|
5-mavzu. Antropogen o‘zgarishlar
|
bet | 1/2 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 103,5 Kb. | | #230044 |
Bog'liq 5-mavzu. Antropogen o‘zgarishlar
5-MAVZU. ANTROPOGEN O‘ZGARISHLAR.
Reja:
1. Insonlarning xo’jalik faoliyati natijasida atrof-muhit xolatining o’zgarishi va uning oqibatlari. «Qizil kitob» xavf-xatar belgisi.
2. Monitoring: Monitoring, ularning turlari. Kosmik monitoring.
3. O’zbekistondagi mahsus himoya qilinadian hududlar.
Tayanch suz va iboralar:
Ongli va ongsiz, bevosita va bilvosita ta’sir. Tabiiy resurslar. Tugaydigan va tugamaydigan, tiklanadigan va tiklanmaydigan resurslar. Real va potensial resurslar. Aklimitizatsiya va introduksiya. Ruxsat etilgan mikdor, qizil kitob.
Tabiatda sodir bo‘ladigan barcha antropogen o‘zgarishlarning turlari va yo‘nalishlari
Odam o‘z faoliyati jarayonida tabiatga, ayniqsa, o‘simliklar va hayvonlar hayotiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Bunga antropogen omil deyiladi. Insonning tabiatga ko‘rsatadigan ta’sirini ikki guruhga bo‘lish mumkin. Ulardan biri tirik organizmlarga yoki ularning ayrim vakillariga ko‘rsatayotgan to‘g‘ridan – to‘g‘ri ta’siri bo‘lsa, ikkinchisi esa insonning atrof – muhitni o‘zgartirish kabi salbiy ta’siri hisoblanadi. Odamlar qo‘riq erlarni ekinzorlarga aylantirish, botqoqliklarni quritish, o‘rmonlarni kesish va yaylovlarda uzluksiz mol boqish yo‘li bilan juda katta maydonlardagi o‘simliklar qiyofasini o‘zgartirib yuborishi mumkin, bu esa o‘z navbatida ana shu joylarda yashaydigan hayvonlar populyasiyalariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. SHuningdek, ixota daraxtzorlari barpo qilish, sun’iy yaylovlar tashkil etish o‘simlikni bir joydan ikkinchi iqlim sharotiga ko‘chirish bilan ham o‘simliklar hayotini ancha o‘zgartiradilar.
Monitoringni tashkil etishdan maqsad u mahalliy vazifalarni yechishi zarur,
ya’ni ayrim ekotizimning holatini kuzatishi yokiy ularning bo’laklarini va planetar xarakteridagi, global tizimdagi monitoringlarni o’z ichiga oladi. Global tizimidagi monitoringlar bazasini kosmik va hisoblash texnikasi tashkil etadi. Shu narsa ma’lumki , sun’iy yer yo’ldoshlar, uchuchivsiz va uchuvchili boshqarilayotgan yo’ldoshlar Yer biosferasida sodir bo’layotgan jaroyonlar holatini juda muvaffaqiyatli kuzatmoqda, ayni vaqtda bu jarayonlarni yerdan turib kuzatish juda ham qiyindir.
Misol tariqasida, monitoringning mahalliy vazifasi zararkunandalar populiyatsiyasini dinamikasini kuzatish va ularni ta’qib qilib turish, jumladan katta maydondagi hasharotlani, muhofaza qilinadigan hayvonlar populyatsiyasi harakatini hisobga olish.
Monitoring o’rmon va dala o’simliklariga hashoratlar tomonidan ko’rsatiladigan zararlani, ularning vaqtlarini nazorat va tahlil qilish imkoniatini beradi. Kuzatish nuqtalaridan olingan yalpi malumotlar hisoblash texnikalari yordamida yahshi tahlil qilish kerak.
Shunday qilib, ekologik monitoring har hil darajadagi zanjirlarni o’z ichiga olishi zarur, jumladan:
Global(biosfera)monitoring, bu xalqasro hamkorlikda amalga oshiriladi;
Milliy monitoring bu har bir davlatning o’zida mahsus tashkil qilingan tashkilotlar tomonidan olib boriladi;
Xududiy monitoring-bu yirik xududa xalq xo’jaligini o’zlashtirish bo’yicha faol faoliyatni ko’rsatilayotgan rayon eekotizimidagi xududda yirik ishlab chiqarish kompleksi barpo etilayotgan bo’lsa;
Mahalliy(bioekologik) monitoring, aholi yashaydigon mavzelar, sanoat markazlarida, korxonalarda muhit sifatining o’zgarishlarini hisobga oladi.
Akademik I.P. Gerasimov monitoring tizimlarinig har birini o’z vazifasiga ega bloklarga bo’lib, ularni ta’minlovchi bazalar mavjud deb ko’rsatadi.
Atmosferaning if loslanishi darajasini asboblardan foydalanib baholash usullari bilan bir qatorda biologik indikatsiyalardan, yani jonli organizmlardan ham foydalaniladi (test-ob’ektlar), ayniqsa ma’lum kimyoviy qo’shilmalarga sezgir organizmlar ishlatiladi. Xozir ko’p qo’llaniladigan usullardan biri –bu lixenoindikatsiya usulidir, lotincha “lixenes” so’zidan olingan bo’lib, lishaynik ma’nosini anglatadi. Bu usul asosan shahardagi yirik korhonalar joylashgan joylardagi kochatlarda uchradigan lishayniklarni hisobga olishga asoslangan. Shu narsa aniqlanganki, lishayniklarning daraxtlar poyasida uchrashi bilan atmosferaning ifloslanishi o’rtasida bog’lanish bo’lib, agar atmosfera zaharli moddalar bilan ifloslangan bo’lsa, lishayniklar u yerdagi daraxtlar poyasida kam uchraydi.
Mahalliy monioringning vazifasiga sanoat korhonalaridagi sanitariya-sanoat laboratoriysining faoliyati ham kiradi. Bu laboratoriya vazifasiga sanoat korxonalari sexlar, sanoat maydonlaridagi havoning ifloslanganligini, shunugdek suv tarmoqlaridagi suvning ifloslanishini aniqlash darajalari kiradi.
Global va milliy monitoringni tashkil etish, ya’ni biosferadagi muhitning sifati haqida ma’lumot yig’ish uchun maxsuss xizmat qiladigan korxonalarni tashkil etish zarurdir. Bunday monitoringlar uchun baza bo’lib antropogen olimlarning ta’siriga uchramagan uzoq faoliyat ko’rsatadigan hududlar komplesi bo’lishi kerak.
Insonning tirik organizmlarga ko‘rsatayotgan ta’sirini to‘rtta guruhga ajratish mumkin:
Oziqa va boshqa ehtiyojlarni qondirish uchun (ovlash, baliqchilik, o‘rmonlarni kesish, o‘tlarni o‘rish va shu kabilar) tirik organizmlardan foydalanish.
O‘simliklarni ko‘paytirish (madaniylashtirish) va hayvonlarni qo‘lga o‘rgatish.
Aklimitizatsiya va introduksiya, ya’ni organizmlarning tabiiy arialidan boshqa joylarga ko‘chirib olib borish va moslashtirish.
YAngi madaniy o‘simlik navlari va hayvon zotlarini yaratish.
Inson tabiatga ko‘rsatadigan kuchli ta’siri orqali biotik va abiotik sharoitlarni o‘zgartiradi. Insonning ana shunday faoliyatlariga suv inshootlari qurilishlari (suv omborlari, gidroelektr stansiyalar), erning meliorativ holatini yaxshilash (sug‘orish, quritish), mineral o‘g‘itlar, pestitsidlar va defolyantlardan foydalanish natijalari kiradi.
Inson kamida 70 mln yil davomida tarkib topgan tirik dunyo manzarasini bir necha o‘n yilda o‘zgartirib yubordi. Uning tirik organizmlarga salbiy ta’siri natijasida er yuzida ko‘plab o‘simlik va hayvon turlari yo‘qolib ketdi. Ovchilik bilan intensiv shug‘ullanish ko‘pchilik hayvon turlarini yo‘q qilib yubordi. Masalan, dengiz sigiri 26 yil davomida butunlay qirilib ketdi. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.
Yer kurrasida hozirgi vaqtda 670 ming (shundan 500 mingi gulli o'simliklar) o'simliklar va 1,5 million hayvon turlari mavjud bo'lib, ularning 93 foizi uchun quruqlik va 7 foizi uchun suv yashash muhiti hisoblanadi. Turlarning hosil bo'lishi va ularning yo'qolib ketishi sababi evolyutsion taraqqiyot jarayoni bo'lib, yerda geologik sharoitlarning o'zgarishiga ham bog'liqdir. Ammo odamning kelib chiqishi natijasida bu tabiiy jarayon buzila boshladi, hayvon va o'simliklarning antropogcn (inson faoliyati) ta"sirlari natijasida yo'qolib borish jarayoni tezlasha boshladi. Odam tomonidan yangi yorlarning, orollarning va kontinentlarning o'zlashtirilishi natijasida butun sayyora masshtabida fauna va floraning xilma-xilligi tobora kamayib borish jarayoni kuzatilmoqda.
Turlarning qirilishi qadim zamonlardayoq boshlangan edi. O'n minglab yillar ilgari ovchilar tomonidan mamontlar, qalin junli karkidonlar, gigant bug'ular, g'or arsloni va ayiqlari, o'rta asrlarda Yevropa turi, Stellcr sigiri qirilib ketdi. Hozirgi biz yashab turgan davrda turlarning yo'qolib ketish jarayoni juda jadallik bilan davom etmoqda. 1600-yildan 1875-yilgacha sut emizuvchilarning 63-turi, qushlaming 74 turi yo'qolib ketdi. Keyingi yillarda har yili 1 dan 10 gacha hayvon va ltadan o'simlik turlari yo'qolib ketmoqda. Hozirgi vaqtda umurtqali hayvonlarning 600 ga yaqin turi, juda ko'p o'simliklar turlari butunlay yo'qolib ketish xavfi ostida turibdi.
O'simlik va hayvon turlarining tobora yo'qolib borish xavfi mamIakatlar va butun dunyo miqyosida zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish ehtiyojini tug'dirmoqda.
1948-yilda tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi tuzildi. Bu tashkilot flora va faunani muhofaza qilishga qaratilgan hamma ishlarni birlashtiradi. Mazkur xalqaro uyushma 1973 yilda «qora ro'yxat»ni chop etdi, unda batamom yo'qolib kotgan hayvonot turlari ro'yxati keltirilgan.
«Qizil kitob» xavf-xatar belgisi. Bu kitobga kam va yo'qolib ketayotgan o'simlik va hayvonlarning turlari to'g'risida ma'lumotlar berilgan
O'zbekistonda o'simlik va hayvon turlari soni 27000 dan ortiq bo'lib, ulardan hayvon turlari 15000 dan ortiq, o'simliklar, zamburug'lar va suv o'tlari esa 11000 atrofida. O'zbekiston Respublikasi hududida hozirgi kunda 4500 ga yaqin gulli o'simlik turlari mavjud. Ular orasida jiddiy muhofazaga muhtoj ko'pgina kamyob, endem va rHikt lurlar mavjud. Bunday turlarning soni 400 atrofida bo'lib, ular O'zbekiston florasining 10-12 foizini tashkil qiladi.
O'zbekiston florasining yo'qolib ketish xavfi ostida turgan 163 tur o'simlik «Qizil kitob»ning 1984-yilgi nashriga kiritilgan, yangi «Qizil kitob»da esa (1998) kiritilgan o'simlik turlarining soni 301 taga yetdi.
O'zbekiston faunasida umurtqasiz hayvonlarning 677 turi (sut emizuvchilar-108, qushlar-432, sudralib yuruvchilar-58, amfibiyalar-2 va baliqlar-77) mavjud, umurtqasiz hayvonlar turlari esa 15 mingdan ortiq.
O'zbekistonning birinchi «Oizil kitob»i 1983-yilda nashr qilingan bo'lib, unga umurtgali hayvonlarning 63 turi kiritilgan edi.
Yangi «Qizil kitob» (2003) birinchi bor davlat tilida yozilgan bo'lib, ikkinchi tomida sut emizuvchilarning 23 turi, qushlarning 48 turi, sudralib yuruvchilarning 16 turi, baliqlarning 17 turi, halqasimon chuvalchanglarning 3 turi, molluskalarning 14 turi va bo'g'imoyoqlilarning 61 turi kiritilgan.
Ta'kidlash lozimki, «Qizil kitob»ga kiritilgan o'simliklar va hayvonlar ro'yxati yildan-yilga aniqroq bo'lmoqda va biz ularning yangi nashrlariga guvoh bo'lamiz.
O'zbekiston Respublikasi «Qiz.il kitob»ida o'simlik va hayvonot turi, oilasi, avlodi, turkumi tartibida alfavit bo'yicha ro'yxatga olingan va har bir o'simlik ko'rgazmali tarzda suratlari keltirilgan. Bu o'z navbatida noyob va yo'golib borayotgan o'simlik va hayvonot turlari to'g'risida keng omma tomonidan anig tasawurga ega bo'lishlariga yordam beradi.
«Qizil kitob» muhofaza choralarini kuchaytirish, go'rigxona va buyurtma hududlarini kengaytirish, yowoyi o'simliklar bilan savdo-sotiqni lartibga solishda litsenziyalar tizimini joriy qilish kabi bir talay muhim tadbirlarni kun tartibiga qo'yadi.
Umuman, bu kitob barcha o'simlik va hayvonotni muhofaza qilish borasida gonun asoslariga tayangan muhim hujjat hisoblanadi.
Kitobga kiritilgan o'simlik turlari 4 kategoriyaga bo'lingan: «0» maqomi borilgan o'simlik turlari yo'golgan yoki yo'qolish arafasida turgan o'simliklardir.
«1» magomidagi o'simliklar turlari esa yo'qolib borayotgan turlardir.
Bunga yo'qolib ketish xavfi ostida turgan, saqlab qolish uchun maxsus muhofaza qilishni talab etadigan o'simlik turlari kiritilgan.
«2» maqomidagi turlar esa noyob turlardir. Bu guruhga ma'lum kichik maydonlarda o'ziga xos sharoitlarda saqlanib qolgan, tez yo'qolib ketishi mumkin bo'lgan va ularning saqlanishini ta'minlash uchun jiddiy nazoratni talab etuvchi turlar kiradi.
«3» maqomidagi o'simlik turlari kamayib borayotgan o'simliklardir. Bu guruhga kiritilgan o'simlik turlari ma'lum vaqt ichida soni va tarqalish maydonlari tabiiy sabablarga yoki antropogen omillari ta'siri ostida qisqarib ketayotgan turlar kiradi.
Mazkur risolaga Samarqand viloyati hududida uchraydigan va O'zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»iga kiritilgan noyob va yo'qolib borayotgan, inson muhofazasiga muhtoj o'simlik va hayvon turlari to'g'risidagi ma"lumotlar matnlari o'zgartirishlarsiz kiritildi.
O'zbekistonning tabiiy sharoitlari rang-barang (har xil tipdagi cho'llar, adirlar, o'rmonlar, madaniy landshaftlar) bo'lganligi tufayli o'simlik va hayvonot olami ham xilma-xildir.
Respublikamizda o'simliklar va hayvonot dunyosini asrab-avaylash borasida bir qancha ishlar amalgam oshirilmoqda. Jumladan 1997-yilning 26-dekabrida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan «Orsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan ratsional foydalanish» va «Hayvonlar dunyosini muhofaza qilish va undan ratsional foyda!anish» qonunlari qabul qilindi.
Tabiiy xilma-xillikni asrash dastlab uni chuqur bilishdan boshlanadi. Shunday ekan, Respublikamizda uchraydigan va O'zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga kiritilgan o'simlik va hayvon turlari to'g'risidagi ma"lumotlar ko'pchilik tabiatni sevuvchi yurtdoshlarimizni albatta, qiziqtirishi, shubhasiz.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TABIATNI MUHOFAZA QILISH DAVLAT QO‘MITASINING
QARORI
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QIZIL KITOBI” TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
|
| |