• 5.1. Katta uzunlikka ega bo‘lgan liniyalarning hisobi
  • 5-ma’ruza. Aniq va taxminiy ekvivalentlik usullari




    Download 196.21 Kb.
    Sana27.03.2023
    Hajmi196.21 Kb.
    #46859
    Bog'liq
    5 maruza
    Geotexnalogik quduqlar haqida umumiy ma’lumot.

    5-ma’ruza. Aniq va taxminiy ekvivalentlik usullari


    Reja:
    5.1. Katta uzunlikka ega bo‘lgan liniyalarning hisobi
    5.2. Murakkab berk elektr tarmoqlarni o‘zgartirish.
    Tayanch so‘z va iboralar: o‘zgartirish usuli, murakkab berk tarmoq, ekvivalent parallel liniyalar, uchburchakni ekvivalent yulduzga o‘zgartirish, quvvatlar taqsimoti, iteratsiya usuli, ekvivalent parallel liniyalar, katta uzunlikli liniya, aktiv qarshilik, reaktiv qarshilik, o‘ta yuqori kuchlanishli liniyalar.
    5.1. Katta uzunlikka ega bo‘lgan liniyalarning hisobi
    Bir turli EULsi parametrlari bir xil taqsimlangan elektr zanjirini ifodalab, bunda qarshiliklar - va o‘tkazuvchanliklar - zanjirni uzunligida o‘zgarmas deb qaraladi. Tok va kuchlanish liniyada doim o‘zgarib turadi: tok o‘tkazuvchanlikdagi toklar, kuchlanish qarshiliklarda kuchlanishni pasayishi sababli o‘zgaradi.
    Energiyani liniyadan to‘lqinsimon xarakterda uzatishda tok va kuchlanishni o‘zgarishi, nazariy elektrotexnika kursidan ko‘rilgan katta uzunlikdagi liniyalar uchun tenglamalardan ma’lum bo‘lib, ma’lum uzunlikdagi liniyaning boshi va oxiridagi kuchlanishlar U1 va U2, toklar I1va I2 orasidagi bog‘lanishlarni beradi.
    (5.1)
    (5.2)
    bu yerda isrofsiz liniyalar uchun (r0=0, g0=0)


    - liniyaning to‘lqinaviy uzunligi
    - liniyaning to‘lqinsimon qarshiligi.
    Haqiqiy liniya uchun

    O‘ta yuqori kuchlanishli zamonaviy (U>330 kV) liniyalarni isrofsiz liniyalar deyiladi, chunki katta miqdordagi quvvatni o‘tkazish uchun ularda kesim yuzasi katta bo‘lgan simlar qo‘llaniladi.
    Masalan, Konakovo-Leningrad liniyasining har bir fazasi kesim yuzasi 240 mm2 li 5 ta bo‘lingan simdan tashkil topgan. Shunday qilib, F=1200 mm2. F ni katta qiymatlarida R< va λl - liniyaning asosiy xarakteristikalari hisoblanadi. Formuladan ko‘rinadiki, uzunlik ga bog‘liq emas va liniyaning parametrlari bir xil bo‘lganida zanjirning har qanday nuqtasi uchun o‘zgarmasdir. Yakka simli havo liniyalarida , fazasi ikkita simdan iborat bo‘lganida fazasida uchta sim bo‘lsa kabel liniyalari uchun yakka simli havo liniyasiga nisbatan 6-8 marta kamayadi.
    Energiyani tarqalish tezligi va to‘lqinsimon va to‘lqin uzunligi Unda liniyaning to‘lqinsimon uzunligi bo‘ladi:

    Har qanday uzunlikdagi liniyani qarshiliklari Z=R+jX va chetlaridagi o‘tkazuvchanlik Y/2=G/2+jB/2 bo‘lgan «P» ko‘rinishdagi to‘plangan parametrli ekvivalent almashtiruv sxema sifatida tasavvur qilsa bo‘ladi. Liniyani «P» ko‘rinishli almashtiruv sxemasi yordamida (5.1) ifodaga o‘xshagan U1 uchun tenglama tuzish mumkin:
    (5.3)
    bu yerda U2F·U/2 – liniyaning oxiridagi o‘tkazuvchanlik toki. Shunday qilib, uzunligi katta liniyalar uchun ifodalarda ko‘rsatilgan liniyaning parametrlarini liniyaning uzunligiga taqsimlanishini hisobga oluvchi qandaydir tuzatish koeffitsientlari KZ, KU yordamida bog‘lab, so‘ngra oddiy almashtiruv sxemasidagi (5.3) ga o‘xshagan ifodalar yordamida hisoblash mumkin.

    5.1-rasm. Uzunligi katta liniyalarni liniyalarni himoyalash sxemasi


    300 km uzunlikkacha bo‘lgan havo elektr uzatish liniyalari va 50 km gacha bo‘lgan kabel liniyalarda tuzatish koeffitsientlari 1 ga yaqindir, shuning uchun taqsimlangan parametrli liniyalarni hisoblashda hisobga olinmaydi. Uzunligi katta bo‘lgan liniyalarni shunday uzunlikdagi qator uchastkalarga bo‘lib, parametrlari taqsimlanish xususiyatidan voz kechish, hisoblarda katta xatoliklarni yuzaga keltirmaydi. Har bir 280-320 km. uzunlikdagi havo EUL uchastkalari «P» ko‘rinishli almashtiruv sxemasi sifatida ko‘rsatiladi, natijada katta liniyalarni zanjirli ketma-ket ulangan «P» ko‘rinishli almashtiruv sxemasi hosil bo‘ladi. Bunday sxemaga o‘tish liniya oxiridagi kuchlanish va toklar orasidagi munosabatni aniqlashga imkon beribgina qolmay, balki uzunligi katta bo‘lgan liniyalarda ularni qiymatlarini oraliq nuqtalarida ham ko‘rsatadi, bu esa amaliy maqsadlar uchun juda zarurdir. Zanjir sxemali liniyalarni hisoblash ketma-ket bir uchastkadan ikkinchisiga o‘tib amalga oshiriladi.
    Download 196.21 Kb.




    Download 196.21 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-ma’ruza. Aniq va taxminiy ekvivalentlik usullari

    Download 196.21 Kb.