5-MA’RUZA
AYLANIB BURG’ILOVCHI MASHINALAR
Ma’ruza rejasi:
1. Yer osti burg‘ilash mashinalarining umumiy sinflari.
2.
Kon parmalarining vazifalari, turlari, konstruktiv tuzilishi va ishlatilishi.
3. Kolonkali parmalar turlari, konstruktiv tuzilishi, ishlash usuli va ishlatilish ko‘lami.
4. Aylantirish usuli bilan ishlatiladigan mashinalarni ishlatishdagi xavfsizlik koidalari
Tayanch so‘zlar va iboralar: Yer osti burg‘ilash
mashinasi, umumiy sinflari, kon
parmalari, kolonkali parma, qo‘l parmasi,
konstruksiyasi, ishlatilish ko‘lami, turlari, ishlatilish
ko‘lami, burg‘ilashda xavfsizlik qoidalari.
Burg‘ilash mashinalari va qurilmalari sinflari. Yer osti kon lahimlarini o‘tishda
shpurlarni burg‘ilash uchun burg‘ilash mashinalari va burg‘ilash qurilmalari ishlatiladi.
Burg‘ilash mashinasini - burg‘ilash kallagi, uzatuvchi, shtanga va burg‘ilash asbobining
konstruktiv birikmasidan tashkil topgan mashinadir.
Burg‘ilash kallagi zarbli yoki zarbsiz burovchi momentni hosil qiladi.
Uzatuvchi esa shtanga yordamida burg‘ilash kallagini siljitishga va burg‘ilash asbobiga o‘q
yo‘nalishidagi talab qilingadigan bosimni hosil qilishga xizmat qiladi.
Burg‘ilash mashinasi burg‘ilash asbobiga aniq bir yo‘nalish beradi va shpur burg‘ilashni
ta’minlaydi.
Burg‘ilash mashinalari quyidagi asosiy belgilariga qarab sinflarga ajratiladi:
burg‘ilash kallagi turi bo‘yicha –
aylantiruvchi, aylantirib-zarb beruvchi, zarb berib-
aylantiruvchi, zarb
berib-buruvchi va universal;
og‘irligi bo‘yicha – engil (10 kg gacha), o‘rtacha (20-60 kg ) va og‘ir ( 60 kg dan yuqori);
ish joyiga o‘rnatilish usuli bo‘yicha – qo‘lda, kolonkali va mexanik, maxsus arava (kareta)
manipulyatoriga o‘rnatiladigan;
iste’mol qilayotgan enegiyasi turi bo‘yicha – elektrik, pnevmatik, gidravlik va aralash;
burg‘ilash kallagi zarb chastotasi bo‘yicha (bir sekundda) – oddiy turdagi (80 gacha) va tez
zarbli (80 dan oshiq);
uzatuvchisining turi bo‘yicha – reykali,
zanjirli, sim arqonli, burama vintli,
gidravlik,
pnevmatik va aralash uzatmali;
uzatuvchining uzatish uzunligi bo‘yicha – oddiy (2 m gacha), o‘rtacha ( 3 m gacha) va uzun
( 3-5 m);
burg‘ilash koronkasi diametrining chegaraviy qiymati bo‘yicha – kichik diametrli (52 mm
gacha) va katta diametrli shpurlarni burg‘ilash uchun (52-85 mm);
shpurni tozalash usuli bo‘yicha – suv bilan yoki suv-havo aralashmasi bilan yuvuvchi, havo
bilan haydash yoki so‘ruvchi, burama vintli shtanga yordamida tozalash;