|
5-amaliy mashg‘ulot: Mavzu: Grafik muxarirlar yordamida tasvirlar yaratish va ularni taxrirlash. Adobe Photoshop dasturining asosiy imkoniyatlari. Adobe Photoshop dasturida instrumentlar yordamida maxsus effektlar yaratish. Nazariy qism
|
bet | 1/4 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 12,39 Kb. | | #132713 |
Bog'liq 5-amaliy mashg‘ulot Mavzu Grafik muxarirlar yordamida tasvirla-fayllar.org
5-amaliy mashg‘ulot: Mavzu: Grafik muxarirlar yordamida tasvirlar yaratish va ularni taxrirlash. Adobe Photoshop dasturining asosiy imkoniyatlari. Adobe Photoshop dasturida instrumentlar yordamida maxsus effektlar yaratish. Nazariy qism
5-AMALIY MASHG‘ULOT:
Mavzu: Grafik muxarirlar yordamida tasvirlar yaratish va ularni taxrirlash.
Adobe Photoshop dasturining asosiy imkoniyatlari. Adobe Photoshop dasturida instrumentlar yordamida maxsus effektlar yaratish.
Nazariy qism:
Axborotni grafik shaklda ishlab chiqish, taqdim etish, ulrga ishlov berish, shuningdek, grafik ob’ektlar va fayllarda bo’lgan nografik ob’ektlar o’rtasida bog’lanish o’rnatishni informatikada kompyuter grafikasi deb ataladi.
Kompyuter grafikasi – Kompyuter boshqaruvida grafik ob'ektlarni kiritish, chiqarish, tasvirlash, o'zgartirish va tahrirlashdir.
Xozirgi kunga kelib kompyuter grafikasi va animatsiyasi vositalari kirib bormagan sohani topish qiyin.
Kompyuter grafikasi va animatsiyasi vositalarini qo’llanish dasturlar sohasiga ko’ra quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
• poligrafiya ishlari uchun mo’ljallangan kompyuter grafikasi dasturlari;
• ikki ulchamli rang tasvir kompyuter grafikasi;
• taqdimot ishlari uchun mo’ljallangan dasturlar;
• ikki o’lchamli va uch o’lchamli animatsiya dasturlari;
• videotasvirlarni qayta ishlovchi komplekslar;
• ilmiy vizuallashtirish ishlarini bajaruvchi dasturlar.
Hozirgi kunda kompyuter grafikasi asosan uch turga bo’lib o’rganiladi:
rastrli grafika;
vektorli grafika;
fraktal grafika.
Ular o’rtasidagi asosiy farq nurning displey ekrandan o’tish usulidan iborat. Shuningdek ular bir-biridan monitor ekranida tasvirlanishi va qog`ozda bosib chiqarilishi bilan farqlanadi.
Vektorli grafika- shrift va oddiy geometrik elementlarni qo’llash imkoniyatini beradi. Bunda tasvirning asosiy elementi chiziq hisoblanadi. Vektorli grafikadagi ma’lumotlar operativ xotirada kam joy egallaydi. Masshtablash jarayonida ob’ektlar o’zining xususiyatini yo’qotmaydi. Murakkab ob’ektlarni vektorli grafikada ularning o’lchamini kattalashtirib ko’zdan kechirish mumkin.
Vektorli grafikada tasvirlar geometrik shakllardan tashkil topgan bo'ladi. Chiziqlar va shakllar majmuasi natijada biror bir umumiy rasm yoki tasvirni hosil qiladi. Vektorli grafikada tasvirni hosil qilish bo'yicha matematik formulalar asosida barcha hisob-kitoblarni kompyuter bajaradi.
Vektorli grafika asosan illyustratsiyalar yaratish uchun yo’naltirilgandir. Vektorli grafika reklama agentliklarida, loyihalash byurolarida, nashriyotlarida va boshqa joylarda keng qo’llaniladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
5-amaliy mashg‘ulot: Mavzu: Grafik muxarirlar yordamida tasvirlar yaratish va ularni taxrirlash. Adobe Photoshop dasturining asosiy imkoniyatlari. Adobe Photoshop dasturida instrumentlar yordamida maxsus effektlar yaratish. Nazariy qism
|