• Kerakli jihozlar
  • Dasta bet bog’lash yoki kertmak usuli
  • 43-rasm. Dasta bet blrikmalar;
  • 5-Amaliy mashg’ulot. Burchakli murakkab bir tirnoqli birikmalarni tayyorlash texnologiyasi. Ishdan maqsad




    Download 58 Kb.
    Sana21.06.2023
    Hajmi58 Kb.
    #74767
    Bog'liq
    A-5
    DAXDU PRIZINTATSIYA, 85 га буйруқ, Massa almashinuv, Документ Microsoft Word, Yarimoʻtkazgich - Vikipediya, Chiziqli algebraik tenglamalar sistemasini teskari matritsa usul, Iteratsion jarayonni qurish prinsiplari, 593faaffe152f, A`meliy jumis, Tu`sindiriw xati, Mavzu genetika faniga xissa qo’shgan olimlar reja kirish, 2 5251739671423098724, Mavzu Burchakli murakkab bir tirnoqli birikmalar tayyorlash tex, DIQQAT TURLARII

    5-Amaliy mashg’ulot. Burchakli murakkab bir tirnoqli birikmalarni tayyorlash texnologiyasi.


    Ishdan maqsad: Yog’ochlarning mexanik xossalarini va mexanik ishlov berish texnologiyasini o’rganish.Yog’ochga mexanikishlov berish usuli yordamida buyumlar tayyorlash.
    Kerakli jihozlar: Yog’ochga mexanik ishlov beruvchi asboblardan randa, arra, elektr charx dastgohi,bolg’a, iskana, jilvir qog’oz va boshqalar.

    Yog’och buyumlar ko’pincha ko’pincha bir necha bo’laklardan yasaladi. Buyumni tashkil qiluvchi har bir aloxida bo’lakni detal deb ataladi. Buyumni yasash uchun avval uni hosil qiluvchi hamma detallarni tayyorlanadi, so’ngra ularni tegishli tartibda biriktiriladi, har turli buyumlarni tayyorlashda detallarni to’g’ri chiziqlar, to’g’ri burchaklar, o’tkir yoki o’tmas burchaklar hamda shakldan ko’rinishida biriktiriladi. To’g’ri chiziqli biriktirish yog’och detallarni bo’yiga ulab uzaytirish yoki qalinligini oshirish uchun qo’llaniladi. To’g’ri burchakli biriktirish eng ko’p qo’llaniladi. Bunga misollar sabzavot taxtachasioyoqchalari, suratlar uchun ramka detallari, deraza romlari, eshiklar, mebellar va shu kabilar qo’llaniladi.


    O’tkir yoki o’tmas burchakli birikmalar turli asbob- uskunalar, mebellar, imoratlar va boshqalarda qo’llaniladi. Shakldor birikmalar musiqa asboblari, agar va bochkalarda qo’llaniladi. Biriktirish shakllari yog’och detallarining mustaxkam va aniq biriktirilishi uchun ularning biriktirma sirtlari turli shakllarda tayyorlanadi. Tirnoqli birikmalar shakllarda tayyorlanadi. Tirnoqlar to’g’ri va qiya sirtli shakllarda bo’ladi.
    Elimlash. Yog’ochdan buyumlar tayyorlashda detallarni biriktirishning asosiy usuli elimlashdir. Elimlanadigan yog’och detallari quruq bo’lishi lozim. Bu detallarni elimlab biriktiriladigan sirtlari bir-biriga zich yopishadigan aniq shakllarda tayyorlanib, changlardan tayyorlanadi. Elimlab yopishtirilgan yog’och sirtlari orasidagi elim qatlami hosil qiladigan chokning qalinligi 0,1 mm dan 0,15 mm gacha bo’lishi lozim. Chokning qalinligi bundan yupqa bo’lsa ham, qalin bo’lsa ham elimli birikma mustaxkam bo’lmaydi.
    Biriktirilayotgan sirtlarga elim surtilgan detallarni bir-biriga ishqalash yoki presslash usulida biriktiriladi.
    Ishqalash usulida biriktirilayotgan sirtlarning dastlab ozgina qismini bir-biriga bosib turgan holda asta – sekin kerakli xolatgacha surib boriladi.
    Presslash usulida ikki yoki undan ortiq detallarni bir-biriga biriktiruvchi elim qatlami quriguncha press ostida tutib turiladi.
    Kichik reykachalarni bir – biriga yaxshilab elimlash orqali uzunligi 12 metrgacha bo’lgan yog’och to’sinlar hamda kerakli egri shakldagi katta yog’och detallari tayyorlanadi.
    Duradgorlik yo’li bilan tayyorlanadigan buyumlarning, mebellarning qismlari bir-biriga turli usullar bilan biriktiriladi. Birikmalar hosil qilishda har xil elimlar va biriktiruvchi materiallardan foydalaniladi.
    Duradgorlik birikmalari hosil qilishda bir necha bog’lash usullari qo’llaniladi.
    Buyumning qanday materialdan tayyorlanishiga va qanday maqsadlarda ishlatilishiga, unga qanday sifat berilishiga qarab detallar o’zaro oddiy yoki murakkab ko’rinishda biriktiriladi.
    Birikmalar hosil qilishda qo’llaniladigan bog’lash usullari: dasta bet bog’lash, prizmatik yoki to’g’ri tirnoqli birikmalar (bir tirnoqli yoki ko’p tirnoqli), porsi usulida bog’lash, zakrovli birikmalar, chokli birikmalar, «qaldirg’och quyruq» tirnoqli birikmalar, maxfiy va yarim maxfiy tirnoqli birikmalar va boshqalardan iborat.
    Dasta bet bog’lash yoki kertmak usuli
    Dasta bet bog’lash duradgorlik birikmalari hosil qilishning eng oddiy va oson usuli. Bu usul binokorlik ishlarida, parnik xo’jaligida yog’och qismlarni o’zaro biriktirishda, oddiy qoplama ramkalar, vitrinalar va boshqalar tayyorlashda qo’llaniladi.
    Birikmaning o’lchamiga qarab detallar bir-biriga mixlash yo’li bilan, burama mix, bolt yoki changak yordamida qotiriladi.
    Dasta bet bog’lashda detallar «G» simon, «T» simon shaklda to’g’ri va «qaldirg’och quyruq» li qilib biriktirilishi mumkin (43- rasm).
    Dasta bet bog’lash 2-texnologik kartada ko’rsatilgan tartibda bajariladi.

    43-rasm. Dasta bet blrikmalar;
    a - «G» simon; b,v - «T» simon to’g’ri va «qaldirg’och quyruqli».

    1. Birikmaga mos yog’och tanlanadi, randalashda undan payraxa chiqishini hisobga olib ma’lum qo’yim bilan material arralab olinadi.

    2. Tayyorlangan materialni randalab ixtiyoriy l uzunlikda eni a, qalinligi h bo’lgan ikkita brusok tayyorlanadi.

    3. Kertmaklarni rejalash uchun brusoklarning uchlarini go’niya asosida arralab to’g’ri burchakli qirqimlar hosil qilinadn, so’ngra rejalanadi. Buning uchun brusoklarning uchidan o’lchamda «bet» larga kertmak uzunligi rejalanadi va go’niya yordamida qolgan tomonlarga olib o’tiladi. So’ngra xatkash yordamida kertmak qalinligi rejalanadi. Buning uchun xatkashni hG’2 o’lchamga sozlab «bet» larga nisbatan brusoklarning yon chetlari (qirralari) va ko’ndalang qirqimlariga a uzunlikda reja chiziladi.

    4. Dasta bet bog’lashda brusoklarni ustma-ust qo’yib biriktiriladi. Shuning uchun brusoklarda hosil qilinadigan kertmaklarning biri «bet» tomondan, ikkinchisida orqa tomondan ochiladi. Buning uchun kertmaklarda reja chiziqlarining yarmini saqlagan holda oldin tilinadi, so’ngra ko’ndalangiga arralab qirqiladi (kertiladi).

    5. Hosil bo’lgan kertmaklarni ustma-ust qo’yib mix yoki burama mix yordamida biriktiriladi. Har qanday birikma hosil qilinganda detallarning «bet» larini birikmaning bir tomonida bo’lishiga e’tibor berish kerak.

    Birikmaning jipsligi, sifati talabga javob beradigan darajaga etgunga qadar mashq qilish davom ettiriladi.
    Download 58 Kb.




    Download 58 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-Amaliy mashg’ulot. Burchakli murakkab bir tirnoqli birikmalarni tayyorlash texnologiyasi. Ishdan maqsad

    Download 58 Kb.