5-ma’ruza aylanib burg’ilovchi mashinalar ma’ruza rejasi




Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana14.12.2023
Hajmi0,55 Mb.
#118606
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-Ma\'ruza
5, sobirjanov bobur4amaliy, Iqtisodiy tahlil
 
Kon parmalari ko‘mir va yumshoq tog‘ jinslaridan aylantirish usuli bilan shpurlar 
burg‘ulashga mo‘ljallangan. Kon parmalari quyidagicha sinflarga ajratiladi: 
Qabul qilish energiyasi bo‘yicha — elektrik, pnevmatik va gidravlik; 
YUritmasi quvvati va o‘rnatilish usuli bo‘yicha — qo‘lda va kolonkali. 


Qo‘lda ishlatiladigan kon parmalari qattiqlik koeffitsienti f≤4 bo‘lgan ko‘mir va yumshoq 
tog‘ jinslaridan diametri 40—45 mm va chuqurligi 1,5—3 m li shpurlar burg‘ulashga 
mo‘ljallangan. Bunday parmalarda shpurlar burg‘ulash odatda qo‘lda, ayrim hollarda engil 
tayanch qurilmalarida bajariladi. Qo‘lda ishlatiladigan parmalar massasi 16-25 kg ni tashkil qiladi.
Konchilik korxonalarida parmalarning eng ko‘p tarqalgan turi elektr energiyasida ishlovchi 
kon parmalaridir. Bunda yuritma sifatida 1,0—1,4 kVt quvvatli 3000 ayl/min sinxron chastotali 
uch fazali asinxron dvigatellar ishlatiladi. Qo‘l parmalarining barchasida xavfsizlik qoidalariga 
binoan 127 V kuchlanish iste’mol qilinadi.
Kon elektroparmalari RV tipida portlashga xavfsiz ishlab chiqarilgan bo‘lib, gaz va 
changga xavfli shaxtalarda ishlatiladi. 
Ko‘mir va yumshoq tog‘ jinslaridan shpur burg‘ulashda kon parmalari o‘q 
yo‘nalishidagi bosim kuchi 200—250 N bo‘lib, burg‘ulash tezligi 0,2—1,0 m/min dan 
oshmaydi. Qattiq ko‘mirdan shpur burg‘ulashda bu kuchning qiymati taxminan 10 marotaba 
oshirilishi kerak. Bunday xollarda mexanik uzatishli va ko‘chiriluvchan engil tayanch kolonkali 
ERP-18DM tipidagi elektroparma ishlatiladi. Mamlakatimiz konchilik korxonalarida asosan 
to‘rt turdagi qo‘l elektroparmalari ishlatiladi.
Qo‘l elektroparmalarining texnik xarakteristikalari 
Ko‘rsatgichlari
SER-19M 
ER14D-2M ER18D-2M 
ERP18D-2M 
Eng kichik (yarim soatli) 
quvvati, kVt
1,2 
1,0 
1,4 
1,4 
SHpindelning aylanish chastotasi, 
ayl/min 
340/700 
860 
640 
300 
Gabaritlari, mm 
370X318X 
XZOO 
380X316X 
X248 
395X316X 
X248 
460X316X 
X248 
Massasi, kg 
18 
16,5 
18 
24,5 

Download 0,55 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



5-ma’ruza aylanib burg’ilovchi mashinalar ma’ruza rejasi

Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish