• 1. Favqulodda vaziyat tushunchasi, texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar, ularning xususiyatlari. Favqulodda vaziyat
  • 5-ma’ruza. Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi




    Download 140 Kb.
    bet1/8
    Sana08.08.2023
    Hajmi140 Kb.
    #78201
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    5 ma’ruza. Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi
    OEN7atu6XaCYsjQnJ9d4OvoqOhKLkjKTUkJVBUVs (1), Avtomobilning elektr jihozlari, 7 sinf fizika impuls, Ixtisoslashtirilgan boshlang`ich sinflar uchun matematikadan didaktik, KU konference Axboror xati 2023, elektronika 1, 7-Fizika-2018, Materiallar qarshiligi, Melibayev M. Texnologik jihozlarni hisoblash va konstruksiyalash, Biznesda SI1, Tabiiy geterohalqali birikmalar kimyosi. Siddiqov G\'. Xaydarova D, 1 боб Қурилиш материалларининг асосий хоссалари (1), tarjimay xol, Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u-fayllar.org



    5-ma’ruza. Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi.


    Reja:
    1. Favqulodda vaziyat tushunchasi, texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar, ularning xususiyatlari.
    2. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi
    3. Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlashni tashkil etish
    4.Favqulodda vaziyatlarda avaryia-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni tashkil etish


    1. Favqulodda vaziyat tushunchasi, texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar, ularning xususiyatlari.
    Favqulodda vaziyat - odamlar qurbon bo‘lishiga, ularning sog‘lig‘i yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishga hamda odamlarning hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan holat.
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 oktyabrda qabul qilingan “Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi to‘g‘risida” 455-sonli qaroriga asosan favqulodda vaziyatlar ularning vujudga kelish sabablariga (manbalariga) ko‘ra Texnogen, Tabiiy va Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarga va ushbu vaziyatlarda zarar ko‘rgan odamlar soniga, moddiy zararlar miqdoriga va ko‘lamlariga (hududlar chegaralariga) qarab Lokal, Mahalliy, Respublika va Transchegara turlariga bo‘linadi.
    Lokal favqulodda vaziyatga 10 dan ortiq bo‘lmagan odam jabrlangan, yoxud 100 dan ortiq bo‘lmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan, yoxud moddiy zarar favqulodda vaziyat paydo bo‘lgan kunda eng kam oylik ish haqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiq bo‘lmagan hamda favqulodda vaziyat zonasi ishlab chiqarish ob’ekti yoki ijtimoiy maqsadli ob’ekt hududi tashqarisiga chiqmaydigan favqulodda vaziyat tegishli bo‘ladi.


    Mahalliy favqulodda vaziyatga 10 dan ortiq, biroq 500 dan ko‘p bo‘lmagan odam jabrlangan, yoxud 100 dan ortiq, biroq 500 dan ko‘p bo‘lmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan, yoxud moddiy zarar eng kam oylik ish haqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiqni, biroq 0,5 million baravaridan ko‘p bo‘lmagan hamda favqulodda vaziyat zonasi aholi punkti, shahar, tuman, viloyat tashqarisiga chiqmaydigan favqulodda vaziyat tegishli bo‘ladi.


    Respublika favqulodda vaziyatiga 500 dan ortiq odam jabrlangan, yoxud 500 dan ortiq odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan, yoxud moddiy zarar eng kam oylik ish haqi miqdorining 0,5 million baravaridan ortiq bo‘lgan hamda favqulodda vaziyat zonasi viloyat tashqarisiga chiqadigan favqulodda vaziyat tegishli bo‘ladi.


    Transchegara favqulodda vaziyatga oqibatlari mamlakat tashqarisiga chiqadigan, yoxud favqulodda vaziyat chet elda yuz bergan va O‘zbekiston hududiga daxl qiladigan favqulodda vaziyat tegishli bo‘ladi.

    Download 140 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 140 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-ma’ruza. Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi

    Download 140 Kb.