• Tabiat va jamiyatning uzaro munosabati
  • Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar
  • [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 26-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2817]




    Download 103,5 Kb.
    bet2/2
    Sana13.05.2024
    Hajmi103,5 Kb.
    #230044
    1   2
    Bog'liq
    5-mavzu. Antropogen o‘zgarishlar

    [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 26-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2817]
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-martdagi 109-son “O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi” to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
    1. “O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi” to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
    2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
    Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobini tayyorlash, nashr etish va yuritishni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
    Hujjat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 17 iyuldagi PQ-3861-son qarori ijrosini ta'minlash, kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi hayvonlar va yovvoyi tarzda o‘suvchi o‘simliklarning turlari (kichik turlari)ni saqlab qolish va qayta ko‘paytirishni ta'minlash maqsadida qabul qilingan.
    Quyidagilar:
    O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobini tayyorlash, nashr etish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
    Kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi hayvonlar va o‘simliklarni saqlab qolish bo‘yicha idoralararo komissiya tarkibi tasdiqlandi.
    O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobini tayyorlash, nashr etish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, Qizil kitob O‘zbekiston Respublikasi hududida yashaydigan hayvonlar, yovvoyi o‘simliklar va qo‘ziqorinlar turlarining (kenja turlarining) holati, tarqalishi, kamyoblik maqomi va yo‘qolib ketish xavfining maqomi va muhofaza choralari to‘g‘risidagi ma'lumotlar majmui hisoblanib, kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlarning (kenja turlarning) muhofazasi va ularni qayta tiklash maqsadida tashkil etiladi.
    Quyidagilar Qizil kitobni tayyorlash, nashr etish va yuritish bo‘yicha vakolatli davlat tashkilotlari hisoblanadi:
    uni nashr etishni tashkil qilish va yuritish bo‘yicha – O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza etish davlat qo‘mitasi;
    uni nashr etishga tayyorlash bo‘yicha – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi.
    Qizil kitobga hayvonot va o‘simlik olami turlarini (kenja turlarini) kiritish (undan chiqarish) bo‘yicha takliflar va tavsiyalarni tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti va Botanika instituti ishlab chiqadi.
    Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish (undan chiqarish) va ularni muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish Kamyob va yo‘qolib ketish arafasida turgan hayvonlar va o‘simliklarni muhofaza qilish bo‘yicha idoralararo komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
    Quyidagilar Qizil kitobni tayyorlash va nashr etish bo‘yicha asosiy tadbirlar hisoblanadi:
    Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish bo‘yicha takliflarni tayyorlash va ularning muhokamasida ishtirok etish;
    Qizil kitobga kiritilgan turlarning (kenja turlarning) davlat hisobini yuritish (zamonaviy holati va holatining o‘zgarishi borasidagi tendensiyalar to‘g‘risidagi ilmiy ma'lumotlarni yig‘ish va tahlil etish bilan birgalikda);
    Qizil kitobning rasmiy nashrlariga turlar bo‘yicha suratli ilmiy mavzular, maqolalar tayyorlash;
    Qizil kitobni nashr etishni tashkil etish va uning rasmiy nashrlarini tarqatishni ta'minlash.
    Insonning tabiatga ko‘rsatgan ta’siri borgan sari ortib bor­moqda. 80-yillarda o‘tkazilgan aerokosmik ma’lumotlarga ko‘ra, Er yuzida in­son tegmagan er maydoni 38 mln km2 (yoki 28%) ni tashkil etadi. Tex­nikaning rivojlanishi insonning tabiatga ko‘rsatgan salbiy ta’sirini, ayniqsa, kuchaytirmokda. Er yuzidagi yashil o‘rmonlarda ki­shilar tomoni­dan hosil qilingan ko‘p miqdordagi yashil teshiklar ozon qavatidagi te­shiklarga nisbatan ham xavfliroqdir.
    Уеr yuzidagi ekologik krizisning chuqurlashib borishiga rivojla­na­yot­gan mamlakatlar ham o‘z ta’sirlarini kuchaytirmoqdalar. Ular sanoat tarmoqlarini rivojlantiraman deb, o‘zlarining tabiatlarini buz­moqdalar.
    Tashqi muhitning stabilligida, ya’ni uning muvozanatini ushlab tu­rishda dunyo okeani va buzilmagan er yuzining tabiiy eko­sistemalari asosiy rol o‘ynaydi.
    Уеr yuzidagi ana shunday tabiiy ekosistemalarga SHimoliy yarim­sharda Kanada va Rossiyaning ekosistemalari kirsa, Janubiy yarim sharda esa Braziliya, Afrika ekvatori hamda Avstraliya kiradi. Bio­sferaning doi­miylik xususiyatini ushlab turishda Amazonka daryosi atrofida joylash­gan ko‘p mahsuldor, namlik tropik o‘rmonlar, ay­niqsa, muhim ahamiyat kasb etadi.
    Уеr yuzida hozirgi kunda kishilar tomonidan band qilingan erlar 25 mln km2 ni, ya’ni quruqlikning 1/6 qismini tashkil etadi. Shun­dan 10 mln km2 ni shaharlar, posyolkalar, qurilishlar, kommuni­katsiyalar, poligonlar, tog‘ kon zavodlari joylashgan land­shaftlar egal­lagan bo‘lsa, qolgan 15 mln km2 erlar agrotsenoz­lar va haydala­digan erlarni tashkil qiladi. Chorva mollari uchun aj­ratilgan erlar 25 mln km2 ga yaqin. Demak, hozir insonning to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazo­rati ostida 50 mln km2 er mavjud.
    Er yuzasiga ko‘rsatilayotgan antropogen ta’sir benihoya katta. Agar at­mosferaga bir yilda bir mln tonnaga yaqin zararli moddalar (SO2 siz) ajratib turilsa, Gidrosferaga 15 mln tonnaga yaqin ifloslanti­ruvchi moddalar tashlanadi. Er yuzasi esa 85 mln tonnaga yaqin antropo­gen chiqindilar bilan ifloslanadi. Ba’zi bir ma’lu­motlarga qaraganda 90 yillarda bu ko‘rsatkich 1500 km3 dan oshgan. Er yuzasi aholisining har bir jon boshiga o‘rta hisobda bir yilda 1,2 tonna ish­lab chiqarish chiqindilari va 14 tonnaga yaqin xom ashyoni qayta ishlash chiqindilari to‘g‘ri keladi.
    Biroq, inson uchun bu chiqindilar orasida eng xavflisi toksik mod­dalar bo‘lib, ular ichimlik suvlar, oziq-ovqat moddalar hamda in­son va hayvonlar uchun oziqa hisoblangan o‘simliklarni zaharlaydi. Ana shun­day toksik moddalarga birinchi navbatda og‘ir metal birik­malari, ba’zi bir neft chiqindilari (politsiklik aromatik uglevo­dorodlar (PAU), di­oksinlar shaklidagi birikmalar, hamda har xil sintetik zaharlar – biotsidlar kiradi. Bundan tashqari ularga jango­var zaharlovchi moddalar ham kiradi (OV).
    Biosfera va tuproqning ifloslanishi ko‘pchilik foydali hasharotlar, baliqlar, qushlar va boshqa xil hayvon populyasiyalarining o‘lib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Butun dunyo sog‘liqni saqlash tashki­lotining ma’lumotlariga qaraganda har yili 2 mln ga yaqin kishilar pestitsid­lar bilan zaharlanmoqda va 40 mingga yaqin kishi hayot bilan vidolash­moqda.
    Zamon talabidan kelib chiqqan holda hozirgi kunda qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalariga qarshi biologik usullarni qo‘llashni keng joriy qilish lozim.
    Tashqi muhitni zaharlaydigan muhim moddalardan biri bu – diok­sinlardir. Bularning ta’siri ko‘p vaqtgacha, jumladan odam organiz­mida bir yilgacha saqlanib qoladi. Ko‘mir va axlatlarning yonishi, av­tomobil dvigatellarining ishlashlari natijasida ham zaharli diok­sinlar ajra­lib chiqadi.
    Tabiat va jamiyatning uzaro munosabati
    Tabitada barcha narsa va xodisalar uzaro chambarchas boglangan. Ulik tabiat elementlari uzaro bir biri bilan ta’sirda bulishi bilan birga, tirik tabiat bilan xam boglangandir. Tabiatdagi uzaro ta’sir jarayonlarida tirik organizmlar aktivrok buladi. Akd. Vernadskiy ta’biri bilan aytganda “ Tirik modda kuyosh energiyasining kimyo boglar energiyasiga aylantiruvchi asosiy va yagona ma’badir.” Er sharining tirik organizmlar tarkalgan kismi biosfera deb ataladi. Biosfera tarkibiga atmosferaning troposfera deb ataluvchi 10-16 km kalinlikdagi pastki kismi, butun gidrosfera va litosferaning ustki kismi kiradi.
    Tabiat bilan shu tabiatning bir kismi bulgan inson jamiyati xam uzaro ta’sirda buladi. Inson jamiyati rivojlanib borgan sari uning tabiatga ta’siri xam kuchayib bormokda.
    Inson jamiyatining tabiatga ta’siri ongli va ongsiz bulishi mumkin. Insonning tabiatga ongli ta’siri deganda, oldindan rejalashtirilgan, ma’lum maksadni amalga oshirish uchun tabiatga ta’siri tushuniladi. Masalan, urmonlarni kesish, balik ovlash, foydali kazilmalarni kazib olish va x.o. Insonning tabiatga ta’siri kup xollarda tabiiy resurslardan foydalanishga karatilgan va bu ta’sir tabiiy resurslarning kamayishiga olib kelishi mumkin. Insonning tabiatga ongli ta’siri tabiiy resurslarni tiklashga va kupaytirisha karatilgan bulishi xam mumkin. Masalan, urmon barpo kilinishi, baliklarni kupaytirish va x.o. Insonning tabiatga ta’siri ongsiz yoki stixiyali ravishda xam bulishi mumkin. Insonning tabiatga ongsiz ta’siri oldindan rejalashtirilmagan va xar xil yunalishda buladi. Bunday ta’sirning natijasi kup xollarda sezilmaydi. Lekin bu ta’sirlarning xammasi birga kushilsa, okibati yomonrok bulishi mumkin. Dam oluvchilar tomonidan urmonning oyok osti kilinishi, ifloslanishi urmonlarning kurimsiz bulib kolishiga, nest nobud bulishiga olib keladi.
    Insonning tabiatga ta’sirini bevosita va bilvosita ta’siriga ajratish mumkin. Kumir kazib olganda, yogoch kesganda inson kumir yoki urmonga nisbatan tugridan tugri yoki bevosita ta’sir kursatadi. Insonning tabiatga bevosita ta’siri kup xollarda ongli ta’sir buladi, ba’zan ongsiz ta’sir xam bulishi mumkin.
    Bilvosita ta’sirda inson tabiatning muayyan ob’ektiga emas balki butunlay boshka ob’ektlarga ta’sir kiladi. Insonning tabiatga bilvosita ta’siri ongsiz ta’sir bulib, u kutilmagan va zararli okibatlarga olib keladi. Masalan, urmonning kesilishi urmonga nisbatan tugridan tugri ta’sir bulsada, bu urmondagi xayvonot dunyosining uzgarishiga, sizot suvlari satxining pasayishiga, tuprok eroziyasiga olib keladi. Zararkunandalarga karshi zaxarli ximikatlarning kullanilishi foydali xasharotlarning ulimiga, tuprok mikroflorasining uzgarishiga olib keladi. Bu insektitsidlarning tuprokdagi va usimliklardagi koldiklari usimlik maxsulotlari orkali odam salomatligiga xam ta’sir kiladi.
    Inson jamiyatining tabiatga ta’siri, asosan, insonning tabiiy resurslarga bulgan extiyojini kondirilishiga karatilgan.
    Jamiyat xayotini tabiiy resurslarsiz tasavvur kilib bulmaydi. Insonning xayoti, xujalik faoliyati uchun zarur bulgan barcha tabiiy jismlar, xodisalar va jarayonlar tabiiy resurslar deb tushiniladi. Tabiiy resurslar real va potensial tabiiy resurslarga ajratiladi. Jamiyat tarakkiyotining muayyan boskichida inson tomonidan foydalaniladigan barcha resurslar real tabiiy resurslar deydi. Potensial tabiiy resurslar deganda tabiatda mavjud, lekin jamiyat tarakkiyotining muayyan boskichida ayrim sabablarga kura inson tomonidan foydalanilmaydigan resurslar tushuniladi. Masalan, dengiz va okean suvlari tozalash texnik vositalarining mukammal emasligi natijasida ichimlik suvi sifatida foydalanilmaydi.


    Antropogen ifloslanishlarni nazorat usullari
    Hamma nazorat usullarini ikki guruhga ajratish gtumkin – bevosita muhitda va masofada turib nazoart qilish usullari. ¡z navbatida bu usullar kuzatuv va instrumental (o‘lchov asboblari) turlariga bo‘lingak
    Masofada turib nazorat usuliga hamma er yuzidan 2m balandlikdan yuqorida o‘lchov asboblari kiradi. Oxirgi yillarda masofadan gurib nazorat olib borish, ayniqsa katta maydonlarni ekologik nazoratni (viloyat, respublikada) olib borishda keng qo‘dlanilmoqda; o´rtacha o‘lchamli maydonlarda (shahar, tumanlarda) ekologik xolatinp. Ko‘zdan kechirish va o‘lchov asbobla bilan maxsus xarakat1i avtolaboratoriyalar yordamida olib boriladi. Bu laboratoriya-xar qatorida havo muhitini, suv sifatini aniqlash va agro kimevki laboratoriyalar va boshqalar. Atrof tabiiy muhitni ifloslanish nazorati tabiiy atrof muhitni boshqaruvini asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi.


    Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar

    1. Insonning tabiatga ta’sir etish usullarini kursating.


    2. Tabiiy resurslar kanday guruxlarga ajratiladi?
    3. Ruxsat etilgan mikdor (REM) nima?
    4. Atmosfera ifloslanishini kanday oldini olish mumkin?
    Download 103,5 Kb.
    1   2




    Download 103,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 26-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2817]

    Download 103,5 Kb.