• Shart operatori.
  • 5-ma’ruza. Tarmoqlanuvchi jarayonlarni dasturlash Reja




    Download 90,95 Kb.
    bet1/7
    Sana20.09.2024
    Hajmi90,95 Kb.
    #271786
      1   2   3   4   5   6   7

    5-ma’ruza. Tarmoqlanuvchi jarayonlarni dasturlash
    Reja:

    1. Tarmoqlanuvchi jarayonlarni dasturlash.

    2. Qisqa, to‘liq va so‘roq shartli operatorlari va ularning ishlash mexanizmlari asosida dastur yaratish.

    Programmalash tili operatorlari yechilayotgan masala algoritmini amalga oshirish uchun ishlatiladi. Operatorlar chiziqli va boshqaruv operatorlariga bo’linadi. Aksariyat holatlarda operatorlar «nuqta-vergul» (‘;’) belgisi bilan tugallanadi va u kompilyator tomonidan alohida operator deb qabul qilinadi (for operatorining qavs ichida turgan ifodalari bundan mustasno). Bunday operator ifoda operatori deyiladi. Qiymat berish amallari guruhi, xususan, qiymat berish operatorlari ifoda operatorlari hisoblanadi:


    I++;
    --j;
    k+=I;

    Programma tuzish amaliyotida bo’sh operator - ‘;’ ishlatiladi. Garchi bu operator hech nima bajarmasa ham, hisoblash ifodalarini til qurilmalariga mos kelishini ta’minlaydi. Ayrim hollarda yuzaga kelgan «boshi berk» holatlardan chiqib ketish imkonini beradi.


    O’zgaruvchilarni e’lon qilish ham operator hisoblanadi va ularga e’lon operatori deyiladi.
    Shart operatori. Oldingi mavzularda misol tariqasida keltirilgan programmalarda amallar yozilish tartibida ketma-ket va faqat bir marta bajariladigan holatlar, ya’ni chiziqli algoritmlar keltirilgan. Amalda esa kamdan-kam masalalar shu tariqa yechilishi mumkin. Aksariyat masalalar yuzaga keladigan turli holatlarga bog’liq ravishda mos qaror qabul qilishni (yechimni) talab etadi. C++ tili programmaning alohida bo’laklarining bajarilish tartibini boshqarishga imkon beruvchi qurilmalarning yetarlicha katta majmuasiga ega. Masalan, programma bajarilishining birorta qadamida qandaydir shartni tekshirish natijasiga ko’ra boshqaruvni programmaning u yoki bu bo’lagiga uzatish mumkin (tarmoqlanuvchi algoritm). Tarmoqlanishni amalga oshirish uchun shartli operatordan foydalaniladi.

    Download 90,95 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 90,95 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-ma’ruza. Tarmoqlanuvchi jarayonlarni dasturlash Reja

    Download 90,95 Kb.