|
Kreativ jarayonni takomillashtirishning asosiy omillari
|
bet | 4/5 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 47,84 Kb. | | #121170 |
Bog'liq 5-ma\'ruza3. Kreativ jarayonni takomillashtirishning asosiy omillari
Kreativlikning rivojlanish davri - ma’lum kreativlik sifatlarining rivojlanishi yakuniga etgan qandaydir vaqt birligi. Kreativlikning rivojlanish bosqichi - muayyan kreativlik sifatlarining rivojlanganlik darajasi
5-rasm. Kreativ sifatlarni rivojlantirish yo‘llari
yo‘l: kreativ fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish. Bunda asosiy urg‘u kreativ fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish asosiy e’tibor markazida bo‘lib, talabalar fe’llar yordamida kreativ xarakterdagi harakatlarning mohiyatini ifodalashga yo‘naltiriladi. Xususan, o‘qituvchilar kreativ fikrlash ko‘nikmasini samarali shakllantirish maqsadida talabalarga ularni fikrlashga undovchi savollar tarkibida zarur fe’llarning bo‘lishiga e’tibor qaratiladi. Bu holat misollar bilan tushuntirilsa, talabalardan “yurak va qon aylanish tizimi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta’riflab bering” mazmunidagi nazorat savoli ularda kreativlikni shakllantirmaydi. Zero, savol tarkibidagi “ta’riflab bering” tushunchasi o‘z mohiyatiga ko‘ra “mavjud bilimlaringizni birma-bir aytib o‘ting” deyish bilan teng.
Nazorat savollarini berishda talabalarni fikrlashga undovchi so‘z (fe’l)lardan foydalanish ularning kreativ fikrlashlarini osonlashtiradi. SHu sababli shaxsda kreativ sifatlarni shakllantirishning birinchi yo‘liga ko‘ra pedagoglar turli, antiqa, noan’anaviy hamda puxta javobni berishga majbur qiluvchi so‘z (fe’l)lardan foyalanishlari maqsadga muvofiqdir. M: “bog‘liqlikni toping” “yarating”, “bashorat qiling”, “fikrni mantiqan bayon eting”, “tasavvur qiling”kabi so‘z (fe’l)lardan foydalanish amaliy jihatdan samarali sanaladi.
Agarda pedagog talabalardan “yurak va qon aylanish tizimi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta’riflab berish”ni talab qilish o‘rniga, “yurak va qon aylanish tizimi o‘rtasidagi bog‘liqlikning barcha turlarini keltirish”ni so‘rashi lozim. Natijada talabalar ham mavjud bilimlarni umumlashtirish, ham yangi fikr va g‘oyalarni ilgari surish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Pedagoglar birinchi yo‘lni qo‘llash - talabalarda kreativlik ko‘nikmasini shakllantirishda yosh o‘qituvchilarning “Kreativlik xaritasi”dan foydalanishlari maqsadga muvofiqdir.
|
| |