• Spansulalar.
  • Jelatinaning olinishi Jelatinni kapsula olishda qo‘llanilishining asosiy sababi uning suvli eritmasi, sovushi natijasida qattiq gelga (lotincha gelare
  • 5-ma’ruza. Kapsulalar va ularni ishlab chiqarish texnologiyasi. Reja




    Download 170.32 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/6
    Sana17.05.2023
    Hajmi170.32 Kb.
    #60857
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    kaps
    axborot xavsizligi, Maktab jismoniy tarbiya dasturlarining hususiyatlari va qiyosiy, METALLARGA MEXANIK ISHLOV BERISH, dalolatnoma, 11 grade all control works and their answers, tabletka, ehtimol topshiriq 1, 1-маъруза 2-курс, Fizika. 7-sinf (2017, P.Habibullayev, A.Boydedayev), 47962, net2, LABORATORIYA ISHI-01, M.A.Xoshimxonova, 1710079104
    Tubatinalar. Bu maxsus bolalar amaliyotida ishlatiladigan dori shakli bo‘lib, 
    bo‘yni cho‘zinchoq yumshoq kapsulalardir. Tabletka yuta olmaydigan yosh bolalar 
    tubatinaning bo‘ynini tishlab teshadi va uning chichdagi dori moddasini so‘rib 
    oladi.
    Spansulalar. Buqattiq kapsulalar turiga kirib, uning tarkibidagi dori moddasi turli 
    xil vaqtlarda erishini ta’minlovchi moyli qobiqlar bilan qoplangan mikrokapsulalar 
    yoki mikrodrajelar aralashmasidan iborat. 
    Medulalar. Qattiq jelatina kapsulalari bo‘lib, tarkibida plyonka bilan qoplangan 
    mikrokapsulalardan iborat
    1
    . Spansula va medulalarning tarkibiga 3, 4 hatto 5 ta 
    turdagi, har xil qobiq bilan qoplanganmikrokapsuslalarni joylashtirish mumkin. Bu 
    yadroni erish vaqtini uzaytirishi bilan dori moddasining ta’sirini uzaytiradi. 
    Keyingi paytlarda chaynash uchun mo‘ljallangan yumshoq elastik kapsulalarni 
    ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yilmoqda. Rektal kapsulalar to‘g‘ri ichak shilliq 
    qavatida yuqori so‘rilish darajasiga ega bo‘lib, dori moddasini boshqa ta’sirlarga 
    uchramasdan yuqori biosmaradorlikka erishishiga olib keladi. Bu kapsulalar ichak 
    shilliq qavatiga hech qanday zararli ta’sir ko‘rsatmaydi.
    Jelatin kapsulalarning sifati uning tarkibidagi plenka xosil qiluvchilarning tabiati 
    va miqdoriga qarab belgilanadi. Bugungi kunda ularning 50 dan ortiq turlari sanoat 


    miqyosida kapsula ishlab chiqarishda ishlatilmoqda. Masalan, jelatin, zein, moylar, 
    parafin, etilsellyuloza, metilsellyuloza, polietilen, neylon, polivinilxlorid va 
    boshqalar.
    Kapsulalarni olish uchun xom ashyo sifatida asosan jelatin ishlatiladi. 
    Saqlanishi:belgilangan saqlanish muddatini ta’minlaydigan qaodoqlarda, zarur 
    bo‘lsa sovuq joylarda saqlanadi. 
    Jelatinaning olinishi 
    Jelatinni kapsula olishda qo‘llanilishining asosiy sababi uning suvli eritmasi, 
    sovushi natijasida qattiq gelga (lotincha gelare – qotish) aylanish qobiliyatiga ega 
    ekanligidadir. U kollagen saqlovchi turli xil xom ashyolardan, ayniqsa yirik shoxli 
    qoramolning suyak, tog‘ay va chayirlari va cho‘chqaning terisidan 2 xil usul, ya’ni 
    kislotali va ishqorli usullarni qo‘llash orqali olinadi. Ular bir-biridan izoelektrik 
    nuqtalar (pH 7,0-9,0 va pH 4,7-5,0) bilan farqlanib, kislotali usulda olingan 
    mahsulot jelatin “A” va ishqorli usulda olingan mahsulot jelatin “B” nomi bilan 
    ma’lum. Jelatin “A” samaradorligi yuqori bo‘lsada (yuqori qattiqlikka va 
    qovushqoqlikka ega bo‘lgan eritma hosil qiladi), ishlab chiqarish amaliyotida 
    ko‘proq jelatin “B” ishlatiladi. Xom ashyo turiga va olinish usullariga ko‘ra 
    jelatinni fizik-kimyoviy xossalari o‘zgaradi. Tashqi ko‘rinishi bilan u rangsiz yoki 
    sarg‘ish-tovlanuvchan, xidsiz, mazasiz, egiluvchan mayda plastinkalar holida 
    bo‘ladi. Jelatin kollagenni gidroliz mahsulotining bir qismi bo‘lib, uning oqsil 
    molekulasining asosida 19 ta aminokislotadan iborat, polipeptid zanjir bo‘lib, 
    uning tipik vakillari glitsin, prolin, oksiprolin, arginin, lizin, glyutamin kislotasi va 
    boshqalar. U o‘zidan bir butun moddani tashkil qilmasdan, 25 tagacha 
    qovushqoqligi va 2 ta modifikatsiya b-zol-shakl va v-gel-shakllari bilan 
    farqlanuvchi fraksiyalar sistemasidan iboratdir. Jelatin makromolekulasi oddiy 
    sharoitda tayoqchasimon vintli spiral shaklli bo‘lib, uning vitkalari vodorod 
    bog‘lari bilan bog‘langan. Haroratni oshishi bilan vodorod bog‘lari uzilib, tartibsiz 
    to‘pcha hosil qiladi, natijada oqsil cho‘kmaga tushadi. Harorat, muhit pH qiymati, 
    erituvchi, eritmaning ion kuchalari o‘zgarishi hisobiga b-zol-shakl v-gel shaklga,
    v-gel-shakl b-zol-shaklga o‘tib turadi, bu jarayon qaytardir. 20-25
    0
    S haroratda 
    hosil bo‘ladigan molekulaning spiral shakli, eritma strukturaning qovushqoqligi va 
    uning ivish xossasini ta’minlaydi. Eritma haroratini 35-40
    0
    S gacha ko‘tarilishi, 
    uning Nyuton suyuqligi xusutinipaydo qiladi. “Jelatin. Tibbiyot sanoatida ishlatish 
    uchun xom ashyo” asosiy ko‘rsatkichlari keltirilgan DST 11293-89 bilan 
    tasdiqlangan. 

    Download 170.32 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 170.32 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-ma’ruza. Kapsulalar va ularni ishlab chiqarish texnologiyasi. Reja

    Download 170.32 Kb.
    Pdf ko'rish