|
5. Egiluvchi elementlar turlari va ularning qo’llanishi
|
bet | 3/3 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 85,31 Kb. | | #142598 |
Bog'liq 5-8 gacha - CopyArmaturalar sinflanishi Issiq holda chig’irlangan sterjenli armatura asosiy mexanik xarakteristikasiga ko’ra olti sinfga bo’linadi va shartli ravishda quyidagicha belgilanadi: A–I (A240), A–II (A300), A–III (A400), A–IV (A600), A–V (A800), A–VI (1000). Termik ishlov berilgan sterjenli armaturalar quyidagi to’rt sinfga bo’linadi va qo’shimcha ravishda «t» indeksi bilan belgilanadi: At–III (At400), At–IV (At600), At–V (At800), At–VI (At1000). Qo’shimcha «S» harfi bilan belgilangan aramaturalar uchma–uch payvandlanishi mumkin. «K» harfi bilan belgilangan armaturalar korroziyaga chidamli hisoblanadi. Misol uchun, At– IIIS (At400S), At–VI K(At1000K).
8.Betonning mustahkamlik bôyicha sinflari.
Betonning tuzilishi beton mustahkamligiga va deformasiyasiga katta ta’sir ko’rsatadi. Beton tuzilishi quyidagi omillarga:
1) yirik va mayda to’ldiruvchilarning donadorlik tarkibiga;
2) suv va sementning nisbatiga;
3) zichlashtirish usuliga;
4) qotish sharoitiga;
5) sement toshining suv bilan birikish bosqichi va boshqalarga bog’liq.
Betonning tuzilishi beton qorishmasini tayyorlash, joylash va zichlash jarayonida hosil qilinib, betonning uzoq muddat qotishi natijasida doimiy o’zgarib turadi. Shuning uchun beton tuzilishida kristall o’simtalar, gel, suv va havo bilan ko’p hajmni egallagan g’ovak va kapillyarlarni tartibsiz joylashgan qum va shag’al donalarining fazoviy panjarasini hosil qiladi. Beton – bu bir jinsli bo’lmagan jismdir. Unga klassik mustahkamlik nazariyasini qo’llab bo’lmaydi. Yuk ta’siridan betonda murakkab kuchlanish holati vujudga keladi. Natijada zarrachalarni birlashtiruvchi sirtda bog’lanishni buzuvchi zo’riqishlar hosil bo’ladi, betondagi g’ovaklar va bo’shliqlar vujudga kelgan joylarda kuchlanishning to’planishi sodir bo’ladi.
Beton sinfi va markasi.
Beton va temirbeton konstruksiyalarni loyihalash davrida foydalanish maqsadi, sharoitlariga ko’ra beton sifatining ko’rsatkichlari o’rnatiladi, ular orasida asosiylari quyidagilardan iborat: 1) betonning o’q bo’yicha siqilishdagi mustahkamligi bo’yicha sinfi – V; loyihaning hamma holatlarida asosiy ta’rif deb ko’rsatiladi. 2) beton o’q bo’yicha cho’zilishdagi mustahkamligi bo’yicha sinfi – Vt; agar bu xarakteristika asosiy ahamiyatga ega bo’lsa, ishlab chiqarishda nazorat qilinadigan holatlarda tanlanadi. Betonning markasi – uning fizikaviy xususiyatlari bilan baholanadi va quyidagi beton markalaridan iborat:
a) covuqqa chidamligi bo’yicha – F;
b) suv o’tkazmaslik bo’yicha – W;
v) zichligi bo’yicha – D;
g) o’z – o’zidan kuchlanuvchi beton bo’yicha – Sp.
|
| |