esa intellektni bola idrokining tezligi va tashqi qo’zg’atuvchilariga nisbatan bo’lgan munosabati bilan bog’lab tushuntirganlar.

Aqliy zakovot va ruhiy – ma`naviy slohiyat – ma`rifatli insonning ikki qanotidir. Shunday ekan, insonning intellektual taraqqiyotini tadqiq etish uchun sira kechiktirib bo’lmaydigan amaliy ishlarni olib borish maqsadga muvofiq. Intellekt muammosi chet el psixologiyasida ham, rus psixologiyasida ham eng ko’p o’rganilgan mavzulardan biri bo’lib hisoblanadi. Intellektning mohiyatini yuritish yuzasidan turlicha yondashilsa – da, biroq umumiy maqsad intellektual taraqqiyotini ochib berishdan iboratdir.
Intellekt tushunchasini rus psixologlari aqliy iste`dod yoki qobiliyat deb yuritishadi. Chet el psixologiyasida qobiliyatni miqdor jihatdan o’lchash hamda uni tavsiflab berish uchun intellekt tushunchasi kiritilgan. O’z davrining yirik psixologlari bo’lgan R. B. Kettel, L. Termen, Ch. Spirmen va boshqalar yigirmanchi asrning boshlaridayoq inson qobiliyati darajasini o’lchash uchun turli xususyatli intellektual testlarni yaratganlar. Bundan kuzatilgan asosiy maqsad turli ixtisoslar uchun kasb tanlashni amalga oshirish yoki kasbga yaroqliligini, layoqatliligini aniqlashdan ibratdir.
Ijtimoiy – tarixiy taraqqiyotning XIX asr oxirlariga kelib, psixologiya fanida intellektni o’rganishga alohida e`tibor berila boshlandi. Frantsuz psixologi A. Bine intellektni tadqiq qilish bo’yicha dastlabki qadamni qo’ydi. T. Simon bilan birgalikda bolalar intellekti rivojlanishining darajasini tadqiq qiluvchi testlarni ishlab chiqdilar. Ular o’z izlanishlariga nazariy asos qilib, o’sha davrda hukmron mavqega ega bo’lgan funktsional psixologik nazariyani qo’llagan bo’lib, unda psixik rivojlanish bir necha tug’ma funktsiyalar rivojlanishining natijasida yuz beradi, degan fikr ustuvorlik qilardi. Mana shu nazariyaga amal qilgan holda, u shunday masalalarni tanladiki, bunda bolaning ilgarigi bilimlari va ko’nikmalarini qo’llash imkoniyati kamaytirildi. “Har bir yosh davri uchun shundy testlar seriyasini tuzish kerakki, uning echilishi faqat shu davrga taalluqli bo’lsin. Test maktab bilimlaridan mustaqil bo’lishi kerak, shunda bolaning haqiqatdan ham intellektual rivojlanish darajasi tekshiriladi”, - deb yozgan edi A. Bine.
Bola intellekti har qanday masala echish jarayonida rivojlanadi degan g’oyadan kelib chiqqan holda u test topshriqlarini nazariy jihatdan asoslash shart emas, deb hisoblaydi.
XX asrning boshlariga kelib, intellektni tadqiq qilish haqidagi A. Bine va T. Simon ta`limotlari jahonda keng quloch yoydi. Ko’pgina mamlakatlarda ularning tarafdorlari paydo bo’ldi. A. Bine va T. Simonlardan keyin bir qator boshqa ko’rinishdgi testlar tizimi hamda mazkur mualliflar testlarining modifikatsiyalari vujudga keldi. Ular ichida amerikalik psixolog L. Termen tomonidan ishlab chiqilgan modifikatsiya alohida ahamiyatga ega. U o’z ishlarida F. Gal`tonning aqliy qobiliyatni genetik jihatdan shartlanganlik haqidagi nazarisiga ko’proq murojaat qildi.
Xilma – xil ko’rinishdagi testlar tizimining paydo bo’lishi va qator testlarning ko’p sonli modifikatsiyalarining ishlab chiqilishi natijasida yangi – yangi yo’nalishdagi tadыiыotlar amalga oshirila boshlandi. Huddi shu sababdan XX asrning 20 – yillarida testga oid tadqiqotlar butun dunyoga keng tarqaldi, natijada standartlashtirilgan testlar o’quvchilarning qobiliyatlariga asoslangan holda, saralashda katta yordam bera boshladi. 1921 yilda “Psixologiya ta`limi” jurnali sahifalarida Amerikaning yirik psixologlari tomonidan uyushtirilgan bahs – munozaralari bosilib chiqdi. Ularning har biridan intellektni tushuntirish va uni tadqiq qilishning eng samarador usul so’ralganda, bunda deyarli barcha olimlar test tadqiqotlarini eng maqbul usul deb baholadilar, vaholanki, ularning intellekt haqidagi tushunchalari bir – birini inkor qilar edi. Masalan, “Intellekt mavhum tafakkurga - qobiliyatlilikdir” (L. Termen), “... bilimlarning munosabatligi va ularning atrof – muhitga moslashishdagi ko’magi “ (E. Torndayk), “... nerv sistemasining modifikatsiyalariga bo’lgan asosiy qobiliyati” (R. Pintner), “... o’zlashtirishga nisbatan qobiliyat” (X. Vudvorjs) va boshqalar”.
XX asrning boshlariga kelib, intellekt tuzilishini aniqlashga ko’p olimlar diqqat – e`tiborlarini qaratdilar. Mashhur amerikalik olim Ch. Spirmen (1904) individning xulq – atvoridan kelib chiqqan holda intellektning allaqanday “bosh” omilini ajratib ko’rsatdi hamda uni G omil deb atadi. Uning fikricha, arifmetik masalani echishda, bironta chet tilini o’rganish jarayonida yoki mashina dvigatelini ta`mirlashda odamning miyasi hech qachon bir xilda ishlamaydi. Ayrim kishilarda umumiy intellekt darajasi boshqalarniki biln teng bo’lishi bilan birga, ayrim faoliya turlarini bajarishda yaqqol ustunlik seziladi.

Download 47,84 Kb.
1   2   3   4   5




Download 47,84 Kb.