REJA:
1.
Sohaviy terminlarning morfologik usul bilan yasalishi.
2.Sohaviy terminlarning sintaktik usul bilan yasalishi.
3.Sohaviy terminlarning semantik usul bilan yasalishi.
Amaliy
mashg‘ulot
№5.
5-MAVZU:
Terminlarning yasalishi
Ma’lumki, fan-texnika, qishloq xo‘jaligi, sanoat tarmoqlarida qo‘llanilayotgan
so‘z va iboralar eng qadimgi davrlarda o‘sha sohalarning boshlang‘ich davrlarida
qo‘llanilayotgan so‘z va iboralar kabi ma’lum predmetlarga atab qo‘yilgan va o‘sha
predmetlarni bildiradigan bir ma’noli so‘z va terminlardir.
Aslida termin va oddiy so‘zning farqli jihatlariga e`tibor qaratmoqchi bo‘lsak, bu
hodisalarga o‘sha soha bilan shug‘ullangan olimlarning fikrlariga nazar solish va shu
asosda termin va oddiy so‘z oppozitsiyani hal qilish maqsadga muvofiqdir. Odatda,
olimlar terminlarning quyidagi belgilarini ko‘rsatadilar:
1) termin bir ma’noli yoki bir ma’noli tendentsiyaga ega;
2) termin aniq, nominativ funktsiyaga ega bo‘lib, unga emotsionallik,
ekspressivlik, modallik funktsiyalari xos emas. Termin o‘zining bu xususiyatini
kontekstda ham, kontekstdan tashqarida ham saqlaydi;
3) terminning ma’nosi tushunchaga tengdir;
4) termin stilistik jihatdan neytraldir;
5) terminologik leksika alohida sistemadir va hokazo.
Tilshunoslikda terminlarning o‘zgarishi hamda yangi terminlarning paydo
bo‘lishi fan va texnika taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liqdir. Bu haqda tilshunos olim
L.I.Bojno quyidagilarni ta’kidlaydi: «Texnika taraqqiyoti ta’sirida terminologiya o‘zaro
aloqador ikki qonuniyat asosida, birinchidan, ilmiy-texnika progressi qonuniyatlari
bilan, ikkinchidan, til rivojlanishining umumiy qonuniyatlari bilan bog‘liq ravishda
o‘zgarib boradi». Texnik malakaning endilikda ma’lum tor doiradan chiqib, ommaviy
xarakterga ega bo‘layotganligi va turli sohalarning mutaxassislari kundalik faoliyatida
fan va texnika yutuqlaridan keng foydalanayotganligi terminlarga bo‘lgan yuksak talab
bilan uning hozirgi holati orasidagi nomuvofiqlikni bartaraf etishni talab etadi.
Shu jihatdan, terminlarni tartibga solish juda katta ilmiy va ijtimoiy ahamiyatga
egadir. D.S.Lotte qanday kategoriyadagi so‘zlar terminlashishi mumkinligi haqida
gapirib: “...texnikada quyidagi tushunchalarni anglatuvchi asosiy kategoriyalar
terminlashadi: jarayonlar (hodisalar); texnika predmetlari (materiallar, qurollar,
asboblar, detallar va h.k.); xossalar; hisobiy tushunchalar (parametrlar, geometrik
obrazlar va h.k.); o‘lchov birliklari”, A.V.Kalinin esa termin bilan kasb-hunar
so‘zlarining bir-biridan farqli ekanligini quyidagicha asoslashga intiladi: “...termin – bu
muayyan fan, sanoat sohasi, qishloq xo‘jaligi, texnikadagi tamomila rasmiy bo‘lgan,
qabul qilingan va qonunlashtirilgan biror tushunchaning ifodasidir, nomidir, kasb-hunar
so‘zlari esa – biror kasb, mutaxassislik o‘rtasida ko‘pincha jonli tilda tarqalgan, aslini
olganda, tushunchaning qat`iy, ilmiy tavsifiga ega bo‘lmagan yarim rasmiy so‘zdir”
Fan-texnikaning tez sur`atlar bilan rivojlanib borishi natijasida yangidan-yangi
mashinalar, apparatlar, asbob-anjomlar va texnologik jarayonlarning paydo bo‘lishi
bilan ularni ifodalovchi yangi terminlar ham vujudga kelmoqda. Shu sababli, yangi
texnika vositalari qaysi sohaga ko‘proq kirib kelgan bo‘lsa, shu soha terminologiyasi
to‘xtovsiz ravishda kengayib bormoqda.
Natijada, ushbu soha terminologiyasiga juda ko‘plab yangi tushunchalar va ular
bilan birga yangi ilmiy-texnikaviy terminlar ham kirib kelmoqda.
Albatta, bunday o‘zgarishlar o‘zbek tilining ish ko‘rish doirasini kengaytirib,
uning leksik tarkibini yangi-yangi ilmiy va texnik terminlar bilan boyitdi. Ko‘pchilik
hollarda yangi terminlar yaratish ishiga oddiy tarjima yoki kalkalash jarayoni
sifatida qaraymiz.
Terminologiyadagi
mavjud
kamchilik
hamda
tartibsizliklarning
asosiy
sabablaridan biri ham shundadir. Zotan, yangi termin yaratish har taraflama mukammal
bo‘lgan ijodiy jarayondir. Har qanday ilmiy-texnikaviy termin oddiy so‘zning yoki so‘z
birikmasining terminologiyadagi aksi bo‘lib, u aniq chegaralangan hamda belgilangan
mazmunga, bu mazmun esa, kontekstdan qat`iy nazar, faqat shu terminga oid bo‘lishi
lozim. To‘g‘ri, hech qanday til faqat o‘z termin elementlari hisobiga terminologiyasini
qura olmaydi. Til qurilishi jarayoni shuni ko‘rsatadiki, dunyoda sof tilning o‘zi umuman
mavjud emas. Har doim boshqa tillardan termin o‘zlashtirish jarayoni sodir bo‘lib
turadi, bu jarayondan chekinish mumkin emas. Ammo ehtiyoj sezilmagan holatlarda
ham xorijiy terminlarni sun`iy ravishda tilga olib kirish har doim o‘zini oqlayvermaydi.
Bunday holatlarda ko‘proq o‘z til imkoniyatlaridan foydalanish va bunda termin
ifodalashi lozim bo‘lgan tushuncha mohiyati bilan termin o‘rtasidagi mutanosiblikni
saqlashga e`tiborni qaratish lozim.
Ma’lumki, muayyan terminologik tizim yoki umumiste’moldagi ma’nosi
ko‘chirilgan leksemalar boshqa sohaning “mulki”ga aylanar ekan, yakka holatda ham,
ma’lum so‘zlar qurshovida (ya’ni birikma tarkibida) ham shu sohaga doir
tushunchalarni ifodalay oladi. Masalan, shunday bir tushunchani olib ko‘raylik:
“qimmatbaho qog‘ozlar, valyuta, tovar narxining pasayishidan foydalanuvchi birja
chayqovchilari”. Bu tushuncha iqtisodchilar tilida “ayiqlar” deb ataladi.
|