|
TEShIK SISTEMASI VA VAL SISTEMASI
|
bet | 2/2 | Sana | 04.10.2024 | Hajmi | 212,54 Kb. | | #273481 |
Bog'liq 5-mavzu dopusk va o’lchamlar haqida va o’zaro almashinish to’G’TEShIK SISTEMASI VA VAL SISTEMASI
Dopusklar sistemasi va vallar sistemasiga bo’linadi va bu sistemalarni tariflari GOST 7713-62 da quyidagicha berilgan.
Teshiklar sistemasi o’tqazishlar majmuidan iborat bo’lib, bu o’tqazishlarda shu klassning o’zida va bir xil nominal o’lchamda teshiklardagi chegaraviy chetga chiqishlar o’zgarmas (bir zil), turli o’tkazishlarni hosil qilish uchun esa vallardagi chegaraviy chetga chiqishlar o’zgartiriladi.
6-rasm. Teshiklar sistemasida o`tqazishlar sxemasi
(I; II va III o`tqazishga tegishli o`lchamlari turlicha bo`lgan vallar eskizlari)
Teshiklar sistemasiga tegishli standartning hammasida teshikning pastki chetga chiqishi nolga teng; bu holda teshikning eng kichik chegaraviy o’lchami nolga teng;bu holda teshikning eng kichik chegaraviy o’lchami nominal o’lchamiga teng bo’ladi. Bunday teshikning dopusk maydoni asosiy maydon hisoblanadi.
Vallar sistemasi shunday o’tqazishlar majmuidan iboratki, bu o’tqazishlarda (nominal o’lcham ham, aniqlik klassi ham bir xil bo’lganda), vallardagi chegaraviy chetga chiqishlar o’zgarmas (bir xil) bo’ladi, turli o’tqazishlarni hosil qilish uchun esa teshiklarning chegaraviy chetga chiqishlari o’zgartiriladi.
Vallar sistemasidagi standart o’tqazishlarda yuqorigi chetga chiqish nolga teng. Bunday valdagi dopusk maydoni asosiy hisoblanadi.
Teshiklar sistemasidagi va val sistemasidagi uchta bir xil o’tqazishga tegishli dopusklar maydonlarining grafik joylashishi 7-rasmda berilgan.
7-rasm. Val sistemasida o’tqazishlar eskizi.
(I; II; III; IV-o’tqazishga doir chegaraviy o’lchamlari turlicha bo’lgan teshiklar eskizlari.)
Asosiy teshiklarga doir dopusklar A harfi bilan, asosiy vallarga doir dopusklar esa V harfi bilan belgilanadi, bu harflar yoniga tegishli aniqlik klassi qo’yiladi. Masalan, A1 yozuv 1-aniqlik klassidagi asosiy teshikka doir dopuskni, A4 esa 4-aniqlik klassidagi asosiy teshikka doir dopuskni bildiradi va x.k. Vallar sistemasidagi teshiklarga doir stendart dopusklar va teshiklar sistemasidagi vallarga doir dopusklarning hammasi o’tqazishlarning shartli nomlariga doir harflar yoniga tegishli aniqlik klassini ko’rsatib tasvirlanadi. (yuqoridagi rasmlar)
Mashinasozlikda 2-aniqlik klassi eng ko’p tarqalganligi va dopusklar sistemasida asosiy hisoblangani uchun bu klassga tegishli dopusk maydonini belgilashda 2 raqami yozilmaydi.
G OST 9171-69 ga muvofiq, chizmalarda dopusklarni dopusk maydonining belgisi bilan yoki chegaraviy chetlashishlar, yo bo’lmasa, 8-rasmda ko’rsatilganidek, aralashtirib tasvirlash mumkin.
8-rasm. Dopuskning belgilanishi:
a-ish chizmalarida, b-yig’ish chizmalarida
Teshiklar sistemasi eng ko’p tarqalgani hisoblanadi, chunki ishlab chiqarishda bu sistemada ishlashda o’lchamlari jihatidan kam sonli teshiklar hosil qilinadi. Demak korxonada teshiklarni ishlashda ularning o’lchamlarini bevosita yarata oladigan har xil kesuvchi asboblar (parma, zenker, protyajkalar), kalibrlar, ya’ni moslamalar uchun probka va opravkalar ishlash osonroq, bitta tokarlik yoki jilvirlash stanogida har xil o’lchamli vallarni hosil qilish mumkin.
Ammo faqat bitta teshiklar sistemasi asosida turli o’tqazishlarni bajarish har qanday mashina uchun ham mumkin bo’lavermaydi, qator hollarda esa iqtisodiy tomondan foydasiz ham bo’ladi. Masalan, tutashuvlarga doir o’tqazishlarni teshiklar sistemasi asosida bajaridigan bo’lsak, o’lchamlari berilgan detallarni bir-biriga biriktirish mumkin bo’lavermaydi.
9 -rasm. Teshiklar sistemasini tatbiq etish mumkin bo’lmagan hollarda o’tqazishlarning joylashishi.
I va II vtulkalarda asosiy A teshiklarga tegishli chetlashishlar bir xil (75-0,03 mm), valning uchida presslab o’tqazishni bajarish uchun esa valni 0,02 mm chetga chiqishli qilib ishlash kerak bo’ladi. Bu holda presslab o’tqazish uchun valning chegaraviy o’lchamlari teshik o’lchamlaridan ancha katta. Shu sababli II vtulkani sirpanuvchan o’tqazishda bu vtulka valning uchidan o’tganida u deformastiyalanadi, I vtulkani o’rnatishda esa presslab o’tqazish amalga oshmaydi.
Iqtisodiy va texnologik jihatdan val sistemasidan foydalanish afzalroq, chunki bu holda chiviq shaklidagi yaxlit cho’zilgan material yoki simdan foydalaniladi va bunda qo’shimcha mexanik ishlov berishga ehtiyoj qolmaydi. Lekin buni faqat 2a va undan ham qo’polroq aniqlik klasslaridagina bajarish mumkin.
Mashina konstrukstiyalarida normallashtirilgan yoki standart uzel va detallardan (masalan, dumalash podshipniklarini korpusga o’rnatishda, kontrol shtiftlardan, valik va b.) foydalanilganda ham val sistemasini tatbiq etishga to’g’ri keladi.
Vallarning nominal o’lchamlari berilgan sababli, dumalash podshipnigini mashina korpusiga o’rnatishga mo’ljallangan teshiklarni, shuningdek, kontrol shtift va boshqa normallashtirilgan yoki standartlashtirilgan detallar o’rnatiladigan teshiklarni val sistemasi asosida tegishli o’tqazishlarga mos chetga chiqishlarga amal qilib ishlashga to’g’ri keladi.
|
| |