|
5. Egiluvchi elementlar turlari va ularning qo’llanishi
|
bet | 1/3 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 85,31 Kb. | | #142598 |
Bog'liq 5-8 gacha - Copy
5. Egiluvchi elementlar turlari va ularning qo’llanishi
Egiluvchi temirbeton elementlarga plitalar va to’sinlar kiradi. Ular alohida holda yoki murakkab konstruksiya va inshootlar tarkibida bo’lishi mumkin.,
Plitalar deb, qalinligi h kengligi b va uzunligi l dan bir necha marta kichik bo’lgan yassi elementlarga aytiladi. Konstruksiyalarda yaxlit plitalarning qalinligi 50…100 mm qabul qilinadi. Yig’ma plitalarning qalinliklari esa ancha kam qabul qilinadi va 25…50 mm ni tashkil etadi. Plitalar payvandlangan yoki bog’lanadigan to’rlar bilan armaturalanadi. Plitalar armaturalari ishchi sterjinining diametrlari 3…12 mm qabul qilinadi. Konstruktiv talablar bo’yicha qabul qilinadigan taqsimlovchi sterjenlarning diametrlari 3…8 mm qabul qilinadi. Plitalardagi ishchi armaturalar bo’ylama yoki ko’ndalang joylashtirilishi mumkin. Plitalarni armaturalash uchun bo’ylama armaturalarning kesim yuzalari hisob bo’yicha aniqlanadi. Ishchi armatura sterjenlarining orasidagi masofalar 200 mm dan oshmasligi talab etiladi. Taqsimlovchi sterjenlar orasidagi masofalar esa 300 mm dan oshmasligi talab etiladi. Konstruktiv talablar bo’yicha qo’yiladigan armatura ko’ndalang kesim yuzasi ishchi armaturalar kesim yuzasining 10%dan kam bo’lmasligi kerak. To’sinlar. To’sinlar deb, uzunligi ko’ndalang kesim o’lchamlaridan bir necha marta katta bo’lgan elementlarga aytiladi. Bo’ylama armaturasi oldindan taranglashtirilmaydigan temirbeton to’sinlarning ko’ndalang kesimlari to’g’ri burchak, tavr, qo’shtavr va trapesiya ko’rinishida bo’lishi mumkin. Armaturasi oldindan taranglashtiriladigan to’sinlarning ko’ndalang kesimlari tavr yoki qo’shtavr shaklilarda qabul qilinadi. Tasir qiladigan yuk miqdoriga bog’liq ravishda to’sinlarning balandligi uzunligining 1/8 … 1/15 qismiga teng qilib olinishi mumkin. Armaturasi oldindan taranglashtiriladigan to’sinlarning balandliklari uzunligining 1/25 qismiga teng bo’lishi mumkin. To’sinlar ko’ndalang kesimi balandligi 500 mm gacha 50 mm ga karra etib, 500 mm dan katta bo’lganda esa 100 mm ga karra etib tayinlanadi. To’sinlaning eni (0,3……0,5) h deb qabul qilinadi.
|
| |