• Betonning markasi
  • 7. Armatura va uning sinflanishi Armaturaning qo’llanilishi va xillari
  • Betonning fizik-mexanik xossalari va mustahkamligi




    Download 85,31 Kb.
    bet2/3
    Sana21.01.2024
    Hajmi85,31 Kb.
    #142598
    1   2   3
    Bog'liq
    5-8 gacha - Copy

    6. Betonning fizik-mexanik xossalari va mustahkamligi.
    Temirbeton konstruksiyalarni tayyorlash uchun ishlatiladigan betonlar yetarli mustahkamlikka, armatura bilan yaxshi bog’lanishi va armaturani zanglashdan saqlanishi uchun yetarlicha zichlikka ega bo’lishi shart. Qo’llanilish sohasi, sovuqqa va yuqori darajadagi temperatura ta’siriga chidamliligi, yong’inga bardoshliligi, agressiv muhit ta’siridan yemirilishga chidamliligi va suvning sizib o’tishga qarshiligi bo’yicha betonlar quyidagi turlarga bo’linadi:
    Betonning tuzilishi beton mustahkamligiga va deformasiyasiga katta ta’sir ko’rsatadi. Beton tuzilishi quyidagi omillarga: 1) yirik va mayda to’ldiruvchilarning donadorlik tarkibiga; 2) suv va sementning nisbatiga; 3) zichlashtirish usuliga; 4) qotish sharoitiga; 5) sement toshining suv bilan birikish bosqichi va boshqalarga bog’liq. Betonning tuzilishi beton qorishmasini tayyorlash, joylash va zichlash jarayonida hosil qilinib, betonning uzoq muddat qotishi natijasida doimiy o’zgarib turadi. Shuning uchun beton tuzilishida kristall o’simtalar, gel, suv va havo bilan ko’p hajmni egallagan g’ovak va kapillyarlarni tartibsiz joylashgan qum va shag’al donalarining fazoviy panjarasini hosil qiladi.
    Betonning markasi – uning fizikaviy xususiyatlari bilan baholanadi va quyidagi beton markalaridan iborat:
    a) covuqqa chidamligi bo’yicha – F;
    b) suv o’tkazmaslik bo’yicha – W;
    v) zichligi bo’yicha – D;
    g) o’z – o’zidan kuchlanuvchi beton bo’yicha – Sp. Beton sinflari va markalari 1.1 jadval da ko’rsatilgan.


    7. Armatura va uning sinflanishi
    Armaturaning qo’llanilishi va xillari. Hisoblash yoki amaliy va texnologik talablar bo’yicha beton tanasiga joylashtiriladigan po’lat sterjenlarga armatura deb aytiladi. Konstruksiyalarning tashqi yuklar ta’siridan ishlash xarakteriga qarab armaturalar asosan payvandlangan sinchlar va turlar sifatida joylashtiriladi. Armaturalar konstruksiyalarda hosil bo’ladigan cho’zuvchi kuchlanishlarni qabul qilish hamda betonning siqilishdagi mustahkamligini oshirish uchun xizmat qiladi. Armaturalar asosan po’latlardan tayyorlanadi. Ba’zi hollarda temirbeton konstruksiyalarni jihozlash uchun shishaplastiklardan tayyorlangan armaturalar ham ishlatiladi. Temirbeton konstruksiyalarni jihozlash uchun ishlatiladigan armaturalar ishchi, konstruktiv va montaj armaturalarga bo’linadi. Konstruksiyalarni jihozlash uchun zo’riqishlarning qiymatlariga mos ravishda hisob orqali topiladigan armaturalar ishchi armaturalar deb ataladi. Ishchi armaturalar konstruksiyalarda bo’ylama, ko’ndalang va qiya holatda joylashtirilishi mumkin. Konstruksiyalarni jihozlash uchun konstruktiv va texnologik talablar asosida qabul qilinadigan armaturalar konstruktiv va montaj armaturalar deb aytiladi. Konstruktiv armaturalar hisob yo’li bilan e’tiborga olinmaydigan zo’riqishlarni (betonning cho’kishi va temperatura ta’siridan) qabul qilish va bu zo’riqishlarni boshqa armaturalarga tekis taqsimlab berish uchun xizmat qiladi.

    Download 85,31 Kb.
    1   2   3




    Download 85,31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Betonning fizik-mexanik xossalari va mustahkamligi

    Download 85,31 Kb.