|
5-mavzu: dorixona sharoitida dori vositalarini tayyorlash ishlarini tashkil qilish
|
bet | 4/8 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 78,83 Kb. | | #241061 |
Bog'liq FITQ-5 Yozma nazorat. Farmatsevt tomonidan tayyorlangan dori vositasi uchun alohida pasport to‘ldiriladi. Pasportda sana, retsept yoki talabnomaning nomeri va har bir ingrediyentning nomi va miqdori, olingan dozalarining soni yoziladi. Pasportda tayyorlagan, qadoqlagan va tekshirgan shaxslarning imzosi bo‘lishi shart. Ushbu nazorat turidan dorixonada tayyorlanadigan barcha dori shakllari o‘tishi lozim. Agar dori vositasi yarim fabrikat yoki konsentratlardan tayyorlansa, pasportda olingan miqdor va ularning konsentratsiyasi ko‘rsatiladi. Poroshoklar, shamchalar tayyorlanganda esa har bir ingrediyentning massasi va ularning miqdori qayd etiladi. Pasport bir oy davomida saqlanadi. Organoleptik nazorat. Bu nazoratda dori vositasining tashqi ko‘rinishi, rangi, hidi, ta'mi, bir xil aralashganligi, mexanik aralashmalar yo‘qligi tekshiriladi. Kattalarga ichish uchun tayyorlangan dori vositalarining ba'zi birlari, bolalarga ichish uchun tayyorlangan hamma dori vositalarining ta'mi tekshiriladi. Organoleptik nazorat. Bu nazoratda dori vositasining tashqi ko‘rinishi, rangi, hidi, ta'mi, bir xil aralashganligi, mexanik aralashmalar yo‘qligi tekshiriladi. Kattalarga ichish uchun tayyorlangan dori vositalarining ba'zi birlari, bolalarga ichish uchun tayyorlangan hamma dori vositalarining ta'mi tekshiriladi. Og’zaki nazorat. Bunda farmatsevt-texnolog dori vositasi tarkibiga kiruvchi birinchi ingrediyentning nomini aytadi. Boshqa murakkab dori aralashmalarida esa farmatsevt ingrediyentlarining nomi va miqdorini esida qolgani bo‘yicha ko‘rsatadi. Ushbu nazorat turi ayrim dori vositalarida o‘tkaziladi. Og‘zaki nazorat 5 ta dori shakli tayyorlanib bo‘lingach olib boriladi. Og’zaki nazorat. Bunda farmatsevt-texnolog dori vositasi tarkibiga kiruvchi birinchi ingrediyentning nomini aytadi. Boshqa murakkab dori aralashmalarida esa farmatsevt ingrediyentlarining nomi va miqdorini esida qolgani bo‘yicha ko‘rsatadi. Ushbu nazorat turi ayrim dori vositalarida o‘tkaziladi. Og‘zaki nazorat 5 ta dori shakli tayyorlanib bo‘lingach olib boriladi.
|
| |